Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1214068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
10-MA\'RUZA

  
Biotin (vitamin O’) 
Biotin 1935-yilda tuxum sarig'idan ajratilgan. Uning molekulasi 
siydikchilning siklik uuumi bo`lib, yon zanjirini valerian kislota tashkil etadi. 
Ovqat bilan tushuvchi biotin ichak proteazalari ta'sirida oqsildan ajialadi va erkin 
xolda ingichka ichakda so`riladi. Qonda u albumin bilan bog'lanadi va to’qimalarga 
o’tadi. Asosan jigar va buyrakda ushlanadi, o’zgarmagan xolda ‘eshob va najas orqali 
chiqariladi. 
To’qimalarda erkin biotin «biotin» fermentlarning faol markazidagi lizinning 
aminoguruhlari bilan bog'lanadi, uning koferment shakli bo’lib, O’
5
-karboksibiotin 
hisoblanadi. Karboksibiotin to’qimalarda gidrokarbonatlarni o’zlashtirilishini 
ta'minlaydi. U piruvatkarboksilaza, atsetil-KoA-karboksilaza, pro’ionil-KoA-
karboksilaza fermentlar tarkibiga kirib karboksillanish reaksiyalarida ishtirok etadi. 
SHu bois biotin glyukoneogenez, yog' kislotalar sintezi, Krebs siklida propionat 
kislota 
qoldiqlarini 
oksidlanish 
jarayonlarini 
me'yoriy 
kechishini 
ta'minlaydi.Avitaminozning klinik ko’rinishlari odamlarda kam o’rganilgan, chunki 
ichak mikroflorasi uni yyetarli miqdorda sintezlaydi. Uning yetishmovchiligi ko’p 
miqdorda xom tuxum yoki sulfanilamid preparatlar va antibiotiklar qabul qilganda 
rivojlanadi. Bunda dermatit, soch to’kilishi, tiRNKoqlarning jaroo’atlanishi 
kuzatiladi. Mushaklarda og'riq, charchash, de’ressiya, shuningdek, anoreksiya va 
anemiya kuzatiladi.Barcha o’simlik va hayvon mahsulotlarida saqlanadi. Bu vitamin 


jigar, buyrak, sut, tuxum sarig`ida ko’p saqlanadi. Kartoshka, ‘iyoz, ‘omidor, 
ko’katlarda ham erkin, ham bog'langan xolda bo’ladi. Sutkalik me'yori 0,25 mg.  
Folat kislota 
Folat (‘teroilglutamin) kislota 1941-yilda o’simliklarning yashil bargidan 
ajratilgan. U uchta strukturali birlikdan tuzilgan: ‘teridin, ‘araaminobenzoat va 
glutamat kislotalar. Ovqat tarkibidagi folat kislota ichaklarda shriladi. 
Shilliq qavatda tetragidrofolat kislotasi (TGFK) va N
5
-metil-TGFK hosil bo’ladi. 
Qonda folat kislotasining asosiy 87% eritrotsitlarda, qolganlari plazmada bo’ladi. 
U jigar, buyrak, shilliq qavatlarda saqlanadi. Tanadan ter va siydik orqali chiqariladi. 
Folat kislotasining biokimyoviy funktsiyalari uning koferment shakllari: N
5
-formil-
TGFK, N
10
-formil-TGFK, N
5
,N
l0
-metenil-TGFK, N
5
,N
10
-metilen-TGFK va N
5
-
metil-TGFK bilan bog'liq. Barcha kofermentlar bir-biriga o’tib turishadi. TGFK 
shaklida bir uglerodli guruhlarni tashishda qatnashadi. Bir uglerodli guruhlar 
kofermentning bir shaklidan ikkinchi shakliga ko’chiriladi hamda purin va pirimidin 
asoslari sintezida, yoki ba'zi aminokislotalarni (serindan glitsin, gomotsisteindan 
metionin) hosil bo’lishida qatnashadi. Kofermentlar dUMF dan dTMF hosil 
bo’lishini ta'minlaydi. SHuning uchun, nukiein kislotalar sintezida va hujayra 
bo’linishida muhim rol o’ynaydi. 
Kalamushlarda folat kislota yetishmaganida avval leyko’eniya, keyin esa anemiya 
rivojlanadi. Folat kislota tanqisligi natijasida eritro’oez sodir bo’ladigan suyak 
ko’migi hujayralarida DNK sintezi buziladi va ‘eriferik qonda DNKni kam saqlovchi 
yosh hujayralar -megaloblastlar paydo bo’ladi, leyko’eniya kuzatiladi. 
O’simliklar yashil bargi va xamirturush folat kislotaga boy hisoblanadi. 
SHuningdek u jigar, buyrak, go’sht va boshqa mahsulotlarda bo’ladi. Ichak 
mikroflorasi uni yyetarli miqdorda sintezlaydi. Sutkalik me'yori-1-2 mg. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling