Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
10-MA\'RUZA
B
2 vitamini Vitamin B 2 (riboflavin) 1935-yilda R.Kun tomonidan sintezlangan. Uning eritmalari sariq-qovoq rangga ega. Molekulasi asosida geterotsiklik birikma - izoalloksazin yotadi, unga 9 holatda besh atomli spirt ribitol birikkan. Ovqat tarkibidagi riboflavin oqsil bilan bog`langan FMN va FAD tarkibida bo`ladi. Xazm qilish fermentlari ishtirokida ulardan riboflavin ajraladi va ichaklarda oddiy diffuziya yo`li bilan so`riladi, so`rilgan riboflavindan shilliq qavatda va boshqa to`qimalarda FMN va FAD sintezlanadi. Avitaminoz B 2 belgilari: o’sishdan to’xtaydi, soch to’kiladi (alo’esiya), til, lab shilliq qavatlari, og'iz burchaklari, teri e’iteliysida keratit, katarakta, mushakda umumiy va yurak mushagida kuchsizlik kuzatiladi. Biologik vazifasi: FMN va FAD holatida flavinli kofermentlar tarkibiga kiradi. Bu moddalar nafas olish zanjirida elektron va protonlarni tashish, piruvat, suktsinat, α-ketoglutarat, α-glitserofosfat va yog' kislotalar oksidlanishida ishtirok etadi. Deyarli barcha opay von to’qimalari va o’simliklarda saqlanadi. Qora non, boshoqlilar doni, tuxum, sut, go’sht, yangi sabzavotlarda ko’p saqlanadi. Sutkalik me'yori 1,7 ing. B 6 vitamini Vitamin B 6 (‘iridoksin, antidermatit) 1934-yilda ‘. Derdi tomonidan ochilgan. U 3- oksi’iridin, xususan 2-metil-3-oksi-4,5-dioksimetil’iridin unumi hisoblanadi. Vitamin faolligiga 3-oksi’iridinning uchta unumi ega: ‘iridoksin (‘iridoksol), ‘iridoksal va ‘iridoksamin. Kofermentlik funktsiyasini ‘iridoksal-5-fosfat bajaradi. U oksidoreduktaza, transferaza, gidrolaza, liaza va izomerazalar tarkibiga kiradi . Avitaminoz B 6 belgilari: kalamushlarda o’rganilganda dermatit, terining qurishi, sochlarning to’kilishi kuzatiladi. Barmoqlar gangrenasi rivojlanishi mumkin. Odamlarda B 6 avitaminozi kam uchraydi, ‘ellagrasimon dermatitlar rivojlanadi. Tri’tofan almashinuvining buzilislii natijasida siydik tarkibida ksanturen kislota miqdori ko’payadi, kinuren kislota esa kamayadi. SHuningdek, gomotsistinuriya va sistationuriya kuzatiladi. Biologik vazifasi: NAD va NADFga bog'liq degidrogenazalarning kofermenti tarkibiga kiradi. ‘iridoksalfosfat aminotransferaza va dekarboksilazalarning kofermenti hisoblanadi. SHuningdek, ‘iridoksalfosfat ba'zi aminokislotalarning (serin, treonin, tri’tofan) almashinuvida qatnashadi. Vitamin B 6 o’simlik va hayvon mahsulotlarida keng tarqalgan. Uning asosiy manbalari bo’lib, non, no’xat, loviya, kartoshka, go’sht, buyrak, jigar va boshqalar hisoblanadi. Ichak mikroflorasi bu vitaminni yyetarli miqdorda sintezlashi mumkin. Sutkalik me'yoii 2 mg . Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling