Reja: XII-XV asrlarda Bolgariya


Download 453.67 Kb.
bet10/10
Sana19.05.2020
Hajmi453.67 Kb.
#107796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.O'rta asrlar tarixi ma'ruza matni-2019

Urush, osha davr davlatlari tashqi siyosatining asosiy belgilaridan biri edi. Xalqaro mojarolarni keltirib chiqadigan sabablar ichida chegaraviy baxslar, sulolaviy e'tirozlar, tijorat monopoliyasi uchun kurashlar va hokazolar bor edi. XVI asrda yevropada, urushga olib keladigan uchta asosiy xalqaro kelishmovchiliklar shakllandi:

1) Ispaniyaning savdo va mustamlaka manfaatlarini toqnashuvi bir tomondan bolsa, ikkinchi tmomndan Fransiya va Angliyaning XV asrning oxirida XVI asrning birinchi yarmida Italiya urushlariga aylangan hamda XVI asrning ikkinchi yarmida Ispaniya va Angliya ortasidagi urushga olib kelgan toqnashuvlari edi;

2) yevropa davlatlarining Usmon imperiyasi bilan ozaro munosabatlari;

3) Baltika hududida hukmronlik qilish uchun Shimoliy yevropa mamlakatlari ortasidagi kurash; XVII asrning boshlarida Germaniyada aksil qayta qurish kuchlarining faoliyati kuchaydi. Protestantlar tomonidan qolga kiritilgan muvaffaqiyatlarni asta sekin boy berilishi, nafaqat umum Germaniya, balki xalqaro miqyosdagi shov shuvlarga sabab boldi.

Germaniyadagi diniy siyosiy keskinlik nafaqat ichki sabablar maxsuli edi: bunday xolatni vujudga kelishiga XVIII asr boshlarida yevropa davlatlari tizimidagi murakkab ozaro munosabatlarning shakllanishi hamda xalqaro munosabatlarning ta'siri muhim rol oynadi. Shimoliy Germaniyaga otgan, keyinchalik Markaziy yevropaning katta hududlarini oz ichiga olgan Chexiyada mahalliy mojarodan boshlangan urush oz orbitasiga juda kop davlatlarni jalb qilgan birinchi umumevropa andozasidagi urushga aylandi. Ushbu urush otttiz yil davom etdi (1618-1648 yillar). 1648 yili Vestfaliya shaharlarida imzolangan tinchlik shartnomasi shartlari nafaqat ottizyillik urushga, balki qayta qurish kuchlari va ularning raqiblari orasidagi bir asrlik kurashga siyosiy yakun yasadi. Tinchlik yevropa davlatlari tizimiga va Germaniyadagi jarayonga muhim ozgartirishlar olib kelgan majburlangan kelishuvlar maxsuli boldi.


Nazorat savollari:

  1. O’rta asrlar diplomatisyasi deganda nimalarni tushundingiz?

  2. Feoal tarqoqlik nimma?

  3. O’rta asr xalqaro munosabatlarida savdoning o’rni qay darajada bo’lgan?

  4. Usmoniylar imperiyasi va g’arbiy yevropa davlatlari o’rtasidagi aloqalar nimalarda ko’rinadi?

  5. Dastlabki savdo elchilik-munosabatlari haqida gapiring?

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




  1. O’rta asrlar tarixi. V.F Semyonov. T., 1973.

  2. O’rta asrlar tarixi. T.Salimov. T., 2014.

  3. Buyuk ipak yo’li. A.Xo’jayev. T.,2000.

  4. www.ziyonet.uz.

1618-1648 yillardagi o’ttiz yillik urush.


Reja:

  1. XVI asr oxirida Germaniyaning iktisodiy tushkunligi natijasida siyosiy tarkoklikning vujudga kelishi.

  2. O’ttiz yillik urush yillarida Yevropa

  3. Vestfaliya sulxi va germaniyaning vayron bulishi.

Tayanch atamalar lug’ati:

«Uttiz yillik urush» - nemis dehqonlari ko’targan qo’zg’alon natijasida yuzaga kelgan yevropa davlatlari orasidagi urush.

Krepostnoy – yevropa feodal munosabatining asoratli ko’rinishi

Absolyutizm – hukmdorning cheklanmagan hokimiyati.

Sulx – urush yakunida tomonlar o’rtasida tuziladigan yarashuv shartnomasi.


Buyuk geografik kashfiyotlar va bu kashfiyotlar bilan boglik tarzda savdo yullarining uzgarib ketishi Germaniyaning iktisodiy tarakkiyotiga yomon ta’sir kildi. XVI asrning ikkinchi yarmida buning okibati shu buldiki, nemis savdo sotigi tushuknlikka yuz tutdi. Ammo ularning roli shu kadar past ediki, ularni Amsterdamga xam, Londonga xam sira takkoslab bulmas edi. Butun Germaniya tobora agrar mamlakatga aylanib borar, unda yetishtirilgan kishlok xujalik maxsulotlari sanoati kuprok tarakkiy kilgan mamlakatlarga chikarilar edi. Gollandiya, Shvesiya, Angliya kuprok germaniyaning shimoliy – sharkiy viloyatlaridan maxsulotlar sotib olar edi. Germaniyaning siyosiy tarkokligi saklanibgina kolmay, balki asr davomida yana xam avj oldi. Knyazlar cherkov mulklarini musodara (sekulyarizasiya) kilish xisobiga uz yerlarini kupaytirdilar. Ular ichki va tashki (eksport) savdodan uz daromadlarini oshirish yulida foydalanib, uzlarining maxalliy knyazlik absolyutizmini urnatdilar. Lyuteran cherkovining maxalliy xokimlarga batamom buysundirilishi munosabati bilan maxalliy knyazlarning siyosiy xokimiyati kuchaydi. Diniy nizolar knyazlarning imperatorga karshi olib borgan kurashlarini xam nikoblab turaveradi. Imperator avvalgidek mamlakatdagi katoliklar partiyasiga raxbarlik kilar va papalik bilan maxkam ittifokda edi. Eng yirik knyazlarning kupchiligi protestant edi, ulardan kupi lyuteran, bir kismi (pfalsgraf Reynskiy) edi. Imperator knyazlari uziga buysundirishga xrakat kilar va bunga «yeres»ning kuchayib ketishiga yul kuymaslik, cheklab kuyish istagini vaj kilib kursatardi. Knyazlar kuchayib, natijada knyazlik absolyutizmi joriy kilinganiga karamay, imperator xokimiyatining kuchi xali ozmuncha emas edi. Ammo gabsburgalar fakat Germaniyadagina xukmronlik kilib kolmadilar. Gabsburglarning uruglari Ispaniyani xam idora kildilar. Ispaniyadagi Gabsburglar avstriya – german Gabsburgalarini kullab-kuvvatlar edi. Karl Vning dunega xokim bulish ishtiyoki Filipp II ga xam meros bulib utgan edi. Filipp III zamonida Ispaniya zaiflashib koldi. Shu sababdan u vaktda boshka mamlakatlarga va ichki dushmanlarga karshi kurashda ispan Gabsburglari bilan Avstriya Gabsburglarining kuchlarini birlashtirish goyat kuchli masala bulib kolgan edi. Germaniyani birlashgan, markazlashgan davlatga aylantirilishini muljallar edi. Ammo bu vazifaning uddasidan chikib bulmadi. Mamlakat iktisodiy tushkunlikni boshidan kechirayotgan, shaxarlar iktisodiy jixatdan zaiflashib kolganligi tufayli ularning ijtimoiy va siyosiy roli pasayib ketgan, krepostnoylikning usishi tufayli feodalarning ta’siri kuchaygan bir sharoitda mamlakatni birlashtirish ishi ayniksa kiyin va murakkab vazifa edi. Bundan tashkari, Gabsburglar fakat Germaniyani uzlariga buysundirish masalasi bilangina mashgul emas edilar. Ular XVI asr oxirida xam, XVII asr boshida xam uzlariga kushni mamlakatlarga nisbatan agressiv siyosatni davom ettirdilar. Ular XVII asrda sanovt va savdo-sotigi tarakkiy kilgan bir kancha yevropa mamlakatlarini, shu jumladan. Gollandiya, Angliya, Fransiya, Daniya, Shvesiyani uzlariga karshi kilib kuydilar. Nemi protestant knyazlarining uzlari xam imperatorga karshi kurashda Germaniyadan tashkari ittifokchilar kidira boshladilar. Ichki ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar goyat murakkab bulgan tashki xalkaro munosabatlar bilan chirmashib ketganligi tufayli germaniya vayron kiluvchi Uttiz yillik urush maydoni bulib koldi. Bu rush uning mavjud siyosiy tarkokligini yanada kuprok mustaxkamladi.

Germaniya katoliklar reaksiyasi Karlning dastlabki taxt vorislari – Ferdinand I (1555-1564) va Maksimilian II (1564-1576) davridayok katta muvaffakiyatlarga erishdi. Ammo Karl V dan keiyn uchinchi bulib xukmronlik kilgan imperator Redolf II (1576-1612) vaktida reaksiya ayniksa kuchayib ketdi. Katliklar Bovariyasida xam ular uya kurgan edilar. Katlklar protestantlarini Reyn viloyatlaridan muvaffakiyat bilan sikib chikara boshladilar. Katliklar reaksiyasi Garbiy-shimoliy Germaniyaga kirib bordilar. Tugri, Gabsburglar yirik va mayda feodal yerlarining german konfederasiyasigagina boshchilik kilar edi. Ularning avvalgidek xozir xam umumimperiya boshkarma organlari va sudlari, umumimperiya moliyasi (soliklar) yuk edi. Germaniyani aslida idora kiluvchi ular emas edilar. Lekin Gabsburglarning kuchi uzlariga meros kolgan juda keng yerlarga egalik kilishda edi. Bu yerlardla kisman nemislar, kuprok esa slavyanlar, vengerlar, italyanlar va boshka xalklar yashardi.

Ittifok va liga tuzilishi bilan bu ikki lagerning bir-biriga dushmanlik munosabati shu kadar keskinlashdiki, ular urtasida 1610 yildayok urush boshlanishi mumkin bulib koldi. Birok. Genrix IV Fransuzskiy ulimi tufayli urush bu urtada boshlanmay koldi, chunki ittifok a’zolari undan yordam olish umidida edilar.. Urush Rudolf II ning taxt vorisi imperator Matvey (1612-1619) davrida boshlandi. Chexiyada yuz bergan vokealar urushning boshlanib ketishida katta rol uynadi.

Chexiya 1526 yilda yana imperiya sostaviga kirdi va u Gabsburglar xonadonining meros yeri deb xisoblana boshlandi. Chexiya Gabsburglar sostaviga kirayotganida chexlarga ularning avtonomiyasini, chex seymini, davlat tili sifatida chex tilini va milliy cherkov sifatida chexlarning islox kilingan cherkovini saklab kolish va’da kilingan edi. Amalda esa Gabsburglar bexayolik kilib, uz va’dalarini bajarmadilar. Vena xukumati chexlarning davlat idorasi ishlariga bevosita aralashadigan buldi. Chexiyaga nemis amaldorlari yuborilardi. Nemis dvoryanlari chexlarning yerlarini sotib olardilar. Chexiyaga iyezuitlarning sukulib kirishi natijasida bu yerda kotolisizmning tiklanish masalasi kundalang bulib kolgan edi. «Chex birodarlari» jamoalarinii ayniksa kisar va uning faoliyatini xar kanday yullar bilan cheklardilar. Guschilikning eng jiddiy ta’siri XVI asr Chexiyasida ana shu jamoalarda saklanib kolgan edi.

1547 yilda seymning oppozision tarzdagi chikishidan keyin uning xukuklari yana xam kamaytirilgan edi. Jumladan, shaxarlik, (meshchan)larning vakillari seymga butunlay deyarli kiritimay kuygan edi. Chexiyada yuz bergan jiddiy axvol 1609 yilda kuzgolon kutarilishiga olib keldi. Pragada Gabsburglarga karshi namoyishlar bulib utdi. Seym chex sosloviyelari nomidan, agar Rudolf II chexlarning siyosiy va diniy xukuklarini e’tirof kilmasa, uni uzlarining kiroli deb tanimasliklarini aytgan edi.XVII asrning yigirmanchi yillari oxiriga kelganda Chexiya iktisodiy jixatdan juda ogir axvolda kolgan edi. Savdo-sotik va sanoat orkaga karab ketmokda edi. Bu tushuknlik kisman shu vaktlarda Markaziy va sharkiy Yevropa boshidan kechirayotgan ogir axvolni aks etirsa, kisman Chexiyada Gabsburglarning idora kilish siyosatining chex millatiga karshi karatilganligi okibati edi. Shunday kilib, Gabsburglarning siyosiy va diniy zulmi Chexiyadagi inkirozning umumiy manzarasini yanada yomonlashtirirar edi. Kuzgolon 1618 yilning 23 mayida «defenestrasiya» deb atalgan narsadan boshlanib ketdi.

1621 yil 21 iyunda Pragada kuzgolon raxbarlaridan 27 kishi, shu jumladan, uchta shaxarlik umum oldida jazolab uldirildi. 1627 yilda Praga seymida Mayestat tagatilishi rasman e’lon kilindi. Chexiyada katoliklar cherkovi tamomila tiklandi. Nemis tili birdan-bir davlat tiliga aylandi. Xamma yerda chex amaldorlari urniga nemis amaldorlari utirib oldi. Kuplab chex yerlari musodara kilindi. Avstriya Gabsburglarining Chexiyaning tor-mor kilishi va ispanlarning Pfalsni bosib olishi Uttiz yillik urushning «chexiya-pfals davri» deb atalgan birinchi davrining okibatlari edi. Katoliklarning galabasi musodara kilingan cherkov yerlaridan tashkil topgan pretestant knyazlar mulkini xavf ostiga kuydi. Imperatorning galabasi 1624 yildan beri boshida kordinal Rishelye turgan Fransiyani xam tashvishga solib kuydi. Shunday kilib, imperator bilan knyazlar urtasidagi, katoliklar bilan protestantlar urtasidagi, gabsburglar bilan Chexiya urtasidagi munosabatlariga doir ichki masala chet ellarga xam katta ta’sir kursatdi.

Daniyaliklarga karshi uz kushinini tashkil etish uchun Ferdinand II ning yetarli mablagi yuk edi. katoliklar ligasining kushini ozgina bulib, uni xam tuldirish kerak edi. Shundan keiyn imperator kushin tashkil etish tugrisida boy dvoryan Alberx Vallenshteyn (1583-1634) ga murojaat kildi. Vallenshteyn asli chex bulsa xam, batamom nemislashib ketgan va chex dvoryanlarining yerlari musodara kilingan vaktda kup yer, urmon, kon va shu kabilarni sotib olagn edi. Birok katoliklar lagerining galabasi bu lager raxbarlari urtasidagi nizo-janjallar tufayli bushashib ketdi. Liganing yulboshchisi Maksimilian Bavarskiy va boshkalar Vallenshteynni yomon kurar edilar. Ularning talabiga muvofik 1630 yilda Vallenshteynni iste’foga chikartishga va uning kushinini tarkatish tugrisida buyruk berishga majbur buldi.

Gabsburglarning yangi galabasi Fransiyani imperatorga karshi kurashda yangi ittifokchi kidirishga majbur etdi. Shvedlar kiroli Gustav Adolf (1611-1632) Fransiyaga ana shunday ittikchi buldi. Rishelye shved kiroliga katta subsidiya berdi. Ammo urushga aralashish uchun Gustav, Adolfning uzida xam ancha vaj bor edi. Imperatorning Daniya ustidan kozongan galabasi va Vallenshteyn bilan Vena saroyining Shimoliy va Baltika dengizlarida kuchligerman floti barpo kilish tugrisidagi rejasi Gustav Avgustni jiddiy tashvishga solib kuydi. Bundan tashkari, shved feodallari allakachonlardan beri yangi yerlar bosib olishni niyat kilib yurardilar. Fransiya uz tomonida kupgina ittifokchilarga ega bulgani xolda Germani yabilan Ispaniyaga karshi urush boshladi. Urushni davom ettirayotgan Shvesiyadan tashkari, Gollandi, Savoyya, Venesiya, Vengriya, Fransiya tomonida edi. Polsha Fransiyaga dustona xayrixox bulib, betaraflik saklashni bildirdi. Urush xarakatlari fakt Germaniya territoriyasidagina emas, balki Ispaniyada, ispaniya Niderlandiyasida, Italiyada va Reynnning xar ikki kirgogida olib borildi. Shunday bulsa xam birinchi davrda ittifokchilar muvaffakiyat kozona boshlamadilar. Ittifokning uzi sostavi jixatidan uncha mustaxkam emas edi.

Ittifokchilar bir-birlari bilan yaxshi kelishib olib xarakat kilmadilar. Fakat 40 yillar boshida, Rishelye xam ulgandan keiun, Fransiya bilan Shvesiyaning kuli anik baland bulib koldi. Fransuz kushinlari 1643 yilda garbda Rokrua (Sharkiy fransiya) nidagi jangda ispan piyodalarini goyat katta maglubiyatga uchratdilar. Shundan keyin fransuz kushinlari butun Elzani bosib olishdi. 1645 yilda shvedlar sharkda, Chexiyaning yankovisi shaxri yonida imperiya kushinlarini tor-mor keltirdilar. Daniyaning endi bu safar Gabsburglar tomonini olib, urushga kirishishi xam imperatorga yordam bera olmadi. (1643-1645) yillardagi Daniya-Shvesiya urushi. Fransuzlar va shvedlarning birlashgan armiyasi 1646 yilda Bavariyaga bostirib kirdi. Urushning yutkazilayotganligi Vena saroyi uchun ayon bulib bormokda edi. Ferdinand II dan keiyn 1637 yilda taxtga utirgan imperator Ferdinand III xukumati sulx muzokaralarini boshlashga majbur buldi.
aslida 1645 yilning iyunidayok boshlangan sulx muzokaralri Vestfaliyaning ikki shaxrida olib borilmokda edi. O s n a b r yu k d a imperator elchilari shved xukumati elchilari xamda german protestant knyazlari bilan M yu n s t ye r d a imperator elchilari fransuz xukumati bilan muzokaralar olib bormokda edilar. Muzokaralar 1648 yil kuzdagina tamom buldi. Vestfaliya sulxi natijasida goliblar ancha xududini uzlariga kushib oldilar. Shvesiya Garbiy Pomeraniyani va Sharkiy Pomeraning bir kismini, shu jumladan, Shtettin shaxri va Ryugen orolini, Vismar shaxrini va uning portini, Breayen arxiyepiskopligini (ammo Breayen shaxridan tashkari) va Verden yepiskopligini uziga kushib oldi. Shu bilan birga Shvesiyaga 5 million teler tovon tulandi. Fransiya Elzasini (Strasburg shaxridan tashkari) egalladi va Yukori Lotaringiya (Mes, Tul va Verden shaxarlari) ga bulgan xukuki uzil – kesil tasdiklandi. Germaniyaning uz ichida Sharkiy pomeraniyani, Magdeburg arxiyepiskopligini va boshka bir kancha viloyatlarni uziga kushib olgan Brandenburg; Luzasiya (Lujis yeri)ni uziga kushib olgan Saksoni, shimoli – garbda ba’zi bir kushni viloyatlarning yerlari xam kuliga utgan Braunshveyg va yukori Pfalsni egallagan Bavariya uzlarining yerlarini kengaytirdilar (bunga Bavariya gersogi xatto kurfyuristlik unvonini olishga muyassar buldi, bu-sakkizinchi kurfyuristlik edi. Vestfaliya kongressi imperiya knyazlaring boshka mamlakatlar bilan mustakil diplomatik alokalar urnatish xukuklarini tan oldi. Shu tarika Yevropa diplomatiyasi Germaniyaning siyosiy jixatdan balinib ketishini ma’kullaydi. Vestfaliy kongressining bu yerda eslatib utish lozim bulgan muxim diplomatik aktlardan yana biri shuki, Yevropada allakachonlardan beri mavjud bulgan, lekin shu vaktgacha rasmiy ravishda tanilmagan ikki davlatning mustakilligi e’tirof etildi. Bu davlatlar Shvesariya ittifoki bilan Gollandiya edi. Fransiya bilan Ispaniya urtasidagi urush Vestfaliya kongressidan keyin xam davom etdi va u fakat 1659 yilda Pireneya sulxidan keyingina tamom buldi.

Lyusen yonidagi jangdan keyin Vallenshteyn chexiyaga chekindi, u bundan oldin shu yerdan saksoniyaliklarni surib chikargan edi.Valenshteyn endi saksoniya kurfyurstini sulx tuzishga majbur etib, keyin shvedlarga karshi xujum boshlamokchi edi. Katoliklar ligasi Valenshteynning kuzga kurinarli muvaffakiyatlariga erisha olmaganiligidan foydalanib, imperatrni yana unga karshi kilib kuydi. 1634 yil boshida Valenshteyn kumondonlik vazifasidan olindi, sungra davlatga xiyonat kilishda aylandi va nixoyat, 1634 yilning 25 fevralida Liganing kursatmasi bilan ish kurgan bir gurux ofiserlar tomonidan Eger kal’asida uldirioldi. («Eger falokati»). Imperiya armiyasi shvedlar orasida intizom bushashib ketayotganligidan foydalanib, ularga 1634 yil 6 sentyabrda Nordligen yonida katti zarba berdi. Buning natijasida shvedlar Janubiy Germaniyadan surib chikarildi. 1635 yil baxorida imperator saksoniya kurfyursti bilan sulx tuzishga muvafak buldi. Yana Gabsburglarning omadi kelganday bulib kurindi. Ammo Rishelye endi Germaniyaga karshi ochikdan-ochik urushga kirishishga karor kildi. Fransiyaning urushga kirishishi (1635) Gabsburglar koalisiyasining axvolini kiyinlashtirib yubordi va bu koalisiyani tamomila maglubiyatga uchratdi.

Uttiz yillik urushda Fransiya bilan Shvesiya golib chikdi. Ular bu urushdan keiyn XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida Yevropa diplomatiyasida yetakchi rol uynadi. Germaniya esa, aksincha, urush natijasida goyatda zaiflashib kolgan edi. Germaniya ancha territoriyasidan maxrum bulish bilan birga, uzok davom etgan urushda nixoyat darajada vayron bulgan edi, chunki urush asosan Germaniya territoriyasida olib borilgan edi. Mamalakat goyatda katta moddiy zarar kurdi. Urush keltirgan vayronalik tufayliGermaniya bir necha un yillargacha uzini unglab olomadi. Ba’zi oblastlarda, chunonchi, Saksoniya, Brandenburg, Pfals, Vyurtembergda axolining yarmi va xatto bundan xam kuprogi kirilib ketgan edi. Chexiyada 1618 yildagi 2,5 million axolidan 1650 yilga kelib atigi 700 ming kishi kolgan edi. Juda kup ekin yerlari xuvillar koldi va urmonlar bilan koplandi. Yuzlab kishloklar yuk bulib ketdi. Shvedlar Saksoniya va Chexiyadagi juda kup konlarni ishdan chikardilar, bu konlar kup yillargacha ishga solinmay keldi. German shaxarlaridagi savdo va sanoat urush vaktida yana xam kattikrok oksay boshladi.

Boshpanasiz kolgan va tirikchilik vositalaridan maxrum bulgan dexkonlar yordam surab feodallarga murojaat kilishga majbur buldilar.Bunday sharoitda krepostnoy xukuk urushdan avvalgidan kura xam tezrok avj olib ketdi. Sharkiy Germaniya asoratga tushgan dexkonlar mamalkatiga aylandi, ular iktisodiy va siyosiy jixatdan tamomila uz pomeshchik-yunkerlariga karam bulib koldilar. «Endilikda pomeshchik-dvoryanlar kishlokning tanxo xujayini bulib koldi… Dexkonlarning eng sungi kuchlari xam sindirildi… Yana cheklanmagan xolati endi umumiy xol bulib koldi; endilikda erkin dexkonlar ok kargadek kamdan-kam uchraydigan bulib koldi».


Nazorat savollari:

1) Buyuk geografik kashfiyotlarni esga tushiring?

2) Germaniyadagi iktisodiy tushkunlikning asosiy omillari nimalardan iborat edi?

3) Siyosiy tarkoklik nima uchun kelib chikdi?

4) GabsburgalarningYevropadatutganurni?

5) Germaniyaning tushkunlikka tushish okibati nima buldi?


Foydalanilgan adabiyotlr ro’yxati:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1) O’rta asrlar tarixi V.F. Semenov T.,1973.

2) O’rta asrlar tarixi.T.Salimov. T.,2014

3) Lamprext K. Istorriya germanskogo naroda. M.,1985.

4) Ziyonet.uz


XVI-XVII asrlarda Xitoy

Reja:


  1. XVI-XVII asrlardagi siyosiy hayot.

  2. Min va manjurlar sulolasi.

  3. Tashqi bosqinchilik siyosati.

Tayanch tushunchalar: Despotik, Korrupsiya, Manjuriya,Bandargoh


Ayni shu asrda mamlakatda siyosiy ahvol keskinlashdi. Buning sabablari nimalardan iborat edi? Avvalo, jamiyat hayotini o`rta asr ishlab chiqarish munosabatlari chuqur qamrab olgan. Bu jamiyat hayotida natural xo`jalikning ustunligida yaqqol namoyon bo`lmoqda edi. Bundan tashqari, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - dehqonlarni holdan toydiruvchi ijaraga yer olib ishlash tartibi hamon chuqur ildiz otganligicha qolavergan edi. Ijara haqi hosilning 50 foiz qismini tashkil etardi.

Despotik davlat hokimiyati esa barcha eski tartiblarning bosh tayanchiga aylanib qolgan.

Davlat hokimiyati amalda har qanday yangilikning ashaddiy dushmaniga aylangan. Buning ustiga, XVI asrga kelib davlat hamda dehqonlar yerlarining katta yer egalari qo`liga o`tish jarayoni kuchaydi. Ular bu yerlarni o`z mulklariga aylantirishda hech narsadan qaytmadilar. Eng ko`p miqdordagi yer imperator xonadonining qo`lida to`plandi. Buning ustiga, ular hosildof yerlar ham edi.

Ijara shartining og`irligi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - dehqonlarni xonavayron qila boshladi. Bu esa butun imperiya hududida dehqonlar qo`zg`oloni boshlanishiga olib keldi va bu qo`zg`olon butun mamlakatni qamrab oldi.

Ichki siyosiy kurash.

Dehqonlar qo`zg`olonining keng quloch yoyishi Min imperiyasining siyosiy parchalanish jarayonini kuchaytirdi. Hukmron tabaqalarning manfaatiga xizmat qiluvchi hukumat jamiyatda yetilgan eng dolzarb vazifalarni hal etishga qodir bo`lmay qoldi. Davlat idoralari amaldorlari o`rtasida o`zboshimchalik, korrupsiya hamda davlat mansablarini sotish avj oldi. Imperator xonadoni turli xil ko`ngilochar tadbirlar va zebu ziynat buyumlari uchun davlat xazinasini sovurdi. Bu omillar mamlakat aholisining turli qatlamlaiida keskin norozilik uyg`otdi. Natijada Min sulolasi va uning tayanchlariga qarshi muxolifat kuchaya bordi.

Muxolifatning asosiy kuchini o`rta va mayda yer egalari, shahar aholisining o`ziga to`q qismi, shuningdek, mamlakat ziyolilari tashkil etdi. Muxolifat imperatordan davlat mansablariga amaldorlarning qobiliyatiga qarab tanlanishini, eskirib qolgan qonunlarni o`zgartirishni talab qildi. Biroq saroy a'yonlari muxolifat talablariga quloq ham solmadi va aksincha, ularni ta'qib etishga kirishdi.

Muxolifat kurashni to`xtatmadi. Buning ustiga dehqonlar qo`zg`oloni ham tobora keskin tus ola boshladi.

Manjurlar hukmronligi.

XVI asr oxiri - XVII asr boshlarida Xitoy uchun o`ta xavfli tashqi raqib ham paydo bo`ldi. Bu imperiyaga chegaradosh hududlarda tashkil etilgan Manjuriya davlati edi.

Manjuriya hozirgi Xitoy Xalq Respublikasining shimoli-sharqiy qismi. Hozir bu hudud Dunbey (Shimoli-Sharq) deb ataladi.

Bu davlat hukmdori Nurxachi 1618- yilda Xitoyga harbiy yurish boshladi. Nurxachining vorisi Abaxay (1626 - 1643) Xitoy hududlarini bosib olishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Kuchsizlanib, holdan toygan Min sulolasi manjurlarga jiddiy qarshilik ko`rsata olmadi. Manjurlar imperiyaning katta qismini bosib oldilar. 1636- yilda Abaxay o`zini imperator deb e'lon qildi. o`z sulolasini Sin (toza, tiniq) nomi bilan atay boshladi.

Min sulolasining halokati.

Sulolaning tashqi bosqinchi kuchlar oldidagi taslimchilik siyosati mamlakatda keskin norozilikni keltirib chiqardi. Mamlakatni dehqonlar qo`zg`oloni qamrab oldi. Dehqonlar qo`shinlarining barcha yetakchilari harbiy kuchlarni birlashtirdilar. Ularga Li Szi-chen qo`mondonlik qildi.

1643- yilda qo`zg`olonchilar harbiy kengashi Pekinga hujum boshlash haqida qaror qabul qildi. Li Szi-chen imperator deb e'lon qilindi. Xitoyning janubi-g`arbiy qismida esa dehqonlar qo`zg`olonining yana bir qo`mondoni Chjan Syan-chjun ham o`z davlatini tuzganligini e'lon qildi. Bu davrda mamlakat shimolida hukumat qo`shinlari general U Sanguy qo`mondonligida manjurlarga qarshi kurash olib borayotgan edi.

U San-guy Pekindagi yangi hukumatga katta tashvish keltirishi mumkin edi. Shuning uchun ham Li Szi-chen u bilan til topishishga qaror qildi.

Biroq U San-guy dehqonlar hokimiyatini tan olmadi. Ayni paytda u dehqonlar hukumatini o`z ixtiyoridagi qo`shin bilan ag`darishga ham ojizligini bilar edi. Shu tufayli u xoinlik yo`liga o`tdi va manjurlar vassali bo`lishga rozilik berdi.

1644- yilda manjurlar Pekinni ishg`ol qildilar. Abaxayning o`g`li Xitoy imperatori deb e'lon qilindi. Shu tariqa Xitoy tarixida manjurlarning Sin sulolasi hukmronligi boshlandi va u 1912- yilgacha davom etdi.

Dehqonlar qo`zg`olonlari shafqatsizlik bilan bostirildi. Li Szi-chen va Chjan Syan-chjunlar janglarda halok bo`ldilar.

Bosqinchilik tashqi siyosati.

Sin sulolasi butun hukmronligi davomida bosqinchilik siyosati yuritdi. Uning birinchi qurboni Koreya bo`ldi. 1637- yilda Koreya vassal davlatga aylantirildi.

Shimoliy va g`arbiy Mo`g`ulistonda tashkil topgan Jung`oriya (Oyrat) xonligi 1758- yilda butunlay bosib olindi. Tez orada butun Mo`g`uliston va Qashqar ham egallandi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Birma va Vetnamni bosib olish yo`lidagi urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi.

1792- yilda Nepal davlatiga Sin sulolasining vassali ekanligi majburan tan oldirildi. Sin sulolasi hukmdorlari Xitoyni to`la bo`ysundirishda g`arbiy yevropaliklar madadiga tayandi. Shu tufayli ularga dastlab Xitoy portlari ochib berildi. Biroq g`arbiy yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi oxiroqibatda nimalarga olib kelishi tobora oydinlasha borgach, o`zgacha yo'1 tutishga majbur bo`lindi.

1757-yildan boshlab Guanchjou portidan boshqa barcha portlar Yevropa kemalari uchun yopib qo`yildi.


Nazorat savollari:

  1. Xitoyda min sulolasi qanday hokimiyatga kelishgan?

  2. Xitoy bosqinchiki yurishlarining asosiy manzillari qaysilar?

  3. Xitoyda manjurlar sulolasi olib birgan ichki va tashqi siyosati?

  4. Xitoy dehqonlarning ijtimoy ahvoli qanday bo’lgan?

  5. Nima sababdan Xitoy yopiq siyosat olib borgan?

Foydalanilgan adabiiyotlr ro’yxati:

1) O’rta asrlar tarixi V.F. Semenov T.,1973.

2) O’rta asrlar tarixi.T.Salimov. T.,2014

3) Vasiliyev V.S. Istoriya Vostoka. M.,

4) Ziyonet.uz

XVI-XVII asrlarda G’arbiy yevropada tehnika va tabiatshunoslik taraqqiyoti
Reja:


  1. Manufaktura davrida tehnika taraqqiyoti

  2. Harbiy tehnika o’sishi

  3. Kemasozlikdagi rivojlanish

  4. To’qimachilik sanoati

  5. Yangi tabiiyotshunoslik

Tayanch tushunchalar: manufaktura, artilleriya, tabiatshunoslik, kemasozlik, yer tortishish qonuni, qon aylanishi haqidagi yangi fikrlar

Manufaktura davrida texnika taraqqiyoti. Manufaktura

davridagi texnika hali, asosan hunarmandchilik harakterida

bо‘lib, buyumlar deyarli butunlay qо‘l kuchi bilan ishlanardi.

«Manufaktura davriga xos mexanizm kо‘pgina qismiy ishchilar-

dan iborat jami ishchining о‘zidir»2. Manufakturadagi meh-

nat taqsimoti ijtimoiy mehnat unumdorligini xiyla oshir-

gan edi. Manufakturada mashinalardan onda-sondagina foy-

dalanilardi. Ayrim ishchining san’ati, mahorati, u о‘z shaxsiy

asbob-uskunasida bajaradigan operatsiyalarning tezligi va

aniqligi asosiy narsa bо‘lib qolaverdi. Shu sababli manufak-

tura davrida texnika taraqqiyoti umuman hali sust bordi.

XVI—XVII asrlar davrida texnika sohasidagi kashfiyotlar

nisbatan hali kam edi. Marks ana shu holatni ta’kidlab, bu-

ning sababi manufakturaning xuddi ana shu hunarmandchilik

texnika bazisi ekanligini kо‘rsatgan edi. «Hunar va manufak-

tura iJtimoiy ishlab chiqarishning umumiy bazisini tashkil

qilar ekan, ishlab chiqaruvchining faqat 'bitta ma’lum ish-

lab chiqarish tarmog‘iga tobe bо‘lishi, uning mashgulotlarining

dastlabki xilma-xilligining buzilib ketishi taraqqiyotning

zarur momentidan iboratdir. Ishlab chiqarishning har bir

ayrim tarmog‘i ana shu bazisda empirik yо‘l bilan о‘ziga muvo-

fiq texnik tuzum hosil qiladi, bu tuzumni sekin-asta takomil-

lashtiradi va ma’lum bir yetuklik darajasiga erishilishi

bilanoq uni muayyan bir shaklga soladi. Vaqt-vaqti bilan о‘z-

garishlar bо‘lib turadi, bu о‘zgarishlarga savdo yetkazib bera-

digan yangi mehnat materialidan tavdqari,. mehnat asbobinint

asta-sekin о‘zgarishi ham sabab bо‘ladi. Lekin empirik yо‘l bi-

lan muvofiq asbob formasi topilgan ekan, ish asbobi ham bir

nuqtada qotib qoladi...»3.

Har holda manufakturaning rivojlanishi kelgusidagi sa-

noat revolyusiyasi uchun, mashinalar va mashina ishlab chiqa-

rishining vujudga kelishi uchun muayyan shart-sharoktlarni

yaratdi. Ish operatsiyalarini soddalashtirishning о‘zi va bu ope-

ratsiyalarning manufakturada doimo mexanik tarzda gakrorla-.

nishi mexanikaning fan sifatida rivojlanishi uchun turtki

berishi kerak edi. Ayni vaqtda manufaktura yuqorida kо‘rsa-

tib о‘tilganidek, onda-sonda bо‘lsa ham, ayrim juda sodda ma-

shinalardan (asosan mexanik dvigatellar sifatida) foydalana boshlangan ediki, bu mashinalar rivojlangan kapita

lizmning keyinchalik yaratilgan mashinalarining bevosita

о‘tmishdoshlari bо‘lib qoldi.

Kon ishi va metallurgiya. Kon ishi sohasida XV va XVII asr-

larda avvalo chо‘yanni eritishda, toshkо‘mirdan foydalanish

yо‘lida astoydil harakat qilindi. Bu jihatdan Angliyada lord

Dedli eng katta muvaffaqiyatlarga erishdi. U 1621 yilda

«Toshkо‘mirdan foydalanish yо‘li bilan temir rudasini eri-

tish hamda undan chо‘yan quyilma yoki g‘о‘la ishlab chiqarish» uchun

patent oldi. Biroq, Dedlining kashfiyoti aslida. katta amaliy

ahamiyatga ega bо‘lmadi. Angliyada mineral yoqilg‘i asosida chо‘yan

ishlab chiqarish problemasi XVIII asrning boshlaridagina

uzil-kesil hal etildi.

XVI—XVII asrlar davrida suv kuchidan foydalanish proble-

masi ancha muvaffaqiyatli hal etildi. Yuqoridan suv tushirib

aylantiriladigan suv g‘ildiragini yanada takomillashtirish

yordamida shalola va tog‘dagi daryolardan kon sanoati .ehtiyoj-

lari uchun keng foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Bu jihatdan

о‘sha davrda Angliyadan tashqari ayniqsa Shvetsiyada katta mu-

vaffaqiyatlar qо‘lga kiritildi. XVII asrning ikkinchi yarmida

Fransiyada va Angliyada bug‘ nasoslari qurish yо‘lida muvaf-

faqiyatli urinishlar bо‘ldi (1690 yilda Deni Papin kashf qil-

gan atmosfera bug‘ mashinasi tezda 1698 yilda Angliyada Nyu-

komen va Kauli tomonidan takomillashtirildi). Bu nasoslarda

porshenning harakati havoning atmosfera bosimi yordamida

amalga oshirildi; porshenniNg orqaga harakati esa havo bo-

simidai oshib ketgan bug‘ bosimining yordamida amalga oshiri-

lardi. Fizika qonunlarini bilishga asoslangan bu kashfiyot

XVIII asrdabug‘ mashinasini ixtiro qilishning bevosita о‘tmish-

doshi bо‘ldi. XVI—XVII asrlarda yangi muvaffaqiyatlarga

erishildi:— metallni domnada ishlab chiqarish qadim zamon-

larda va о‘rta asrlarda deyarli XV asrning oxirlarigacha hukm

surib kelgan xom ashyoii purkash usuli deb ataladigan eski

usulni uzil-kesil bartaraf etdi. Harorati yuksak darajata

yetadigan ulkan domna pechlari juda kо‘p metallni suyuq holga

keltirar, natijada ishlanayotgan metallga har qanday shakl

berish mumkin bо‘lar edi.

Harbiy texnikaning о‘sishi va artilleriyaning rivojlanishi.

Harbiy texnikaning rivojlanishi metallurgiyaning taraqqiyo-

tiga katta ta’sir kо‘rsatdi. O’qotar qurollar (mushketlar, tо‘p-

lar va boshqalar)ning qо‘llanila boshlashi natijasida metall-

ga ehtiyoj juda ham ortib ketdi. Tо‘p yasashning о‘zi sanoatning

yangi tarmog‘ini yuzaga keltirdi. Boshda tо‘plar temirdan yasalar

va tosh о‘qlar bilan otilar edi (XIV asrning 60-yillarida

fransuz va italyanlarning tо‘plari). Keyinchalik qurolning

bu xilini misdan quyadigan bо‘ldilar (XIV asr oxiri), otganda

esa sochma о‘q bilan о‘qlab (temir pitra va chо‘yan о‘q bilan о‘q-

lab) otardilar. 1543 yilda Angliyada chо‘yandan quyilgan tо‘p-

larni ishlata boshladilar. Mushket hozirgi zamon miltig‘ining

о‘tmishdoshidir, mushketlar dastla pilta qо‘yib otilardi.

XVI asrda esa pilta miltiq о‘rnini chaqmoq toshli miltiq egal-

ladi. Artilleriya son jihatdan XVI—XVII asrlardayoq omma-

viy qurolga aylangan edi. 1618—1648 yillardagi Uttiz yillik

urushda hamda Angliyada XVII asrning о‘rtalaridagi graj-

danlar urushi davrida (1642—1649) tо‘plardan keng foydala-

nildi. 1652 yilda Angliyada respublika hukumati artillergdya

parkidagi tо‘plar sonini 1500 taga yetkazishni mо‘ljallab

qо‘ydi.

Dastlab XIV asr о‘rtalarida paydo bо‘lgan о‘qotar miltiq



har holda juda sekin rivojlanib bordi. Engels bunday deb

yozgan edi: «Uqotar qurollar juda sekin takomillashdi. Qis-

man anchagina takomillashtirilgan bо‘lishlariga qaramay, tо‘p-

lar og‘ir va besо‘naqay bо‘lib qolaverdi, miltiqlarning stvoli

qо‘pol edi. Miltiqlar butun piyodalarni qurollantirishga

yaroqli holga keltirilib takomillashtirilguncha uch yuz yildan

kо‘p vaqt о‘tdi. Shtik о‘rnatilgan chaqmoq toshli miltiq XVIII

asr boshidagina piyodalarning asosiy quroli bо‘lib kelgan nay-

zani siqib chiqardi»1.

Kemasozlikdagi va kemalar qatnovidagi muvaffaqiyatlar.

XVI va XVII asrlarda kemasozlik va dengizda kemalar qatno-

vi sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Kemalarning‘

tonnaji ortishi bilan birga (XVI asrda kemalarning о‘rtacha

tonnaji 500 tonnadan 1000 tonnagacha borardi), ularning ha-

rakat qilishi ham tezlashdi. Bunga murakkab yelkanlar siste-

masining rivojlanishi orqasida erishildi. Yangi kemalarga

juda kо‘p machta о‘rnatilar, machtalarning bir qismi bir-biriga

ulangan bо‘lar va juda kо‘p yelkanlar qurilardi. Yelkanlarni

kombinatsiyalashtirib, kemalar har qanday shamolda (hatto

rо‘paradan esgan shamolda ham) istagan tomonga suzishi mumkin

'bо‘lardi. Faqat hechqanday shamol bо‘lmagandagina (shtil vaq-

tidagina) kemalar turgan joyida ozmi-kо‘pmi tо‘xtab qolishga

majbur edi. XVI asr oxirida va XVII asr boshida kemalarning

palubalariga metall (mis yoki pо‘lat) taxtalar yotqiziladigan

bо‘ldi.

Kema bosib о‘tgan yо‘lni quyoshga qarab belgilab beruvchi XVI



asrda takomillashtirilgan kompas va astrolyabiyadan tashqa-

ri, dengizchilar XVI—XVII asrlarda teleskoplar, xronometr

va sekstantdan keng foydalandilar. Dengiz kartalari uzoq

dengiz safarlarida kema ekipajining zarur ashyosi bо‘lib

qoldi.

Ana shularning hammasi natijasida kemalar harakatining



tezligi ancha oshdi. XIV—XV asrlarda dengizdagi sayohat ku-

niga о‘rta hisobda 18—20 milya1 bilan о‘lchansa, XVI asrning

oxiri — XVII asrning boshlarida ob-havo qulay bо‘lgan kunda

kuniga 30—40 milya yо‘l bosildi.

Tо‘qimachilik sanoati. Tо‘qimachilik sanoati sohasida XVI—

XVII asrlarda ishlab chiqarish protsessining detallashgan ope-

ratsiyalarga yanada kо‘proq bо‘linishi g‘oyat katta ahamiyatga ega-

dir. Angliya movut sanoati mehnatni keng kо‘lamda texnika ji-

hatdan taqsimlashning ayniqsa - ajoyib manzarasini vujudga

keltirgan edi. Movut ishlab chiqarishda "12 ta alohida operatsiya:

ivitish, yuvish, junni tozalash va tarash, ipni kalavalash va

pishitish, tо‘qish, presslash, tukini qirqish, materiyadagi tugun-

larni yо‘qotish, bо‘yash va nihoyat ohor berish operatsiyalari bо‘-

lib, bu ishlar materiallarning bir ustaxonadan ikkinchisiga

о‘tkazish yо‘li bilan izchil tarzda amalga oshirilardi, shu tarz-

da bir kiyimlik movutni ishlab chiqarishda turli ixtisosdagi

о‘nlab ishchilar qatnashar edi.

Avtomatlarning kashf etilishi. XVI—XVII asrlarda Yevropa-

da soat ishlab chiqarish tobora kengayib bordi. XV asrning oxir-

larida prujinali chо‘ntak soatlari yaratildi. Soat ishlab chiqa-

rish markazlari turli mamlakatlarda: Fransiyada (Parij),

Niderlandiyada (Antverpen va Amsterdam), Shvetsariyada

(Jeneva va Gevshatel) bunyodga kelgan edi. XVII asrning о‘rta-

larida Gollandiyada mayatnikli devor yoki minora soatlari ixti-

ro qilinDi (XVI—XVII asrlarda tabiiyotning muvafafqiyatla-

ri haqidagi navbatdagi bо‘limga qarang). Soat о‘rta asrdan

yangi zamonga о‘tish davridagi dastlabki ma’lum avtomat edi.

Ayni vaqtda manufaktura davrida tegirmonlar tobora keng

tarqaldi. Asrning boshlari va о‘rtalarida tegirmonlar, asosan,

shamol va suv yordamida ishlardi. XVI—XVII asrlarda sa-

noatda ham tegirmonlar — movut maydalab beradigan, qog‘oz

tayyorlaydigan va shu singari tegirmonlar keng tar-

qaldi.

Marks ana shu ilk avtomatlarning vujudga kelishiga juda



katta ahamiyat bergan edi. Bu avtomatlar keyinchalik sanoatda

ish mexanizmlarining ixtiro qilinishiga bevosita ta’sir kо‘r-

satdi. K. Marks F. Engelsga yozgan xatlaridan birida bunday

degan edi: «Texnologiya tarixiga oid о‘z yozuvlarimni qayta о‘qib

chiqib, shunday xulosaga keldimki, burjuaziya taraqqiyotining

zarur shart-sharoitlari bо‘lgan porox, kompas va kitob bosish-

ning ixtiro qilinganligini bir yoqqa qо‘yib tursak, XVI asr-

dan to XVIII asrning о‘rtalarigacha bо‘lgan davrda, ya’ni hu-

narmandchilikdan to yirik sanoat darajasigacha rivojlanib

boruvchi manufaktura davrida ikkita moddiy asos bо‘lib, shu

negizda manufaktura ichida mashina industriyasiga о‘tish uchun

tayyorgarlik ishi rо‘y beradi, bu negiz — soat ____________va tegirmondir...

Soat — amaliy maqsadda foydalanilgan dastlabki avtomat-

dir. Soat asosida bir tekis harakatdagi ishlab chiqarishning.

butun nazariyasi rivojlandi... Yana shu narsaga ham sira shub-

ha yо‘qki, XVIII asrda soat birinchi marta avtomatlarni (xud-

di shu prujinali avtomatlarni) ishlab chiqarishga tatbiq etish

fikriga olib keldi... Ikkinchi tomondan, suv tegirmoni barpo

etilgan paytdan boshlaboq tegirmonda mashina organizmining

hamma muhim elementlari: mexanik harakatlantiruvchi kuch;

shu kuch yordamida ishlaydigan dastlabki dvigatel; о‘tkazuvchi

mexanizm; va nihoyat materialni. qamrab oluvchi ish mashinasi;

bu elementlarning hammasi. bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan holda

mavjuddir».

Yangi tabiiyotshunoslik. G‘arbiy Yevropada xо‘jalikning kapi-

talistik formasi paydo, bо‘lishi va murakkabroq texnikaning

taraqqiy qilishi bilan tabiiyotga qiziqish kuchaydi. Uyg‘onish

davrida faqat gumanitar fanlar va tasviriy san’atgina ri-

vojlanib qolmay, balki aniq matematik va tabiiy fanlar ham

g‘oyat zо‘r muvaffaqiyat bilan rivojlana boshlagan edi. Engels

bu davrdagi tabiiyotning revolyusion rolini quyidagicha xarak-

terlagan edi: «Hozirgi zamon tabiiyot ilmi, greklarning genial

gumonlariga, arablarning ahyon-ahyonda, tasodifiy ravishda

qilgan tekshirishlariga qarama-qarshi о‘laroq, chinakam fan

deb atash mumkin bо‘lgan, birdan-bir hozirgi zamon tabiiyoti,

byurgerlar feodalizm qudratini sindirib tashlagan, shaharli-

lar bilan feodal dvoryanlar о‘rtasidagi kurashning orqa plani-

da isyonchi dehqonlar va ularning ketida hozirgi proletariat-

ning qо‘lida qizil bayroq ushlagan, dilida kommunizmni jo

qilgan revolyusion о‘tmishdoshlari kо‘rinib turgan vaqtdagi

' Shu narsa xarakterliki, hozirgi zamon ingliz tilida shsH sо‘zi ayni

vaqtda un tegirmonini va ip yigirish-tо‘qish fabrikasini bildirib, shu

tarzda sanoat ishlab chiqarishi taraqqiyotining tarixini yaqqol aks ettiradi.

Bu davr Yevropada yirik monarxiyalarni barpo qildi, papalarning diniy •diktaturasini

yemirdi, greklar qadimiyatini tikladi va shu bilan birga yangi

zamonda, eski dunyo chegaralarini sindirib-buzib tashla-

di, birinchi marta, aslini.aytganda, yerni kashf etgan yangi za-

monda san’atni g‘oyat yuksaltirdi.

Bu, yer yuzida to hozirgacha yuz bergan revolyusiyalarning eng

buyugi zdi. Ana shu revolyusiya muhitida rivojlanib borgan ta-

biiyotshunoslik tamomila revolyusion edi, о‘ ulug‘ italyanlar-

ning uyg‘onib kelayotgan yangi falsafasi bilan monand bо‘lib

mahkam bog‘langan, uning jafokash namoyandalari gulxanlarga

va zindonlarga tashlangan edi»1.

Leonardo da Vinchining olim, matematik va fizik sifatida

g‘oyatkatta ahamiyatga ega bо‘lganligini yuqorida aytib о‘tgan

edik2. XVI va XVII asrlarda olam tо‘g‘risida kishilarning tra-

ditsion tasavvurlarini tubdan о‘zgartirgan genial astronom-

larning butun bir pleyadasini yetishtirib berdi. Bu pleyadada

olamning tuzilishi tо‘g‘risida yangi ta’limot yaratgan, ya’ni

geliotsentrik sistemani (Yer va boshqa planetalarning Quyosh at-

rofida 'aylanishi haqidagi ta’limotni) yaratgan polyak olimi

N i k o l a y K o p ye r n i k 3 (1473—1543) g‘oyat. faxrli о‘rin tu-

tadi. «Din sohasida Lyuterning papa b.ullasini kuydirishi

qanday о‘rin tutgan bо‘lsa, tabiiyotshunoslikda Kopernik ijodi

ham shunday о‘rin tutgan edi»4. Qopernik ta’limotini Italiya-

da keng yoygan va unint ishini davom etirgan mashhur J o r d a-

no Bruno (1550—1600) bо‘ldi. Uzining filosofik qarash-

lari bilan cherkov dogmalariga qarshi chiqqan Bruno inkvizi-

siya changaliga tushib, Rimda о‘tda kuydirilgan va undan oldin

kо‘p vaqtlar turmada qamoqda yotgan edi. German astronomi

I o g a n n Kepler (1571 —1630) va italyan olimi G a l i-

l ye o G a l i l ye y (1564—1642) yangi astronomiya nazariyasining

tо‘g‘ri ekanligini uzil-kesil isbot etgan edilar. Fransuz oli-

mi—filosof Renye Dekart (1596—1650) matematika sohasi-

da g‘oyat katta kashfiyotlar qilgan edi, u algebra tenglamalari

bilan geometriya о‘rtasida bog‘lanish borligini belgilagan

va yangi fan — analitik geometriyani kashf etgan edi.

Galileyning shogirdi Torrichelli (1608—1647) fizika

sohasida suyuqliklar mexanikasi yuzasidan katta kashfiyotlar

qildi. Gaz massasining hajmi va tashqi bosim tо‘g‘risidagi

mashhur qonunni ayni bir vaqtda ikki mamlakat olimi: Ang-

liyada B o y l va Fransiyada M a r i o t t 1660 va 1680 yillar

о‘rtasida kashf qilgan edilar.

Gollandiya olimi X r i s t i a n Gyuygens (1629—1695)

kashf qilgan mayatnik harakati haqidagi ta’lymot mexanik fizikada juda muhim ixtiro bо‘ldi. Uning «Chayqaluvchi soat yoki

mayatnik harakati tо‘g‘risida» degan asari Parijda 1673 yilda

nashr etildi. Ammo bundan ilgari 1653 yildayoq Gyuygens mayat-

yaikli soat konstruksiya qilgan va ru soat tezda keng tarqalib

ketgan edi. Qon aylanishining ixtiro qilinishi meditsina so-

hasidagi yirik kashfiyot bо‘ldi. 1553 yilda Jenevada Kalvin

tomonidan о‘tda kuydirilgan ispan vrachi M i g ye l S ye r v ye t

(1511—1553) bu kashfiyotga ancha yaqinlashib qolgan edi, Qon ay-

lanishi qonunini «Hayvonlarda yurak va qon harakati haqida

anatomik tadqiqot» degan ilmiy asarning avtori ingliz vrachi

va anatomi V i l ya m G a r v ye y (1578—1657) 1628 yilda uzil-

kesil ixtiro qildi.

Yangi falsafa. Tabiiyotning rivojlanib borishi bilan birga

yangi falsafa ham vujudga kela boshladi. Yangi burjua falsafa-

si tajribaviy tabiiyot fanlarining xulosalariga tayanardi. Bu

falsafa olamni din yordami bilan emas, balki uning о‘zidan ke-

lib chiqqan tajribalarga asoslanib tushuntirishga urindi. Yangi

burjua falsafasi tajribani haqiqatning birdan-bir krite-

riyasi deb e’lon qildi. Bir zamonlar, antik dunyoda ajoyib ri-

voj topib, о‘rta asrlarda rad qilingan falsafiy materializm

endi yana tiklana boshlagan, lekin tiklanganda ham, boshqa

«yegizda, yanada kengroq va yanada mustahkamroq bо‘lgan aniq ta-

biiy ilmiy bilimlar asosida tiklna boshlagan edi. XVI asr

oxiri va XVII asr boshlarida yashagan ingliz olimi F r ye n s i s

B e k o n n i n g (1561—1626) hamda XVII asrda о‘tgan atoqli

faylasuf — yuqorida nomi tilga olib о‘tilgan fransuz fay-

lasufi va matematigi R ye n ye D ye k a r t va golland faylasufi

B ye n ye d i k t (Barux) S p i n o z a ni ng (1632—1677) asarlari

yangi materialistik sistemaning rivojlanishida g‘oyat katta

ahamiyatga ega edi. Bundan ilgarigi tegishli boblardan ularning

yangi, materialistik va ratsionalistik tafakkur vakillari si-

fatidagi ahamiyati, ularningо‘z falsafiy qarashlarida о‘z za-

monalaridagi tabiiyot fani ma’lumotlariga tayanishga inti-

lishlari, ularning tadqiqotning aniq fanlarga yoki aql-idrok-

'ning puxta mulohazalariga tayanuvchi yangi ilmiy metodini

topish yо‘lidagi urinishlari ta’kidlab kо‘rsatidgan edi. Har

uchala buyuk faylasuf uchun yagona naturfalsafiy konsepsiya

yaratish iо‘lydagi urinish xarakterlidir. Bu konsepsiyada

dunyoning evolyusiyasi uning realligi va bilish mumkinligiga

asoslangan holda tabiiy va qonuniy-tarzda tushuntirilar edi.

Yangi ilm-fanning cherkov-sxolastik dunyoqarashi bilan kura-

shi. Yangi fan va yangi falsafa yoshini yashab bо‘lgan sxolastika

bilan shiddatli kurashda rivojlandi.


Nazorat savollari:


  1. O’qotar qurollarga otilishi qaysi mahsulotga bo’lgan talabni oshirib yubordi?

  2. Sanoat revolyutsiyasi dastlab qaysi davlatda va qaysi sohada yuz berdi?

  3. Tehnika yuksalishi to’qimachilik sohasiga qanday ta’sir ko’rsatdi?

  4. Kimning asarlari yangi materialistic sistema rivojiga katta hisssa bo’ldi?

Foydalanilgan adabiiyotlr ro’yxati:

1) O’rta asrlar tarixi V.F. Semenov T.,1973.

2) O’rta asrlar tarixi.T.Salimov. T.,2014



3) Vasiliyev V.S. Istoriya Vostoka. M.,

4) Ziyonet.uz
Download 453.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling