Reja: XII-XV asrlarda Bolgariya
Download 453.67 Kb.
|
1.O'rta asrlar tarixi ma'ruza matni-2019
Imperator hokimiyatining о‘zi esa, kо‘p о‘tmay real ahamiyatini yо‘qotgan. Eig katta feodallar о‘rtasidagi о‘zaro nizolar natijasida din boshlig‘i ham bо‘lgan imperator qо‘lida diniy hokimiyatgina qolgan, xolos. Dunyoviy oliy hokimiyat esa eng kuchli feodal — syogun qо‘liga, oliy hokim qо‘liga о‘tgan. Eks-imperatorlarning boshqaruvi va ularning xokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosi. Fudzivara regentlari va kanslerlarining siyosati natijasida imperator xonadoniga qarashli yer-mulklar qisqarishi tufayli imperatorlar tomonidan ularning siyosiy ta’sirini yо‘qotilishiga olib keldi, bu esa manbalardan imperatorlarning “ilohiy kelib chiqishi” tо‘g‘risidagi eslatmalarning yо‘qolganida kо‘rinadi, 969 yilda esa “imperator”(tenno) atamasi “taxtdan voz kechgan imperator” atamasi bilan almashilgan. Imperator о‘zining kichik yoshli о‘g‘li foydasiga taxtdan voz kechdi va sochini qirdirib rohib sifatida ibodatxonaga ketdi. Mamlakat tarixida bu davr eks-imperatorlar boshqaruvi deb nomlanib, odatda 1068 yildan 1167 yillarni о‘z ichiga oladi. Eks-imperatorlarning lar gubernatorlarning yirik feodal yer egalariga aylanishi tufayli shakllangan. Taxtdan voz kechgan imperator imperator xonadonining boshlig‘i sifatida qolavergan, lekin haqiqiy xokimiyat kelib chiqishi Fudzivaralar xonadonidan bо‘lgan imperatorning onasini yoki xotinini qо‘lida bо‘lgan. Endilikda eks-imperatorlar samuraylarning, viloyatlardagi amaldorlarning va cherkovning qо‘llab-quvvatlashiga tayanib, imperator xonadoni yer-mulklarini qayta tiklab, kо‘paytira boshladi.XII asrga kelib, imperator xonadonining sobiq yer-mulklarining qо‘pchiligi qayta tiklanib, ular mamlakatdagi 60 ta viloyatlarning mingdan ortiq rayonlarida joylashgan edi. Imperator xonadoni yana yirik yer egasiga aylandi, bu ishda unga ayniqsa samuraylarning Tayra guruhi kо‘maklashdi. Yerga о‘z egligini mustahkamlab olgan о‘ziga tо‘q dexqon, asosiy soliq tо‘lovchi hisoblangan. Kо‘plab miqdorda turli xildagi о‘g‘itlarning ishlatilishi, ekin turlarining kо‘paytirilishi natijasida qulay ob-havo sharoitida, ayniqsa janubi-g‘arbda yiliga 2-3 marta hosil olingan. Qishloq boylarida bozorga olib chiqib sotiladigan ortiqcha mahsulotlar yuzaga keldi.Barshchina va kо‘p sonli soliqlar dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli bо‘lib qolaverdi. Majburiyatlarning bajarilmagani uchun faqat yerlardan haydab, uy-joylarini buzib yuboribgina qolmasdan, balki Angliyada Styuartlar davridagi singari quloqlarini kesishgan.Samuraylarning ayrim guruhlari о‘rtasida xokimiyatni egallash uchun ham kurash ketgan. Samuraylarning Minamoto guruhi 1185 yilda Simonosekidan sharqdagi Dannoura buxtasi yonidagi jangda Tayra guruhini tor-mor qildi. 1192 yilda о‘zlariga bosh qumondon(syogun) unvonini olishdi, ular sharqdagi Kamakura shahrini qarorgoh etib tanlashdi. Kamakurada qarorgohning barpo etishidan maqsadi, Minamoto imperator xonadoni xokimiyatini zaiflashtirish va о‘zining mustaqil xukumatini barpo etishdan iborat bо‘lgan.Shundan kelib chiqib yapon tarixshunosligida Kamakura syogunati(1192-1333) deb nomlanadi. 1199 yilda syogun Minamoto Yoritomo vafot etgach, uning kuyovi Xodzyo Tokimasa Minamotoning о‘g‘li - Yorinening sochini qirdirib ibodatxonaga roxiblikka jо‘natdi va regent sifatida(smikken) amalda xokimiyatni qо‘lga oldi. Xodzyo davridan boshlab muntazam ravishda ikkita amaldorni otryadlari bilan Kiotoga, Rokuxara rayoniga jо‘natiladigan bо‘ldi. U joyda imperatorning va uning yaqinlarini harakatlarini nazorat qilish uchun regentlarning rasmiy muassasasi joylashgan edi. Syogunlik dastavval, 1192 yilda, kelib chiqishi Kanto viloyati hukmdorlaridan shimoliy feodallardan biri bо‘lgan Minamotoо‘z raqiblari bо‘lgan boshqa feodallarni samuraylardan tuzilgan qо‘shin yordami bilan tor-mor keltirib, mamlakatning poytaxti Kiotoni bosib olganidan keyin vujudga keladi. Minamoto imperatorni о‘z saroyi bilan Kiotoda qoldirib, о‘zi esa Kamakuradagi qasrida yashaydi va u yerdan turib imperator nomidan davlatni idora qiladi. Shunday qilib, Yaponiyada ikki parallel sulola — imperator sulolasi va syogun sulolasi о‘rnatiladi. XIII asrda syogun vazifasi ham ancha vaqtgacha nominal bо‘lib qoladi. Minamoto vorislari juda yosh bо‘lganligidan, davlatni sikkenlar (hokimlar) degan boshqa feodal xonadonlaridan bо‘lgan regentlar idora qiladi. Download 453.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling