Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushuncha


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana19.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1214068
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
10-MA\'RUZA

2. 
Biokimyoviy 
reaksiyalar 
energetikasi 
(organizmda 
energiya 
almashinuvi).  Moddalar almashinuvi doimo energiya almashinuvi bilan birga sodir 
bo`ladi. Kimyoviy reaksiyalar bilan energiyaning o`zaro munosabatini tekshirish 
biokimyo uchun muhim ahamiyatga ega, chunki hujayraning hayoti doimo ozuqadagi
kimyoviy moddalarning ‘otentsial energiyaning fiziologik funktsiyalar (muskulning 
qisqarishi, nerv im’ulslarining o`tkazilishi, turli sintetik jarayonlar va xokazolar) ni 
bajarish uchun foydalanadigan shaklga aylanishiga bog`liq. 
Tirik sistemalarda energiya almashinuvini termodinamikaning biologiyaga 
tadbig`i bilan shug`ullanadigan bioenergetika fani o`rganadi. Bu soha biofizikaning 
bir bo`limi bo`lganidan bu yerda biz faqat biokimyo uchun zarur bo`lgan bir qator 
asosiy tushunchalar haqida to`xtalamiz. 
Jarayonlarning umumiy energetik balansini tuzishda Gess qonuni muhim 
ahamiyatga ega. Bu qonunga ko`ra, kimyoviy jarayonning issiqlik effekti oraliq 
bosqichlarga bog`liq bo`lmay, u faqat sistemaning dastlabki va oxirgi holati bilan 
belgilanadi. Masalan, yog` yoki uglevod kalorimetrik bombada yonganida ham, 
organizmda asta-sekin oksidlanganida ham oxirgi mahsulot suv va karbonat 
angidriddir. 1 g yog`dan 9300 kaloriya va 1 g uglevoddan 4200 kaloriya issiqlik 
ajraladi. Ammo oqsillarning yonishi va organizmda oksidlanishidan ajraladigan 
energiya miqdori bir xil emas. 1 g oqsil kalorimetrik bombada 5700 kaloriya bersa, 


organizmda oksidlanganida 4300 kaloriya issiqlik ajratadi. Buning sababi shundaki, 
oqsillarning organizmda parchalanishining asosiy mahsuloti – siydikchil kalorimetrik 
bombada hosil bo`ladigan mahsulotlardan o`zida ortiqcha energiya saqlashi bilan 
farqlanadi. 
Energiyaning hamma turlari bir-biriga ekvivalent nisbatda o`ta oladi, lekin 
energiya turlaridan biri bo`lgan issiqlik boshqa shakllarga to`la o`ta olmaydi. 
Ma’lumki, har qanday energiyaning bir shakldan ikkinchi shaklga o`tishi ba’zi 
beo’uda yo`qotishlar bilan kuzatiladi. energiyaning bir qismi issiqlikka aylanib 
tarqalib ketadi va undan foydalanib bo`lmaydi. Bu hodisani tahlil qilish quyidagi 
muhim xulosaga olib keldi: sistemaning umumiy energiyasi bir xil emas, uning bir 
qismi foydali ish qilishi mumkin, u erkin energiya deb atalib, G harfi bilan 
ifodalanadi. Ikkinchi qismi esa ayni sharoitda ishga va energiyaning boshqa 
shakllariga o`ta olmaydi, u bog`langan energiya deb ataladi.Yo’iq sistemalarda erkin 
energiya o`z-o`zicha minimumga intiladi, ya’ni issiqlik issiqroq jismdan 
sovuqrog`iga o`tadi. Binobarin, issiqlikning ishga aylanishi ikki jism orasidagi 
haroratning farqiga bog`liq. Lekin issiqlikning bir qismigina ishga aylanadi. Har bir 
sistema uchun harorat farqi qancha kichik bo`lsa, bog`langan energiya shu qadar katta 
bo`ladi. Issiqlikning bu qimmatini yo`qotgan qismi entro’iya deb ataladi va u S harfi 
bilan ifodalanadi. 
Erkin energiyaning o`zgarishi sistemaning umumiy energiyasi (O’) va 
entro’iya o`zgarishidan kelib chiqadi: 
∆G = ∆O’ - T∆S 
T- mutlaq harorat. Bu formulada ental’iya o`zgarishining simvoli ∆O’ erkin va 
bog`langan energiya yig`indisini, T∆S esa bog`langan energiyaning o`zgarishini 
ifodalaydi. 
Kimyoviy reaksiyalar odatda, issiqlik effektlari bilan birga kuzatiladi, 
ko’pincha ∆G manfiy, demak erkin energiyaning kamayishi bilan kechadi, reaksiya 
ekzergonik bo`ladi. Agar ∆G musbat bo`lsa, reaksiya sistema ichki energiyasining 


ortishi bilan boradi, u endergonik. Ammo ekzergonik reaksiya davomida ajralib 
chiqadigan issiqlik erkin energiyaning o`zgarishini aks ettirmaydi, chunki entro’iya 
o`zgarishini ham hisobga olish kerak. 
Organizmda biokimyoviy jarayonlar odatda, 7,0 ga yaqin RNK qiymatida 
(neytral sharoitda) kechadi va ko’pincha O’
+
ionlarining hosil bo`lishi va iste’mol 
qilinishi bilan kuzatiladi. SHuning uchun energiya o`zgarishining standart sharoiti 
deb RNK=7,0 (25˚C da) qabul qilingan va ∆G˚ ramzi bilan ko`rsatiladi. U 
boshlang`ich moddalarning erkin energiyasi bilan reaksiya mahsulotlarining erkin 
energiyasi orasidagi farq. 
Moddalar almashinuvining tavsifi uchun erkin energiyadan foydalangan xolda 
katabolik reaksiyalar energiya ajratish bilan, anabolik reaksiyalar esa energiya yutishi 
bilan boradi, deb aytish mumkin. Yuqori energetik yoki makroergik moddalar ular 
orasidagi energetik vositachilar vazifasini bajaradi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling