Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1214068
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
10-MA\'RUZA

Vitamin K.
Vitamin K yon zanjirlari bilan farqlanuvchi 2-metil- 1,4-naftoxinon hosilalari 
guruhini birlashtiradi. Ularning hammasi suvda erimaydi va organik erituvchilarda 
yaxshi eriydi. O’avo kislorodi bilan oson oksidlanadilar. Vilamin K asosan yashil 


o’simliklar, ayniqsa, karamda juda ko’p. Hayvonlardan olingan mahsulotlarda esa 
vitamin K miqdori kam bo’ladi. Masalan cho’chqa jigarida 0.4-0,8 mkg/g. 
Vitamin K odamda normal ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi. 
Ovqatdagi vitamin K ko’proq ichakning proksimal qismidan o’t kislotalari va 
‘ankreatik lipaza ishtirokida shriladi. Qonda vitamin albumin bilan birikadi, a'zo va 
to’qimalarga borib, u yerda faol shakllariga aylanadi. Vitamin K membrana 
foslolipidlari, glkoproteidlar, Lipoproteidiar va nerv hujayrasining muhim 
fosfolipidi-sfingozin sintezida qatnashadi.
Vitamin K erkin radikal reaksiyalarning va peroksidlarni membranalarga 
yopishishining to’xtashiga ijobiy ta'sir qiladi. To’qimalarga nur ta'sir etganda 
vitamin K membranalarni me'yorda saqlashga yordam beradi va xuddi vitamin 
e kabi membranalarning gormon retseptorlari sezgirligini oshiradi. 
Vitamin K ning asosiy biologik ahamiyati shundan iboratki, u jigarda qon ivishuni 
ta'minlovchi oqsillar sintezida qatnashadi. SHu jarayonda vitamin K oqsil 
molekulalarida glutamin kislotasi qoldiqlarining g-karboksillanish reaksiyalarida
jumladan ‘reprotrombindan protrombin hosil bo’lishida koferment sifatida qatnashadi. 
Vitamin K yetishmasligi qon ivishini sekinlashtiradi, natijada qon ketish va 
gemorragik belgilar rivojlanishiga imkoniyat tug'iladi. Glutamin kislotasining 
g-karboksillanishi faqatgina vitamin K miqdoriga emas, balki membranalardagi 
fosfolipidlar miqdoriga ham bog'liq. K-avitaminoz o’ollarda hujayra membranalari 
tarkibiy qismlarini sitatiy o’zgarishlari bilan birga membranadagi xolesterin 
miqdori kamayishi ham aniqlangan. 
Vitamin K anaerob sharoitda vitamin S, V
2
ishtirokida fosforillanish 
jarayonlarini stimullaydi, makroergik birikmalar ATF, kreatinfosfat almashinuvida 
qatnashadi. Vitamin qator oqsillar sintezi uchun va qator fermentlar (geksokinaza, 
fosfotransferaza) faoliyati uchun zarurdir. Vitamin membrana lipidlari tarkibiga 
kirgan xolda, membrana fosfolipidlarining yog' kisiota tarkibiga boshqaruvchi ta'sir 
ko’rsatadi. Vitamin K ning ko’proq mitoxondriya ichki membranasi bilan, kamroq 
tashqi membranasining bog'lanishi ko’rsatilgan. Bu vitamin K mikrosoma va 
lizosomalarning lipidlari bilan oz miqdorda birikkanligi, uni membranalarning minor 


komponentlari qatoriga kiritishga asos bo’ldi. Vitamin K ning immunogenezga ta'siri 
deyarli o’rganilmagan. Ammo qon zardobidagi komplement miqdori bilan 
vitamin K me'yorining to’g'ri bog'lanishi aniqlangan. Hayvonlar ozuqasidagi 
vitamin K ning yo’qligi umumiy komplementar faollikni pasayishiga olib kelgan. 
Vitamin Kning sun'iy analogi - vikasol Ukraina olimi V.I.’alladin tomonidan 
sintezlangan. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling