Reja: XII-XV asrlarda Bolgariya
Download 453.67 Kb.
|
1.O'rta asrlar tarixi ma'ruza matni-2019
Tarixshunoslik fanida ba`zi antik davr merosi bir tomonlama bo`rttirib ko`rsatiladi. Ularda «gumanizm» faqat yunon va Rim madaniyatining madaniy va ma`rifiy ta`sirigina qilib ko`rsatiladi. Lekin gumanizmni bunday talqin qilishda uning ma`na-viy tomonigina qo`rsatilib, amaliy, kurashchan tomonlari in-kor qilinadi. Bu tomonlarni hech mahal nazardan qochirmaslik kerak, garchi ular har xil sharoitlarda namoyon bo`lgan bo`lsa ham. Bu narsa Italiya gumanizmiga ham taalluklidir. Bu gumanizm ham o`zining tarixiy cheklanganligiga qaramasdan, aniq ijtimoiy harakatning ifodasi bo`lib, olga tashlangan sal-moqli qadam edi. XVI—XVI asrlarda Uyg`onish davrining gumanistik g`oyalari faqat Italiya bilan chegaralanib qolmasdan, Angliya, Niderlandiya, Germaniya, Shveytsariya, Ispaniya, Polsha, Vengriya kabi mamlakatlarga ham yoyiladi. Italiya va Shimoliy YEvropadagi Uyg`onish davri tafakkuri qator umumiy ko`rinishi va jihatlarga ega bo`lishi bilan birga o`zining betakror xususiyatlariga ham egadir. Uyg`onish davri madaniyatining xronologik chegarasi, uning yoyilish doirasi, milliy xususiyati xaqidagi masala ancha murakkab masalalardandir. Renessans madaniyatining tarqalish darajasi turli mamlakatlarda turlichadir. Uning paydo bo`lishi va yorqin ifodasi Italiya b-n bog`liq. Italiya 13—14-asrlardayoq Yevropada iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan mamlakat edi. Italiya madaniyati rivojlanishiga uning antik madaniyatining yirik markazi bo`lganligi, bu yerda qadimgi yodgorliklar boshqa mamlakatlarga qaraganda ko`p saqlanganligi ham ta`sir ko`rsatgan. San`atshunoslar Italiya Uyg`onish davri arafasi — 13—14-asrlarni (k. Protorenessans) hisobga olmay, Italiya Uyg`onish davrini quyidagicha davrlashtiradilar: Ilk uyg`onish (tasviriy san`at va arxitekturada — 15- asr, adabiyotda hatto — 14-asr), Yuksak uyg`onish (15-asr oxiri—16- asrning 1-choragi), So`nggi uyg`onish (16- asr}. Hozirgi tadqiqotchilar bunday davrlashtirishni ba`zi hollarda boshqa mamlakatlarga nisbatan ham qo`llaydilar, lekin bunda uyg`onish madaniyati ayrim bosqichlarining xronologik chegarasi Italiyanikidan farq qiladi. Uyg`onish madaniyatining Frantsiya, Niderlandiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya va b. Yevropa mamlakatlarida tarqalishi, avvalambor, shu mamlakatlardagi milliy taraqqiyot b-n bog`lik bo`lsa, ayni vaqtda Italiya gumanistik madaniyati yutuqlari ham ta`sir ko`rsatdi. Italiya Yevropa gumanizmining chinakam «maktabi» bo`lib qoldi. Yevropadagi boshqa mamlakatlarning ilg`or intelligentsiyasi unga intilishar va undan o`rnak olishga harakat qilishardi. Yevropaning ko`p mamlakatlarida uyg`onish madaniyati ziddiyatli bo`lib, antik ta`sir Italiyaga nisbatan sust, milliy traditsiya va feodal madaniyati esa aksincha kuchli edi. So`nggi Uyg`onish davrida ko`pgina renessans ideallari va normalari Italiyaning o`zida ham, undan tashqarida ham o`zgarishga uchradi. Keskin sinfiy kurash, ayrim mamlakatlardagi feodal-katolik reaktsiyasining, boshqasida protestantizmning g`alabasi sharoitida renessans gumanizmida krizis boshlandi. Gumanistlarning inson erkin rivojlanishi uchun imkon beradigan yangi jamiyat haqidagi optimistik va hayoliy ishonchlari puchga chiqdi. Uyg`onish davri madaniyatida aristokratok tendentsiya kuchaydi. Bu manerizm va shunga o`xshash boshqa oqimlarning paydo bo`lishiga ta`sir ko`rsatdi. So`nggi uyg`onish gumanizmi yirik vakillari— V. Shekspir, M. Servantes, Mikelanjelo ijodida hayot o`z ziddiyatlari («tragik gumanizm») b-n aks ettirildi; yomonlikka qarshi kurashda fojiaviy motivlar paydo bo`la boshladi. Yangi sharoitda uyg`onish madaniyati o`rniga yangi oqimlar vujudga keldi (sh. Barokko, Klassitsizm). 3. Fan va madaniyati Bu davr tabiiy fanlarining eng muhim xususiyati san`at b-n uzviy bog`liqligidadir. O`rta asr diniy-mistik aqidalarini bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda ham fanda, ham san`atda namoyon bo`lar, ko`pincha bir shaxs ijodida uyg`unlashib ketardi. Mas, Leonardo da Vinchi buyuk rassomgina bo`lmay, mashhur matematik, mexanik va injener ham edi, A. Dyurer rassom, haykaltarosh,arxitektor, matematik edi. Tabiatshunoslikda, ayniqsa astronomiya, geografiya, anatomiya sohalarida yirik muvaffaqiyatlarga erishildi. Buyuk geografik kashfiyotlar (X. Kolumb, Vasko de Gama, F. Magellan va b. sayohati) amalda Yerning sharsimonligini isbotladi, quruqlikning katta qismini tasvirlashga imkon berdi. 16-asr o`rtalarida polyak astronomi N. Kopernik geliotsentrik sistemani kashf etilishi fanda revolyutsion to`ntarish bo`ldi; A. Vezaliy ilmiy anatomiyaga asos soldi; ispan olimi M. Servet organizmda konning doiraviy aylanishini ochishga yaqinlashdi. Mexanika, matematika, xususan algebrada bir qancha kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar faqat geografiya sohasida emas, geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya bo`yicha ham yangi ma`lumotlar berdi. Uyg`onish davrida fan va madaniyatning ayrim sohalari hali to`la bir-biridan ajralmagan va differentsiyalanmagan edi. Ko`p filosofik g`oyalar professional filosoflar tomonidan emas, balki rassomlar, shoirlar, olimlar tomonidan olg`a surilgan edi. Sxolastikada kuchayib borayotgan oppozitsiya filosofiyani «ilohiyotga xizmat qilishdan» ozod etdi O`rta asr dunyoqarashidan ajralib chiqish eng avval etika sohasida namoyon buldi. Etikadagi uyg`onish ayrim hollarda so`nggi stoitsizm g`oyalariga qaytish shaklida, ko`pincha epikurizmni tiklashda ko`rindi. Gumanistlarning yunon tili va yunon filosoflari (Platon, Aristotel va b.) asarlari b-n tanishishlari Uyg`onish davri antisxolastik filosofiyasi taraqqiyotida yangi bosqich ochdi. Ayniqsa bu davrda platonizm va neoplatonizm g`oyalarining ta`siri katta bo`lgan. Uyg`onish davri mutafakkirlari (Italiyada — L. Balla, Germaniyada — I. Reyxlin, U. fon Gutten; Niderlandiyada — Erazm Rotterdamskiy va b.) ilohiyot va cherkovga qarshi asarlar yaratdilar. Ba`zi gumanistlar katolik ruxoniylarni tanqid qilib, papaning dunyoviy xokimiyatiga qarshi chiqdilar. Uyg`onish davrida tarixga xam o`zgacha yondoshildi. Tarix cherkov-feodal tasavvurlaridan ozod qilina borib, iloxiyotchilarning davrlashtirish sistemalari rad etila boshlandi. Gumanistlar antik davr b-n o`rta asr o`rtalaridagi sifat tafovutiga e`tibor berdilar. Uyg`onish davri da tarixni qadimgi, o`rta asr va yangi tarixga bo`lish kelib chiqdi. Uyg`onish davrida gumanistlar dunyoqarashiga xos xususiyatlar ta`lim va tarbiyaviy ishlarga oid qarashlarda ham uz aksini topdi. Gumanistlar (Erazm Rotterdamskiy, F. Rable, M. Monten) o`rta asr sxolastik ta`lim sistemasini kattik tankid kilib, akliy va jismoniy kamol topgan kishini tarbiyalashni ilgari surdilar. Mustaqil fikrlashga, yuksak axloqiy sifatning shakllanishiga, estetikaga axamiyat berdilar. Ular maktabda faqat latin tilini emas, yunon tilini, antik badiiy adabiyoti va mifologiyasini xamda matematika, tarix, tabiatshunoslikni o`rganish zarur deb hisobladilar. Bolalarning jismoniy rivojlanishi haqida g`amho`rlik qildilar va ularga jismoniy jazo berishga qarshi chiqdilar. Nazorat savollari: Absolutizmning mohiyati nima? Yevropada Uyg’onish davriga nima ta’sir o’tkazdi.? Uyg’onish davri bosqichlarini ayting. So’nggi uyg’onish davri gumanizmi yirik vakillari Adabiyotlar: KarimovI.A.Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch. T.”Ma`naviyat”. 2008. Sulaymonova.F. Sharq va G`arb. T. O`zbekiston. 1997. Yo`ldoshevS.,vab.Qadimgiva o`rta asr G`arbiy va YEvropa falsafasi.T.S`Harq.2003. Konrad N.I. Zapad i Vostok, M., 1966. Komilov N. Tafakkur karvonlari.T.1999. Losev A.F. Filosofiya,mifologiya,kultura.M.1991. M.Xayrullayev. Uyg`onish davri va Sharq mutaffakkiri. T.O`zbekiston.1971. M.Xayrullayev. O`rta osiyoda ilk uyg`onish madaniyati. T.Fan. 1994. XIII asrda mo’g’ul davlati va uning istilolari. Reja:
Mo’g’ul kabilalarining xayoti va ijtimoiy tuzumi. Chingizxonning tatar-mo’g’ul kabilalarining birlashtirilishi va davlatni idora kilishi. Mo’g’ullarning Chingizxon vafotidan keyingi istilolarining Yevropa va Osiyodagi axamiyati. Tayanch tushunchalar: Mo’g’ul, kushxona, kure, noyonlar, bagaturlar, navkar, xarachu, urug ittifoki, xon, «xarbiy demokratiya», xiroj, «kuchmanchi feodalizm», zodagon, rezerv, Timuchin, votchina, mingboshi, Moraviya, vengr koroli, lennik, «imperiya», bek, sirkulyar, xristian, ulus, «Darband darasi», ekspluatasiya, poloves, aillar, kuren. XII asrda xozirgi Mongoliya, Manjuriya territoriyasida va Sharqiy Sibirning Janubiy kismida mo’g’ullarning kup sonli kabilalari istikomat kilar edilar. Mo’g’ullarning kupchilik kismi dashti-biyobonda yashab, chorvachilik, yilki, koramol va kuy-echki bokish bilan shugullanar edi. Mo’g’ullarning bir kismi urmonlarda yashab, muynali xayvonlar ovlar va balikchilik kilar edi. Dasht mo’g’ullari kuprok sonni tashkil kilib, ancha rivojlangan edi. Ular urmonlarda yashovchi mo’g’ullar ustidan xukmronlik kilib ulardan majburiy suratda muyna soligi olardilar. XII asrdagi mo’g’ullarning ijtimoiy tuzumida urugchilik tuzumining xususiyatlari xali juda kurinib turardi. Kuchmanchi mo’g’ullar urug-urug bulib yashardilar. Kuchmanchi mo’g’ullarning manzillari kuren (kushxona)dan, ya’ni urug boshligi – oksokol utovi tevaragida gurux-gurux bulib joylashgan bir necha unlab yoki xatto yuzlab utovlar yigindisidan iborat bulardi. Urugchilik kasosi mo’g’ullar xayotida juda katta axamiyatga ega edi. Ularning dinida avlod-ajdodlar ruxiga siginish katta urin tutardi. Xar bir urugning izzat-xurmat kiladigan uz xudolari – eng shuxrat kozongan urugdoshlari orasidan chikkan ajdodlari bulardi. Birok XII asrning ikkinchi yarmida – XIII asr boshlarida mo’g’ullarning ijtimoiy tuzumida urugchilik munosabatlari sezilarli darajada yemirila boshlaganligi kurinadi. Kuchmanchilarning urugchilik kureni urniga yakka-yakka xoldagi kuchmanchi xujalik – aillar tobora kupaydi; odatda ail uzining kuy-echki podasi va yilkisiga ega bulgan katta patriarxal oiladan iborat bular edi. Urugchilik yemirila borishi natijasida boylar, ya’ni n o y o n l a r va b a g a t u r l a r n i n g dongdor oilalari ajralib chikadi. Noyonlarda ma’lum mikdorda kul (xarachu)lari bulardi. Noyonlar tevaragida drujinachilari -–navkarlari bulardi. Noyonlar bilan bagaturlar urdaga (uruglar ittifoki) boshchilik kilardilar. Urdalar uz navbatida ancha yirik kabila ittifoklari uyushgan edilar. Bu yirik kabila ittifoklari tepasida x o n l a r turardilar. Xonlar va ularning tevaragida xarbiy – kabila zodagonlari buysundirilgan kabilalardan xiroj olardilar. Mo’g’ullarda davlatning varvarlik formasi ana shu tarika vujudga keldi. Bu davlat boshda «xarbiy demokratiya» xususiyatlariga ega bulib, bu uziga xos mo’g’ul feodalizmi («kuchmanchi feodalizm») yanada rivojlana borishi bilan xarbiy demokratiya asta-sekin buziladi va axamiyatini yukotadi. Ittifokchi kabilalarning zodagonlari vakti-vakti bilan aloxida syezdlarga, ya’ni kurultoylarga yigilardilar. Kurultoylarda xonlarni saylardilar, dushman kabilalar va xalklar bilan urush va yarash masalasini xal kilar edilar. Ba’zan gunoxkor deb topilgan ayrim noyonlar va xatto xonlarning uzlarini sud kilardilar. XIII asr boshlarida Amur daryosining yukori kismlari bilan Xitoyning shimoliy chegarasi urtasidagi territoriyada yashagan mo’g’ul kabilasining xonlaridan biri bulgan Timuchin (1155-1227) mo’g’ullarning turli kabilalarini va kup sonli tatarlarni birlashtirishga muvaffak buldi. 1206 yilda Onon daryosi vodiysida tuplagan kurultoyda Timuchin ulug xon deb e’lon kilindi va u Chingizxon deb atala boshladi. Mo’g’ullar katta xarbiy ittifokning vujudga keltirilishi eng yirik istilolarini keltirib chikardi. Buning uchun kupgina shart-sharoitlar mavjud edi. Timuchin kuchli mo’g’ul xarbiy- kabila zodagonlariga boshchilik kilardi, bu xarbiy kabila zodagonlari bungacha xarbiy uljani kumsagan uz drujinachilarnidan iborat tajribali xarbiy kuchga ega edilar. Mo’g’ul kabilalari oddiy jangchilarning katta rezervlariga ega edilar. Mo’g’ullarning kuchmanchi chorvadorlar xayotini kechirishi ularda a’lo darajadagi otlik askarlarni ustirishga sababchi buldi, dehqonchilik bilan shugullanuvchi xalklar bu otlik askarlar bilan kushnichilik yashab va u bilan kupincha urushlar kilish bilan bir vaktda, xarbiy-texnika kupgina narsalarni shu xitoyliklardan kabul kilib olgan edilar. Jumladan, mo’g’ullar aloxida devor teshadigan va ut sochadigan kurollar yordamida shaxarlar olish san’atini batamom egallagan edilar. Eng yakin yillar ichida Chingizxon Janubiy Sibirda yashagan kupgina xalklarni uziga buysundirdi. Ular orasida buryatlar, yokutlar, kirgizlar va boshka xalklar bor edi. 1211 yilda Chingizxon Shimoliy Xitoyni istilo kilishni boshlab, uni umrining sungi yillaridagina tamom kildi. Ammo Xitoyni uzil-kesil istilo kilishdan avval, Chingizxon Urta Osiyoda keng istilochilik ishlarini boshlab yubordi. 1218-1228 yillar davrida keng Xorazm davlatini istilo kildi, unga Xorazmdan tashkari Sharqiy Eron, Buxoro, Afgoniston davlatlari xam kirar edi. Chingizxon istilo kilgan mamlakatlarni va ulardagi shaxarlarni goyat shavkatsizlik bilan vayron kilib tashladi. Chingizxon karshilik kursatmokchi bulgan Buxoro, Samarkand, Urganch (Xorazm poytaxti) Marv va boshka shaxarlardagi axoli (moxir xunarmandlardan tashkari)ning kupchilik kismi kirib tashlandi. Moxir xunarmandlarni esa mo’g’ullar kullarga aylantirdilar. Yengilganlarning barcha molu mulki mo’g’ul urdalarining uljasi bulib koldi. Mo’g’ullar Urta Osiyodagi irrigasiya sistemasini yakson kildilar(jumladan, ular Marv yakinidagi mashxur Murgob tugonini buzib tashladilar). Chingizxonning eng yakin noyonlar boshchiligidagi mo’g’ul kushinlarining bir kismi Kaspiy dengizining janubiy soxili buylab Zakavkazyega utib kirib, sung Kavkaz (Darbant darajasi) orkali Donga, kipchok chuliga chikdi. Bu yerdan, Kalka daryosi buyida, mo’g’ullar 1223 yilda birinchi marta ruslar bilan tuknashdilar, ruslar kipchok(poloves)larning ittifokchisi sifatida ularga yordam bermokchi bulgan edilar. Rus knyazlari bilan kipchok knyazlarining bir-birlari bilan kelishmasdan xarakat kilishlari okibatida ittifokchilar maglubiyatga uchradilar. 1227 yilda Chingizxon Mo’g’ul davlatini uzining turtta ugli urtasida taksimladi. Ulug xon unvonini, asl Mugilistonni va Shimoliy Xitoyni Chingizxonning uchinchi ugli Ugaday oldi. Chigatoy nomli ikkinchi ugli Amudaryoning sharkidagi Urta Osiyo yerlarini oldi. Urta Osiyoning garbiy kismi, shu jumladan, Sharqiy Eron va shimoliy Xindiston Chingizxoning turtinchi ugli Tuluyga tegdi. Chingizxonning katta ugli Juji mamlakatlar taksimoti vaktida kazo kilgan edi. Jujining ugli Botuxonga Irtish daryosidan tortib Ural toglarigacha chuzilib ketgan Garbiy Sibir va sungra Shimoldan Kaspiy va Orol dengizlariga tutashgan territoriya, shu jumladan, Janubiy ural togi etaklari berildi. Chingizxonning vorislari uning istilolarini davom ettirdilar. 1235-1242 yillarda Botuxon Sharqiy Yevropada juda katta istilolar kildi. U Rusni, Volga bilan Don daryolari etaklaridagi Kama bolgarlarini, kipchoklar va boshka xalklarni uziga buysundirdi. Mo’g’ullar Vengriya, Chexiya (Moraviya) va Polshaga utib kirdilar. Ularning kushinlari kisman Serbiya va Bolgariya territoriyasi orkali utdilar. Urta Osiyoni istilo kilgan vaktdagi singari, tatar-mo’g’ullar Yevropada xam uzlarining keyin xamma joyni daxshatli vayronaga va xarobazorga aylantidilar. Yuz minglab kishilar xalok buldi, gullab-yashnab turgan shaxarlar vayronaga aylandi. Axoli urmonlarga kochib jon sakladi. Axolining kolgan kismini ogir xiroj solindi. Ruslarning kaxramonona karshilik kursatishi mo’g’ullarni xoldan toydirdi va Garbiy Yevropani vayronlikdan kutkarib koldi. Sharqiy Yevropadagi boshka xalklardan chexlar bilan polyaklar tatar-mo’g’ullarga karshi kurashda juda aktivlik kursatdilar. 1241 yil aprelda Sileziyaga bostirib kirgan mo’g’ullar Lignis shaxariga yakin joyda birlashgan polyak va nemis risar otryadlarini yanchib tashladi. Mo’g’ullar Moraviya terristoriyasiga kirdilar. Birok chex-moraviya risarlari Olomous shaxari yakinida (1241 y. iyun) Botuxon kushinlarining bir kismini yengdi. Ana shunday taxlika ostida kolgan paytda german imperatori Fridrix II Shtaufen juda passivlik kursatdi. Agar german imperatori mo’g’ullar xujumiga karshi kurashda Vengriya kiroligi yordam berguday bulsa, u (veng kiroli) Germaniya imperiyasiga xatto (lennik) vassal bulishga roziman deyishga karamay, Fridrix II Shtaufen vengrlarga xam, polyaklarga xam xech kanaka yordam kursatmadi. Imperator Yevropaga kurkuv solgan mo’g’ul xavf-xatariga karshi yordam kursatishning biron-bir amaliy tadbirlarini kurish urniga Yevropaliklarning xristian kirollariga va german knyazlariga birgina «sirkulyator yozish» bilangina cheklandi. 30 va 40 yillarda mo’g’ullar butun Zakavkazyeni – Gruziya, Rmeniya va Ozarbayjonni istilo kildilar. Urta Osiyoda mo’g’ullarning istilolari Chingizxonning boshka nevarasi – Tuluyning ugli Xulagu davom ettirdi. Xulagu 50-60 yillarda Eronni, Mesopatamiyani va Suriyani bosib oldi. 1258 yil boshlarida Xulagu Bogdodni oldi. Bu vaktga kelib Bogdodning siyosiy axamiyati kupdan tushib ketgan edi, ammo bu oxir eng katta savdo-sanoat va madaniyat markazi bulib kolaverdi. Bogdodda kupdan-kup muxtasham binolar bor edi. Arab va boshka shark adabiyotining kimmabaxo tuplamlari saklanadigan katta-katta kutubxonalar, shuningdek, badiiy xunarmandchilik asarlarining eng boy kolleksiyalari Bogdod shaxriga xakikiy shuxrat bagishlagan edi. Mo’g’ullarning XIII asrdagi istilolari Yevropa va Osiyo tarixida juda katta axamiyatga ega buldi. Bu istilolar Yevropa tarixida avvalo Rossiyaning axvoliga ta’sir kildi. Tatar-mo’g’ullar xujumi natijasida Rossiyaning tarakkiyoti tuxtalib koldi, ammo uning son-sanoksiz kurbonlari evaziga Garbiy Yevropa mamlakatlarining osoyishta rivojlanishi ta’minlandi. Birok mo’g’ullar istilosi natijasida Rus elining iktisodiy va madaniy xayotida yuz bergan tushkunlik okibatda yukotiladi, ruslar mo’g’ullar istibdodini agdardilar. Tatar-mo’g’ullarga karshi kurashda rus milliy xayotining mustaxkam markazi – Moskva vujudga keldi. Ammo kurash xalk ommasidan juda kup kurbonlar talab kildi. Mo’g’ullar xukmron kilgan davrda Rusning kadimgi madaniy markazlaridan - Vizantiyadan va janubiy slavyanlardan alokasi uzilib koldi. Xolbuki, Rus kup asrlar davomida Vizantiya va janubiy slavyanlar bilan aloka kilib kelar edi. shu bilan bir vaktda, mo’g’ullar xukmronlik kilgan davrda Rus Garbiy Yevropa mamlakatlari bilan xam normal iktisodiy va boshka xil munosabatlarni rivojlantira olmadi, urta asrlarning sungi asrlarida Garbiy Yevropa mamlakatlari uz ishlab chikaruvchi kuchlarini birmuncha tez rivojlantirmokda edi. Tatar-mo’g’ullar xujumi Vengriya va Polshaning rivojlanishiga xam yomon ta’sir kildi. Bu mamlakatlar mo’g’ullarning xujumidan Rusga karaganda bekiyos darajada kam zarar kurgan bulsalar-da, lekin ular xam zaiflashgan edi. Buning natijasida Vengriya bilan Polsha german feodalariga juda karam bulib koldi, german feodallari Vengriya bilan Polshaning milliy davlat bulib yashashiga jiddiy xavf soldilar. Mo’g’ullar istilosi Osiyo mamlakatlari boshiga xam xaddan tashkari ogir musibatlar soldi. Kadimgi iktisodiy va madaniy markazlar vayron kilindi, irrigasiya sistemasi-buzilib, yaroksiz xolda keltirildi, juda katta mo’g’ullar davlati vujudga keltirgan bulsa xam kadimiy savdo yullari xuvillab koldi. Chingizxon vorislari bir dinastiyaga mansub bulsa xam. Ular bir-birlariga karshi shiddatli urushlar olib bordi. Chingizxoning ugli Ugaday avlodlarini Xulagular batamom kirib bitirdi. Feodal munosabatlar tobora avj olishi munosabati bilan Urta Osiyoning uzida tamomila feodal tarkoklik vujudga keldi.
Mo’g’ul davlatining vujudga kelishi. Chingizxonning boskinchilik yurishlari. Ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarning asl moxiyati? Chingizxon davrida mo’g’ul imperiyasi? Mo’g’ullar davlati nechanchi asrlarda tashkil topdi? Foylanilgan adabiyotlar: O’rrta asrlar tarixi V.F. Semenov T.,-1973 .378-384 betlar. Istoriya Arabckogo xalifata. M.,Izd. Vostoch.Lit. 1989. Sredniye veka.M., Nauka. 11987. Vыp.50. XI—XV ASRLARDA HINDISTON Reja: 1 Dehli sultonligi tashkil topishi 2 A.Temurning Hindistonga yurushi 3 Janubiy Hindiston davlati 4 Yevropaliklar kirib kelishi Tayanch tushunchalar: mamluklar, xiljiylar, tug’luqlar, sayiddlar, Lodilar Dehli sultonligi. 1206 yilda G‘azna sultonlaridan mustaqil bо‘lib olgan Dehli sultonligi XIII va XIV asr davomida ancha katta davlat sifatida yashadi. Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshla- rida kengaydi, bu vaqtda uning sostaviga Shimoliy Hindiston- dan tashqari, Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi tog‘ligidagi kо‘pchilik davlatlar kirardi. Dekan 1306—1310 yil- larda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Nav- batdagi sultonlardan biri — Muhammad Tug‘laq (1325—1351) deyarli butun Hindistonni bо‘ysundirib, hatto Eron bilan Xi- toyni ham zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo sultonlikning ken- gayishi mustahkam xarakterga ega emas edi. XIV asr о‘rtalarida Dekan ajralib chiqdi, kо‘p о‘tmay Dehlidan shimoldagi kо‘pgina viloyatlar, shu jumladan, Bengaliya ajralib ketdi. Dehli sul- tonligi sostaviga kirgan kо‘pchilik viloyatlar XIV asrning ik- | kinchi yarmida mustaqil davlatga aylanib oldi. Sulton Dehli- ning о‘zida uncha mustahkam hokimiyatga ega emasdi, chunki u yerda ] feodallarning turli guruhlari о‘rtasida hokimiyat uchun uzluk- siz kurash borardi. Dehli sultonligi davrida feodal tuzumining о‘ziga xos xu- susiyatlari. XIII—XVI asrlarda Hindistonda feodal tuzumi о‘ziga xos tarzda rivojlandi. Bir tomondan, Hindistonda musul- mon yer egaligi sistemasi qaror topib, shu tufayli butun yerlar 1 Tojiklar XIV asrdayoq о‘zining alohida tiliga ega bо‘lgan xalq sifa- tida shakllangan edi. Bu til asosan sharqiy eron til gruppasiga oid bо‘- lib, unda anchagina turk elementlari mavjud. Asosan turk tilida gapla- shadigaa о‘zbek xalki uzil-kesil XV—XVI asrlarda shakllangan. davlat boshlig‘i—sultonning mulkideb qaralardi. Kelgindi mu- sulmon feodallari sultonning harbiy xizmatchisi bо‘lib, undan iqta — vaqtincha va umrbod foydalanish uchun yer olardilar. Ular aholidan (dehqonlardan) renta undirib olish huquqiga ega edi- lar. Ikkinchi tomondan, mamlakatda mahalliy feodallar — knyazlar (rojalar) saqlanib qolgan edi. Ular о‘z viloyatlarini amalda mustaqil ravishda boshqarib, sultonga muayyan miq- dorda boj tо‘lardilar. Urta va mayda hind feodallari — roja- putlar va boshqalar—qisman meros bо‘lib qolgan feodal mulkchi- ligi huquqi asosida, qisman harbiy xizmatni о‘tab turgan paytda vaqtincha beriladigan in’om tariqasida yerga egalik qilardi- lar. Vaqt о‘tishi bilan kelgindi iqtadorlar ham yernyng meros- xо‘r egalariga aylanib bordilar, ammo bu jarayon XIV asrning oxirigacha ham tugallanmadi. Yerlarning katta qismi har ikka- la din — mahalliy, hind dini (eski ibodatxona yer egaligi) hamda yangi, musulmon (vaqf yerlari) dinidagi ruhoniylarning qо‘lida edi. Bu davrda Hindistondagi feodal tuzumining yana bir xusu- siyati — jamoachi dehqon xо‘jaliklarining ilgarigidek ustun bо‘lib qolganligidir. Mahalliy hind va kelgindi turk-musul- mon feodallarining о‘zlari odatda xо‘jalik bilan shug‘ullan- mas, balki qaram dehqonlardan oziq-ovqat rentasi, qisman pul rentasini undirib olardilar. Barshchina ishlari mavjud bо‘l- gan joylarda asosan qullar va past tabaqa dehqonlar mehnati- dan foydalanilardi. XIII—XIV asrlarda Hindiston feodal tuzumining xarakter- Download 453.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling