Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
10-MA\'RUZA
Biotin (vitamin O’) Biotin 1935-yilda tuxum sarig'idan ajratilgan. Uning molekulasi siydikchilning siklik uuumi bo`lib, yon zanjirini valerian kislota tashkil etadi. Ovqat bilan tushuvchi biotin ichak proteazalari ta'sirida oqsildan ajialadi va erkin xolda ingichka ichakda so`riladi. Qonda u albumin bilan bog'lanadi va to’qimalarga o’tadi. Asosan jigar va buyrakda ushlanadi, o’zgarmagan xolda ‘eshob va najas orqali chiqariladi. To’qimalarda erkin biotin «biotin» fermentlarning faol markazidagi lizinning aminoguruhlari bilan bog'lanadi, uning koferment shakli bo’lib, O’ 5 -karboksibiotin hisoblanadi. Karboksibiotin to’qimalarda gidrokarbonatlarni o’zlashtirilishini ta'minlaydi. U piruvatkarboksilaza, atsetil-KoA-karboksilaza, pro’ionil-KoA- karboksilaza fermentlar tarkibiga kirib karboksillanish reaksiyalarida ishtirok etadi. SHu bois biotin glyukoneogenez, yog' kislotalar sintezi, Krebs siklida propionat kislota qoldiqlarini oksidlanish jarayonlarini me'yoriy kechishini ta'minlaydi.Avitaminozning klinik ko’rinishlari odamlarda kam o’rganilgan, chunki ichak mikroflorasi uni yyetarli miqdorda sintezlaydi. Uning yetishmovchiligi ko’p miqdorda xom tuxum yoki sulfanilamid preparatlar va antibiotiklar qabul qilganda rivojlanadi. Bunda dermatit, soch to’kilishi, tiRNKoqlarning jaroo’atlanishi kuzatiladi. Mushaklarda og'riq, charchash, de’ressiya, shuningdek, anoreksiya va anemiya kuzatiladi.Barcha o’simlik va hayvon mahsulotlarida saqlanadi. Bu vitamin jigar, buyrak, sut, tuxum sarig`ida ko’p saqlanadi. Kartoshka, ‘iyoz, ‘omidor, ko’katlarda ham erkin, ham bog'langan xolda bo’ladi. Sutkalik me'yori 0,25 mg. Folat kislota Folat (‘teroilglutamin) kislota 1941-yilda o’simliklarning yashil bargidan ajratilgan. U uchta strukturali birlikdan tuzilgan: ‘teridin, ‘araaminobenzoat va glutamat kislotalar. Ovqat tarkibidagi folat kislota ichaklarda shriladi. Shilliq qavatda tetragidrofolat kislotasi (TGFK) va N 5 -metil-TGFK hosil bo’ladi. Qonda folat kislotasining asosiy 87% eritrotsitlarda, qolganlari plazmada bo’ladi. U jigar, buyrak, shilliq qavatlarda saqlanadi. Tanadan ter va siydik orqali chiqariladi. Folat kislotasining biokimyoviy funktsiyalari uning koferment shakllari: N 5 -formil- TGFK, N 10 -formil-TGFK, N 5 ,N l0 -metenil-TGFK, N 5 ,N 10 -metilen-TGFK va N 5 - metil-TGFK bilan bog'liq. Barcha kofermentlar bir-biriga o’tib turishadi. TGFK shaklida bir uglerodli guruhlarni tashishda qatnashadi. Bir uglerodli guruhlar kofermentning bir shaklidan ikkinchi shakliga ko’chiriladi hamda purin va pirimidin asoslari sintezida, yoki ba'zi aminokislotalarni (serindan glitsin, gomotsisteindan metionin) hosil bo’lishida qatnashadi. Kofermentlar dUMF dan dTMF hosil bo’lishini ta'minlaydi. SHuning uchun, nukiein kislotalar sintezida va hujayra bo’linishida muhim rol o’ynaydi. Kalamushlarda folat kislota yetishmaganida avval leyko’eniya, keyin esa anemiya rivojlanadi. Folat kislota tanqisligi natijasida eritro’oez sodir bo’ladigan suyak ko’migi hujayralarida DNK sintezi buziladi va ‘eriferik qonda DNKni kam saqlovchi yosh hujayralar -megaloblastlar paydo bo’ladi, leyko’eniya kuzatiladi. O’simliklar yashil bargi va xamirturush folat kislotaga boy hisoblanadi. SHuningdek u jigar, buyrak, go’sht va boshqa mahsulotlarda bo’ladi. Ichak mikroflorasi uni yyetarli miqdorda sintezlaydi. Sutkalik me'yori-1-2 mg. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling