Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha


Yuqori energiyali birikmalar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1214068
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
10-MA\'RUZA

3. Yuqori energiyali birikmalar. Organizmda energiya almashinuvi moddalar 
almashinuvi bilan bog`liq ravishda hujayradagi energetik sikllar shaklida o`tadi. 
Geterotrof hujayralar uchun kimyoviy shaklda qabul qilinadigan erkin energiya 
manbai sifatida oziqa moddalar, asosan yog`lar va uglevodlar kabi molekulalarning 
parchalanishi va katabolizmida xizmat qiladi. Bu energiya murakkab 
biomolekulalarni sintez qilish, hujayraning harakati, tonusini saqlanishi, moddalarni 
membrana orqali komsentratsiya gradientiga qarshi tashilishi, genetik axborotning 
tashilishi uchun sarflanadi. Hujayrada energiyaning ajratilishi va uni iste’mol qilinishi 
bilan kechadigan jarayonlarning o`zaro ulanishi yuksak energiyali fosfat birikmalar 
orqali bajariladi. Bu sistemada markaziy o`rinda adenozintrifosfat – ATF turadi. 
Hujayrada katabolik jarayonlar natijasida ajraladigan energiyaning bir qismi erkin 
energiyaning sarflanishini talab qiladigan reaksiya adenozindifosfat (ADF) va 
anorganik fosfatdan ATF sintezlanishi uchun ushlab qolinadi. energiya ATF ning 
energiyaga boy (makroergik) bog`larida saqlanadi. So`ngra ATF→ADF va anorganik 
fosfatga parchalanib, o`zidagi energiyaning ko’p qismini energiya talab etiladigan 
jarayonlarga uzatadi. Demak, ATF energiyani saqlovchi va tashuvchi molekula 
sifatida hujayra energetikasida o`ziga xos funktsiyani bajaradi. 


Fosfat birikmalarning yuksak energiyali va past energiyali turlari tafovut etiladi. Bu 
ikki guruhga kiradigan birikmalar orasidagi farq faqat fosfat bog`i gidrolizi erkin 
energiyasining kattaligidadir. energiyaga boy (makroergik) bog` to`g`risida 
ga’irilganda uni ayni kimyoviy bog`ni tutuvchi birikmalarning erkin energiyasi bilan 
ular uzilgandan keyin hosil bo`lgan birikmalar erkin energiyasi orasidagi farq sifatida 
qaraladi. Faqat gidrolizlanganda sistema erkin energiyasining o`zgarishi(∆G) 21 
kJ/mol dan kam bo`lmasa, u makroergik bog` qatoriga kiradi. 
Energiyaga boy birikmalar qatoriga yana boshqa nukleotidtrifosfatlar: UTF, GTF, 
STF, TTF, kreatinfosfat, ‘irofosfat, ba’zi tioefirlar (masalan, atsetil-KoA), 
fosfoenolpiruvat, 1,3-bifosfogliserat, karbomilfosfat va boshqa bir qator birikmalar 
kiradi. 
ATF standart sharoitda (RNK -7,0, harorat 37˚C va ortiqcha magniy ionlari 
bo`lganda) gidrolizlanganda (ATF + O’
2
O → ADF + anorganik fosfat) erkin 
energiyani o`zgarishi (-∆G) 30,4 kJ/mol ga teng. Fiziologik sharoit esa bunday 
sharoitdan farq qiladi, shuning uchun ∆G 50 ga yaqin bo`ladi. 
ATF molekulasida 2 ta fosfat bog`i – oxirgi (terminal) va o`rtadagi ‘irofosfat bog`lar 
makroergik, ribozaning 5΄ uglerodi bilan qo`shilgan birinchi bog` oddiy bog`. 
SHuning uchun ATF ning fosfat bog`laridan energiya ajralishining ikki usuli mavjud: 
asosiy usul – oxirgi fosfatning ajralishi (ATF + O’
2
O → ADF + O’
3
’O
4
) va boshqa 
usuli ATF dan ‘irofosfatning ajralishi (ATF + O’
2
O → AMF + O’
4

2
O
7
), bu 
reaksiyadan hujayra biokimyoviy jarayonlarda kamroq foydalanadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling