Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha
Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
10-MA\'RUZA
14. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari.
B 1 vitamini Vitamin V 1 (tiamin, antinevrit) 1912 yilda K.Funk tomonidan kristall holatda ajratilgan birinchi vitamindir. Keyinchalik u kimyoviy yo’l bilan sintezlangan. Vitamin B 1 molekulasida aminogru’’a bilan oltingugurt saqlagani uchun tiamin deb nomlangan. Uning molekulasida pirimidin va tiazol halqalari metilen bog'i yordamida bog'langan. Tiamin oddiy diffuziya yo`li bilan ichaklarda so`riladi. Qonga so`rilgan tiamin tiaminfosfokinaza fermenti yordamida jigarda tiaminmonofosfat, tiamindifosfat va tiamintrifosfatga fosforillanadi. Ulardan asosiy faol shakli – tiamindifosfat Avitaminoz B 1 belgilari: oshqozon-ichak yo’li motor va sekretor vazifasi buziladi; xotira pasayadi; gallyutsinatsiya kuzatiladi; yurak-qon tomir faoliyati o’zgaradi; ‘eriferik nerv sistemasi jaroo’atlanadi; keyinchalik ‘aralichlar rivojlanadi. Tiamin yetishmaganda Osiyo va O’indi-Xitoy davlatlarida keng tarqalgan kasallik - «Beri- beri» rivojlanadi. Biologik vazifasi: Vitamin B 1 T’F holatida piruvat va ketoglutaratdegidrogenaza komplekslari, transketolaza tarkibiga kiradi. Oksiketoglutar kislota degidrogenazasining kofermenti bo’lib T’F hisoblanadi. Bu modda fermentlar tarkibiga koferment sifatida kiradi: piruvatdegidrogenaza va α - ketoglutaratdegidrogenaza ferment komplekslaridir. Bu komplekslar mitoxondriyalarda piruvat va α-ketoglutaratni oksidlanishini ta'minlab, uglevodlar va aminokislotalardan energiya hosil bo’lishida ishtirok etadi. Ma'lumki, transketolaza glyukozani ‘entozofosfat yo’li oksidlanishida ko’p miqdorda NADF.O’ va ribozo-5-fosfatni hosil qiladi. NADFO’ va ribozo-5-fosfatlar esa yog' kislotalar, steroidlar, moddalarni zararsizlantirish, nuklein kislotalar, nukleotidlar va kofermentlar sintezida ishtirok etadilar. Bu jarayonlarni buzilishi modda almashinuvini izdan chiqaradi. Tabiatda tarqalishi va sutkalik eo’tiyoji: xamirturush, qora non, guruch, no’xat, loviya ke’agi, jigar, buyrak, miyada ko’p saqlanadi. Sutkalik me'yori 1,2 - 2,2 mg. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling