Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1214068
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
10-MA\'RUZA

Vitamin e.
Vitamin e bir-biridan xushbo’y yadrosidagi metii guruhlari soni va joylashishi 
bilan farq qiluvchi tokoferolning hosilalari α-, β-
s
γ-, δ-tokoferollardir. α -tokoferol 
eng yuqori faollikka ega. Vitamin e sariq rangli, moy ko’rinishiga ega, organik 
erituvchilarda yaxshi eriydi, kislota, ishqorlar va qizdirishning ta'siriga chidamli, lekin 
oksidlovchilar ta'siriga chidamsiz. SHu bilan birga o’avo kislorodi va ultrabinafsha 
nurlarga ham chidamsiz. 
Tokoferollar faqat o’simliklaRNKmg yashil qismida, ayniqsa 
boshoqlilarning maysalarida hosil bo’ladi. Ular o’simlik moylarida ko’p bo’ladilar. 
Hayvon mahsulotlarida tokoferollar kam. Odam va hayvonlarda tokoferollar 
ingichka ichakda oddiy diffuziya yo’li bilan shriladi. Ovqatda yog'lar bo’lganda va 
o’t kislotalari ishtirokida, iste'mol qilingan tokoferollarning 50% shriladi. α -
tokoferol yaxshi shriladi.Tokoferollar a'zo va to’qimalarga Lipoproteidlar tarkibida 
tashiladi. Hujayra ichidagi vitamin e faqatgina biomembranalar bilan bog'langan xolda 
ularning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. U membranalarning lipidlari va 
Lipoprotein tabiatli retseptorlariga bog'langan holatda bo’ladi. Bu esa A. A. 
‘okrovskiyni vitamin e ni biomembranalar minor tarkibiy qismlari qatoriga kiritishiga 
asos bo’ldi. Vitamin e ni boshqa yog'da eruvchi viiaminlar bilan birgalikdagi 
asosiy vazifasi -organizmning a'zo va sistemalari hujayralari membranalarining 
tarkibi va funktsiyalarini boshqarishdir. Bu boshqarish uning kuchli hujayra ichi 
antioksidantlik faoliyatiga bog'liq bo’Iib, fosfolipidlar to’yinmagan yog' 
kislotalarini peroksidlanishdan saqlab, ularni ta rkibini barqarorlashtirgan xolda 
amalga oshiriladi. peroksidlanish mahsulotlari sog'lom odamlarda biologik 


membranalar ikki qavatini modifikatsiyalash biian bog'liq muhim fiziologik 
vazifani bajaradi. Qator patalogik holatlarda esa ularning miqdori oshib, hujayra 
tarkibiy qismlari shikastlanishi va hujayra o’limiga olib keladi. e avitaminoz esa 
biologik membranalar barqarorligi va vazifalari buzilishidir. Bunda membranalar 
fosfolipidlari va struktura oqsillarining sifat va miqdor tarkibi, shuningdek lipidlar 
peroksidlanish mahsulotlari miqdori ham o’zgaradi. Bu holat e avitaminozda
eritrotsitlar membranasida yaqqol ko’zga tashlanib, shu vitaminning kamayish 
darajasi bilan bir vaqtda eritrotsitlarning osmotik rezistentligi kamayishiga olib 
keldi. e avitaminozda membrana fosfolipidlari tarkibidagi o’zgarishlar hujayra ichi 
strukturalarida ham aniqlangan. Hayvonlarga vitamin e berish hujayra ichi 
strukturalari fosfolipidlari sifatli tarkibiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. 
Vitamin e yetishmasligida yuqorida aytib o’tilgan o’zgarishlar fosfolipaza A
2
faollashuviga sabab bo’iadi. Ma'lumki, hujayra membranasi fosfolipidlari gormonlar 
retseptorlari hosil bo’lishiga, hujayraning o’zaro ta'sirlariga mas'ul bo’ lgan 
glikolipidlar bilan mustahkam bog'langan, e avitaminozda fosfolipidlarni 
miqdor va sifat tarkibi o’zgarganda, hujayra membranalari glikolipid tarkibi va 
ularga bog'liq vazifalar ham o’zgaradi. Membrana retseptorlarini gormonlarga 
sezuvchanligi pasayadi, Vitamin e yetishmasligida membrana fosfolipidlari sifat va 
miqdor tarkibi o’zgarishi ularning molekulyar harakatchangligini oshiradiki, 
qaysiki u hujayra ichi strukturalaridagi membranaga bog'liq fermentlar faolligi 
o’zgarishi bilan bog'liq bo’lgan hujayrada moddalar almashinuvida ko’p sonli 
ikkilamchi o’zgarishlarga sabab bo’iadi. 
‘atogenezida lipidlarm peroksidlanish mahsulotlari to’’lanishi va immunitet 
faolligi pasayishi katta o’rin tutadigan qator kasalliklarda vitamin e ni kompleks 
terapiyada qo’llash ayni maqsadga muvofjq bo’iadi. Vitamin e tomonidan tabiiy 
killer hujayraiar aktivligini oshirilishi uning o’smalarga qarshi ta'sirini 
o’rganishga bo’lgan qiziqishni tobora orttirmoqda. Tabiiy killer hujayraiar esa 
organizmda o’smalarga qarshi nazoratning asosiy omilidir. Vitamin e tomonidan 
tabiiy killer hujayralarning faollashuvi shu hujayraiar faoliyatini cheklovchi T - 
su’ressorlar sonini kamaytirishga va prostglandinlar sintezi ingibirlanishiga 


bog'liqdir. Qaysiki, prostaglandinlar yuqorida aytilgan hujayraiar faoliyatini 
to’xtatib qo’yadilar. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling