Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha


Vitamin D - kalsiferol va antiraxitik vitamin


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1214068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
10-MA\'RUZA

Vitamin D - kalsiferol va antiraxitik vitamin. Uning eng muhim vakillari 
D
2
va D
3
O’simlik mahsulotlarida vitamin D ning miqdori ko’p emas. Hayvon 
mahsulotlaridan jigar, tovuq tuxumi, baliq, sut, sariyog'da ko’p saqlanadi. 
Vitamin D
3
ning organizmdagi eng asosiy vazifasi kalsiy va fosfor gomeostazini 
saqlash, suyakuing minerallanishi va qayta tiklanishini ta'minlashdir.
Vitamin D ingichka ichakdagi o’t kislotalari ishtirokida shriladi, keyin jigarga 
tashiladi va u yerda NADO’ va molekulyar kislorod ishtirokida ishlovchi 
mitoxondriyalar sistemasi ta'sirida 25-oksixolekalsiferolga aylanadi. 25-
oksixolekalsiferol buyraklarda gidroksillanadi, natijada gormonal xususiyatga ega 
bo’lgan 1,25- dioksixolekalsiferol hosil bo’ladi.


Bu reaksiya ‘arat gormonlar bilan boshqariladi. 1,25- dioksixolekalsiferol 
ichakda Ca tashilishini kuchaytiradi. Uning ta'sirida ichak shilliq qavati 
hujayralarining tegishli oqsillari kalsiy biriktirgan oqsilga aylanadi. Bu birikma ichak 
mikrovorsinkalarida faoliyat ko’rsatadi. Yuqoridagi oqsil va Ca ga bog'liq ATFaza Ca 
tashilishida qatnashadi, bu jarayori Na ga ham bog'liq. Juda ko’p a'zolarning hujayralarida, 
T, B-limfotsitlarda 1,25-dioksixolekalsiferol retseptorlarining to’ilishi vitaminning 
hujayralar, jumladan fagositlar, limfotsitlarning differentsallanishi va faoliyatidagi 
katta ahamiyatini ko’rsatadi. Vitamin D bilan davolab bo’lmaydigan raxit kasalligining 
sababi buyraklar 1,25-degidroksixolekalsiferolning adekvat miqdorini sintezlay 
olmasligidadir. Bu birikmani 2,5-5 mkg/sutka miqdorda qabul qilib turish ichaklarda Ca 
me'yorida shrilishini ta'minlaydi. Vitamin D yetishmaganida faqat suyak to’qimasi emas, 
balki butun organizm zarar ko’radi, qon bilan a'zolarga Ca yyetarli bormasligi natijasida 
ikkilamchi o’zgarishlar yuzaga keladi. Vitamin D tanqisligida ingichka ichakning 
shilliq qavatida distrofik o’zgarishlar yuz beradi, bu esa ichakning faoliyatini ayniqsa, 
shrish qobiliyatini pasaytiradi. D-gi’ovitaminozda lipidlar almashinuvi buziladi (qonda 
umumiy xolesterin, erkin yog' kislotalari va fosfatidiletanolaminlarning miqdori jigarda 
lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida ortadi). D-gi’ovitaminozda organizmdagi oqsil 
almashinuvida o’zgarishlar kuzatiladi. Taloqda va timusda parchalanishini ortishi bilan 
uning sintezi pasaygan. SHunday o’ollarda bolalar va kattalarda suyaklarning 
deminerallashuvi yuz beradi, uncha kuchli bo’lmagan ta'sirlar suyaklar sinishiga olib 
keladi. Qon zardobida Ca va ‘ miqdori ortishi hisobiga yumshoq to’qimalarda Ca yig'iladi 
va buyraklarda tosh hosil bo’ladi. 
Vitamin D
2
prooksidant xususiyatiga ega bo’lib kislotalarini, hujayra 
membranalarining fosfolipidlarini oksidlanishidan saqlaydi. Vitamin D yetishmasligining 
organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta'siri immun sistemada ham o’z aksini 
to’adi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling