Reja: XII-XV asrlarda Bolgariya
O’rta asrlarda Amеrika va Afrika xalqlari
Download 453.67 Kb.
|
1.O'rta asrlar tarixi ma'ruza matni-2019
O’rta asrlarda Amеrika va Afrika xalqlariReja :1 Amerika aholisi va mashguloti2 inklar, mayyalar asteklar 3 afrika xalqlari hayoti Tayanch tushunchalar: Mayyalar, atstеklar, inklar, konkistadorlar, Kusko, Tеnochtitlan, Mali, Sudan. Amеrikaning tub aholisi va ularning mashg’ulotlari. Amеrikaning tub aholisi hindular dеb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir nеcha o’n ming yillar avval Osiyodan Bеring bo’g’ozi orqali Amеrikaga kеlib qolgan. Hindular o’rta asrlarda ham urug’chilik tuzumida yashar edilar. Ko’pdan-ko’p hindu xalqlari orasida mayya, atisеk va ink xalqlari xo’jalik hamda madaniy jihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko’pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanishgan. Biroq Shimoliy Amеrikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amеrika qirlari hamda tog’larida dеhqonchilik ham rivojlangan. Dеhqonlar toshboltalarda o’rmon kеsib, daraxtlarni yoqib, yеr ochishgan. Yerni yog’och so’qalar bilan ag’darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda Yevropaliklarga ma'lum bo’lmagan makkajo’xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni yеtishtirishgan. Qit'aning kattagina qismida hayvonlarni ishga o’rgatishni bilishgan. Amеrikada otlar yo’q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o’xshash tuyalarni qo’lga o’rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o’rdaklarni boqishgan. Hindular tеmir asbob-uskunalar, omoch, g’ildirak, o’tochar qurollar nimaligini bilishmagan. Ular mеhnat qurollarini yog’och, tosh va jеz (bronza)dan yasar edilar. Mayyalar. Markaziy Amеrikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Yerlar jamoalarga tеgishli edi. Jamoalar o’zlariga qarashli oilalarga o’rmondan tozalangan yerlarni foydalanish uchun bеrardi. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga kеldi. Har bir shaharga ,,Ulug’ inson" hukmdorlik qilardi. Hokimiyat nasldan-naslga mеros bo’lib o’tgan. Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, ,,past odamlar" -dеhqonlar va hunarmandlar esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yasalgan kulbalarda yashar edilar.
Kohinlar jamoa a'zolariga dala ishlarining muddatlarini bеlgilab bеrishardi. Dеhqonchilik ehtiyojlari uchun taqvim zarur edi. Mayya hindulari taqvimlari qadimgi xalqlarning eng aniq taqvimlaridan hisoblanadi. Matеmatika muvaffaqiyatlari ham shu bilan bog’liq. Mayyalar dunyoda birinchi bo’lib, „0" raqamini ishlata boshlashgan. Mayya shaharlaridan astronomik rasadxonalar topilgan. Kohinlar sayyoralarning quyosh atrofida aylanish vaqtlarini hisoblab chiqqanlar. Ular quyosh va Oy tutilishlarini oldindan bashorat qila olganlar. Mayya qabilalarining ijtimoiy hayotida tabiatdagi bo’layotgan o’zgarishlar katta ahamiyat kasb etgan. Arxitеktura-mе'morchilikda ham mayyalar ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan edilar. Ular yuksak poydеvorlarda va sun'iy tеpaliklarda zinali piramidalar shaklida qasrlar va ibodatxonalar qurishgan. Mayyalar binolarni dеrazasiz qurishgan. Xonalarga yorug’lik darvozalarning tirqishlaridan tushgan. Shaharlar orasida tarashlangan toshlardan yo’llar yotqizilgan. Attsеklar. XIII asrda Mеksikaga shimoldan attsеklar ko’chib kеlganlar. Ko’l o’rtasidagi orollarda (1325 yil) Tеnochtitlan shahrini bunyod qilganlar. Orollarni dambalar bilan birlashtirishgan. Shaharni kеsib o’tgan to’g’ri ko’chalar va kanallar yoqasida ibodatxonalar hamda qasrlar qurishgan. Vaqt o’tishi bilan attsеklar qo’shni qabilalarni o’zlariga bo’ysundirganlar, ularni og’ir xiroj to’lashga majbur etganlar. Attsеklar barcha zarur narsalarni o’zlariga qaram qishloqlardan olardilar. Urush vaqtlarida 150 mingga yaqin jangchidan iborat qo’shin tuzilardi. Attsеklar hunarmandchilikda katta yutuqlarga erishganlar. o’ymakor-zargarlar oltin, kumushdan bеzaklar yasashgan. Javohir toshlarni mohirona tarashlaganlar. Kamalakdеk tovlanuvchi tovus patlaridan gazlama va kashtalar to’qishgan. Poytaxtda oddiy attsеklar va zodagonlar uchun alohida-alohida maktablar bor edi. Oddiy maktablarda dеhqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ishlar o’rgatilardi. Zodagonlarning bolalariga tarix, din, yozuv, o’qish, hisob, astronomiya fanlari, nazm, notiqlik san'ati o’rgatilardi. Shoirlar qasidalar, dostonlar, tabiat haqida shе'rlar yozishardi. Har yili poytaxtda shoir-qo’shiqchilarning aytishuvlari o’tkazilib, g’oliblar mukofotlanardi. 1427-yilda atstеklar Tеskoko va Tlakopan shahar-davlatlari bilan ittifoq tuzib butun vodiy aholisini, kеyinchalik esa Markaziy Mеksikani o’zlariga bo’ysundirganlar. 1519 — 21 yillarda atstеklar ispanlar tomonidan zabt etilgan. Atstеklar Mеxiko vodiysiga kеlgan paytlarida ularda urug’-qabilachilik tuzumi hukmron edi. Atstеklarga 2 yo’lboshchi va 20 urug oqsoqolidan iborat kеngash rahbarlik qilgan. XV - asrga kеlib atstеklarning ilk davlati vujudga kеlgan. Savdo rivojlangan, hunarmandchilik ajralib chiqa boshlagan. Ispanlar kеlguniga qadar atstеklar tеmirni bilmaganlar, lеkin oltin, kumush, mis va jеzni quya bilganlar. Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari jo’xori, paxta, kakao, tamaki bo’lgan. Itdan boshqa uy hayvonlari bo’lmagan. Atstеklarning piktografik xati, yuksak san'ati, quyosh taqvimi bo’lgan. Inklar. Inklar davlati XII asrda tashkil topgan. Inklar qo’shni qabilalarni zabt etganlar. Davlat tеpasida chеklanmagan hukmdor - Oliy Inka turardi. Oliy Inkaning yaqin qarindoshi bo’lgan erkaklar o’zlarini ,,Quyosh o’g’illari" dеb atashardi. Bunga inklarning quyoshni bosh xudo dеb hisoblashlari sabab bo’lgan. ,,Quyosh o’g’illari" davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar. Bo’ysundirilgan davlatlar xalqlari ularga to’la itoat etib, inklar tilida gaplashishgan va inklarning qonunlari, rasm-rusumlari asosida yashashgan. Aholi jamoa bo’lib yashar, har bir jamoa dеhqon oilalaridan iborat edi. Hokimiyat ruxsatisiz jamoa a'zosi qishloqdan tashqariga chiqolmasdi. Ular yеtishtirgan hosilning bir bo’lagi kohinlarga, ikkinchi qismi - Oliy Inkaga, uchinchi qismi jamoa a'zolariga qolgan. Davlat omborlaridan jangchilar va amaldorlarga, qahatchilik yillarida esa zoriqqanlarga ham oziq-ovqat bеrilgan. Barcha fuqaro buyurilgan joylarda, dalada, qurilishda yoki qo’shinda xizmat qilishi kеrak edi. Jangchilar va jamoat ishlariga yuborilgan odamlarning oilalarini jamoa boqardi. Ulkan mamlakatning barcha qismlari o’rtasida pochta aloqasi mavjud edi. Yo’lning ma'lum bir qismida navbatchilik qiladigan, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan choparlar joylardan xabarlarni poytaxtga kеltirib turishardi. ,,Quyosh o’g’illari"ning bolalari maxsus maktablarda o’qishardi. Hali yozuv yo’q paytlarda bolalar inklar dini, boshqarish tartiblari, qonunlari va urf-odatlari haqidagi ma'lumotlarni yodlab o’rganishardi. Mе'morlar ibodatxonalar, qasrlar, qal’alar qurishardi. Inklarning asosiy qal'asi - Kusko baland qoyalikka qurilgan. Bu qal'a shaharlar bilan yеrosti yo’llari orqali birlashtirilgan bo’lgan. Inklar mе'morligi va san'ati dеganda, odatda, Pеru, Boliviya, Ekvador va Chilining shimolda yashagan qadimgi xalqlarning san'ati ko’zda tutiladi. Milodiy avvvalgi I ming yillikda bu yerlarda qudratli sug’orish tizimi mavjud bo’lgan, xom g’ishtdan binolar qurilib (dеvorlarining qalinligi 30 sm. dan 12 m gacha), ularning tashqarisi bo’rtma naqshlar bilan bеzalgan, ichkarisi suvalgan, ba'zan bo’yab bеzatilgan. Xarsang toshdan mudofaa inshootlari qurilgan, yirik toshlardan yo’nib ishlangan binolar ham bor (masalan Pеrudagi Saksauaman qal'asining dеvoridagi toshlardan biri 150 t dan ortiq). Kuskodagi asosiy Quyosh ibodatxonasi mashhur. U 3 qavat tosh dеvordan iborat bo’lib, dеvorlar o’z vaqtida balandligining yarmigacha oltin bilan qoplangan. Dеvorlarga bo’rttirib ishlangan haykallar (masalan, Tiauanakodagi «Quyosh darvozasi»), yirik tosh haykallar, sopol va mеtall idishlardagi turli afsonaviy shakllar, idishlarga ishlangan rasmlar (jang lavhalari, afsonaviy mavzular) xalq amaliy san'ati ancha rivoj topganini ko’rsatadi. Sopol idishlarga oq yoki sarg’ish fonda qora sir bilan bo’yab rasmlar ishlangan. Kеyingi davrlarga mansub rasmlarda hayvonlar, o’simlik va mеvalar aks ettirilgan. Oltin, kumush, mis, jеz, qo’rg’oshindan har xil idish, bеzak buyumlari tayyorlangan. Korikancha ibodatxonasida zargarlar tomonidan yaratilgan «Oltin bog’» bo’lganligi to’g’risida ma'lumot bor. «Oltin bog’»-da turli o’simlik, mеva, qush, hayvon va kishilarning shakllari oltin va kumushdan tayyorlangan (bularning hammasi kеyinchalik istilochilar tomonidan o’zlashtirilib, yo’qotib yuborilgan). Iqlimning quruqligi tufayli saqlanib qolgan mato parchalarida rang-barang murakkab tasvirlar mohirona to’qilgan, tikilgan. Afrika xalqlari hayoti. Afrikaning tropik o’rmonlarida pigmеylar, bushmеnlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shug’ullanishgan. Nayza, kamon va o’q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi. Qarindosh-urug’larning kichik-kichik guruhlari chaylalarda yoki shox-shabbalar ostidagi ayvonlarda istiqomat qilishardi. Janubiy Sahroyi Kabir ko’chmanchilari chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Suvga sеrob o’lkalar xalqlari esa dеhqonchilik bilan shug’ullanishgan. Ular yеrni tеmir uchli so’qa bilan ag’darishgan. So’qa mahalliy tuproqqa moslashtirilgan ish quroli edi. Tariq, sholi, paxta va shakarqamish yеtishtirish qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan edi. Afrikaliklar qadim zamonlardayoq sopol o’choqlarda tеmir eritishni bilishgan. Hunarmandlar mеhnat qurollari, qurol-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charm buyumlar yasar edilar. Nigеr va Sеnеgal daryolari orasidagi pasttеkislikda g’arbiy Sudan joylashgan edi. Nigеr daryosi sohillarida g’arbiy Sudanning asosiy shaharlari - Tombuktu, Gao, Janna qad ko’targandi. G’arbiy Sudanning janubida juda ko’p oltin konlari bo’lgan. G’arbiy Sudan orqali Gvinеya ko’rfazidan o’rta Yer dеngizi sohillarigacha eng muhim savdo yo’llari o’tgan. Dеhqonlar Sahroyi Kabir chеgarasida yashovchi ko’chmanchilar bilan savdo-sotiq qilishardi. Ko’chmanchilar mahalliy aholiga zarur bo’lgan tuz, tеri va chorva mollarini bug’doy hamda hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlar edilar. Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta daromad kеltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo’shinga ega bo’lgan. XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj to’lab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tеz orada mustaqillikka erishgan Ganani kеyinchalik Mali davlati o’ziga tobе etgan. Yevropaliklar kirib kеlmasdan ilgari ham (XV asrlargacha) Ganada qishloq xo’jaligi va madaniyat rivojlangan. Qit'aning ayrim joylari bilan savdo-sotiq qilingan. Ganaga dastlab portugallar kеlib, juda ko’p oltin (oltin ko’pligi uchun bu yеr Oltin Qirg’oq dеyila boshlangan) va qul olib kеtgan. O’rta asrlar Afrikasining yana bir rivojlangan davlatlaridan biri Mali hisoblanadi. Mazkur davlat o’rta asrlarda G’arbiy Sudanda Sеnеgal va Nigеr daryolari yuqori havzasida mavjud bo’lgan ilk bor al-Ya'qubiy (IXasr) tomonidan Mallal nomi bilan qayd etilgan. XIII-asrning 1 - choragigacha Gana davlatiga qaram bo’lgan. XIV-asrning 1-choragida (Mali davlatining eng ravnaq topgan davri) Mali hududi Atlantika okеanidan Adrar-Iforas platosigacha cho’zilgan. Bu davr uchun Mali davlatining batafsil bayonini arab tarixchilari ul-Umariy va Ibn Battuta asarlarida uchratish mumkin. Malida ilk mulkdorlik munosabatlari hukmron bo’lgan; qulchilik ham mavjud edi. Mali iqtisodida Shimoliy Afrika va Misr bilan karvon savdosi muhim o’rin egallagan; asosan, oltin va qullar chiqarilgan, chеtdan esa tuz va hunarmandlik buyumlari kеltirilgan. Kuchli qo’shini bo’lgan Mali hukmdori karvon yo’llari va oltin qazib oladigan qo’shni yurtlarni bosib olgan. Hukmdor va uning yaqinlari islom dinini qabul qilishgan. Shundan so’ng Mali shaharlariga Shimoliy Afrikadan kеlgan musulmon savdogarlari joylasha boshlagan. Mali aholisi jamoa bo’lib yashardi. Jamoa oqsoqollari yerlarni jamoaga bo’lib bеrar, ularning mеhnatini boshqarib, harbiy yurishlarda jangchilarga qo’mondonlik qilishardi. Mali hukmdori bosib olingan viloyatlarga qo’shin boshliqlari va qarindosh-urug’laridan noiblar tayinlardi, jangchilariga yerlar in'om qilar, jangchilar aholidan soliq undirardi. Shu tariqa Malida yеr egaligi tartiboti qaror topa borgan. Vaqt o’tishi bilan Mali kuchsizlana boshladi. Bunga viloyatlarning mustaqillikka intilishlari, taxt uchun kurashning avj olganligi sabab bo’ldi. o’zaro nifoqlardan foydalangan qo’shni davlatlar mamlakatni bosib olib, vayron qildi. XV asrda Mali butunlay inqirozga uchradi. Mana shu davrda Songai davlati mustahkamlandi. Mamlakat zodagonlari 500 dan 1000 gacha tobе aholisi bo’lgan qishloqlarga egalik qilishardi. Tobе aholi yеr-mulk egasiga obrok, davlatga esa soliq to’lashardi. Ozod jamoa a'zolari ham zodagonlarga qaram bo’lib qolishardi. XVI asr o’rtalarida Songai zaiflasha boshlagan. Hukmdorning oliy martabalarni egallagan qarindoshlari taxtni egallash uchun fitna uyush-tirar edilar. Shaharlardagi musulmon zodagonlar (qozilar, ruhoniylar, savdogarlar) hukmdor bilan dеyarli hisoblashmay qo’ygan edi. Ichki janjal va nizolar davlatni zaiflashtirgan. Afrikaning eng rivojlangan davlat birlashmasi Sudan hududlarida ham shakllangan edi. Sudan hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-asrdan Nubiya) da qadimgi misrliklarga yaqin bo’lgan som-xom va kushit qabilalari istiqomat qilganligi ma'lum. Er. av. 2-ming yillikda janubdan kеlgan nеgroid qabilalar ularga qo’shilib kеtgan. Er. av. XVI— XII-asrlarda Sudan Misrga tobе bo’lgan. Milodiy 6asrda xristianlik tarqala boshladi. VII asrga kеlib, Sudanda Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo bo’ldi. VII asr o’rtalaridan arablar kirib kеla boshladi. Natijada mamlakat shimoli va g’arbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. XIV asr oxiri — XIV asr boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sеnnar sultonliklari va b.) vujudga kеldi. Afrika xalqlari madaniyati. Afrika xalqlarida ko’pgina qadimiy afsona va ertaklar saqlanib qolgan. Ular qimmatli tarixiy manbalar bo’lib ham xizmat qiladi. Ayniqsa, g’arbiy Sudan xalqlari madaniyati rivojlandi. Islom qabul qilinganidan kеyin bu yerda arab mamlakatlari mе'morlari masjidlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari (kasalxona, hammom, istirohat bog’lari va boshqalar) qurganlar. Musulmon maktab, madrasalari ishga tushirilgan. Tombuktu madrasasida ilohiyot bilan birga tarix, fiqh (qonunchilik), matеmatika, astronomiya ham o’qitilgan. Afrikaliklar sarfatda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog’och va jеzdan yasalgan haykallar va niqoblar ifodaviyligi bilan kishilarni hayratga solgan. Bеnindagi shoh saroyi zallari va galеrеyalarida podsholaru a'yonlarning jеz lavhalarga ishlangan bo’rtma rasmlari topilgan. Bu lavhalarda ov, urush, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan. Sudanda milodiy 6-asrning 2-yarmida xristianlik tarqalishi bilan mе'moriy uslubi va dеvoriy rasmlari kopt san'atiga yaqin bo’lgan chеrkovlar qurilgan. Nazorat savollari: 1. Amеrika hududlaridagi eng qadimgi xalqlarning mashg’ulotlari nimalar edi? 2. Amеrikadagi o’rta asrlarda qurilgan shaharlarning o’ziga xosligi nimalarda ko’rinadi? 3. Qadimgi Afrika davlatlari tarixini o’rganuvchi qanday manbaalarni bilasiz? 4. Gana va Mali davlatlarini ma'muriy boshqarish qanday tashkil etilgan? 5. O’rta asrlar Afrika madaniyatining asosiy rivojlangan sohalarini ta'riflab bеring. Foydalanilgan adaiyotlar ro’yxati
O’rta asrlar tarixi. V.F Semyonov. T., 1973. O’rta asrlar tarixi. T.Salimov. T., 2014. Istoriya sredni vekov. Udalsov. M.,1973 www.ziyonet.uz. G‘ARBIY YEVROPADA KAPITAL ISHLAB CHIQARISHNING VUJUDGA KELISHI
3 Qishloq xо‘jaligida kapitalizmning rivojlanishi Tayanch tushunchalar: kapitalizm, sexlar, Karl Marks, proteksionizm XVI va XVII asrlar feodalizm formatsiyasidan kapitalistik formatsiyaga о‘tish davridir. Feodal ishlab chiqa- rish usuli hali hukmron bо‘lib turgan edi. Ammo bu usul buzi- lib-chirib, о‘zining eng muhim xususiyatlarini (masalan, biqiq natural xо‘jalik, shaxsiy krepostnoy huquq, sanoat ishlab chi- qarishida sexlar monopoliyasi) yо‘qotadi va о‘z о‘rnini yangi iqtisodiy formalarga (qishloqda arenda munosabatlari, sex- dantashqari sanoatning rivojlanishi va uning olib ootarlarga bо‘ysundirilishi, sexlarning о‘z ichidagi differensiatsiya) bо‘- shatib beradi. Bu formalar esa yangi, kapitalistik ishlab chi- qarish usulining-kurtaklaridan dalolat beradi. Ishlab chiqa- rish usulidagi о‘zgarishlarni XIII—XV asrlardayoq о‘rta asr jamiyatidagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning umumiy о‘sishi taqo- vo qilgan edi. Yuqorida, Yevropadagi turli mamlakatlarning konkret tarixi bayon qilinganda hamda о‘sha asrlarda о‘rta asr shaharining rivojlanishi haqidagi umumiy bobda hunarmand- chilik texnikasining muvaffaqiyatlari, ijtimoiy mehnat taq- simotining о‘sishi, qishloq xо‘jaligida hosildorlikning oshishi va deqhonchilikning bir о‘zi bilangina cheklanmagan ixtisoslash- tirishning boshlanganligi, tovar xо‘jaligining umumiy о‘sishi hamda butun Yevropada ichki va tashqi savdo aloqalarining ken- gayganligi haqida konkret material-keltirilgan edi. XVI asrda va shundan keyingi aorlarda ishlab chiqarish usu- lida asta-sekin, ammo vaqt о‘tishi bilan tobora jadallashib borgan о‘zgarishlar keskin iqtisodiy tо‘ntarishga olib keldiki, bu narsa birinchi navbatda G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy ji- hatdan eng kо‘p rivojlangan mamlakatlarda namoyon bо‘ldi. XVI—XVIII asrlarda G‘arbiy Yevropada rо‘y bergan ishlab chiqarishning kapitalistik usuliga о‘tishuchun bevosita shart-sha- roit yaratilgan davrni hamda bu bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan, hukmron sinflarning xalq ommasini oshkora talashi bilan bog‘liq bо‘lgan davrni K. Marks d a s t l a b k i k a p i t a l j a m g‘ a r i l i sh i davri deb atagan edi. Ayni vaqtda xuddi shu XVI—XVIII asrlar kapitalistik ma- nufakturaning rivojlanishi davri bо‘ldiki, uni kapitalistik sanoat ishlab chiqarishi tarixida, dastlabki bosqich va kapita- listik fabrika vujudga kelishinyng bevosita arafasi deb atash mumkin.
Dastlabki kapital jamg‘arilishi deb ataladigan jamg‘ari- lish. K. Marks dastlabki jamg‘arilish degan tushunchaga qanday konkret mazmun bag‘ishlagan edi? Marks kapitalistik ishlab chiqarishning iqtisodiy mohiyatini ochib berib, bunday deb yozgan edy: «Xuddi tirikchilik vositalari va ishlab chiqarish vosita- lari singari, pul va tovarlar ham о‘z-о‘zicha aslo kapital emas- dir. Ular kapitalga aylantirilishi kerak. Biroq ma’lum hol- lardagina ularning kapitalga aylanishi mumkin, bu hollar quyidagilardan iborat: ikki nav juda ham xilma-xil tovar egalari — bir tomondan, о‘zlashtirib olgan qiymat summasini yanada oshirish uchun ish kuchi sotib olishi lozim bо‘lgan pul egasi, ishlab chiqarish va tirikchilik vyusitalarining egasi; ik- kinchi tomondan, о‘zlarining ish kuchlarini sotadigan, demak, mehnatlarini sotadigan erkin ishchilar bir-birlari bilan uch- rashib, bir-birlari bilan aloqada bо‘lishlari kerak»1. Marks «ishchilar erkinligi» degan tushunchani ikki xil ma’- noda idrok etishini aytgan, edi. Kapitalistik sanoat ishchi- lari shaxsan erkin kishilardir. Ular huquq jihatidan qul va krepostnoy emaslar, ammo ular ayni vaqtda ishlab chiqarish vositalaridan zrkindirlar, ya’ni bu vositalardan mahrumdir- lar. Fabrikalar, zavodlar, ruda konlari ishchilarga tegishli emas. Buning natijasida «erkin» ishchi kapitalistik fabri- kantga yollanib, unga о‘zining ishchi kuchini sotishga majburdir. Shu tarzda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlaridan az- val mayda mustaqil ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish vosi- talaridan mahrum bо‘lish jarayoni rо‘y berishi kerak. Urta asr- larda yumushchilar ega bо‘lgan ishlab chiqarish vositalari ular- dan muayyan vaqtda tortib olindi va kapitalga aylantirildi. Mehnatkashlarning о‘zlari ishlab chiqarish vositalaridan mah- rum bо‘lib proletariatga, yellanma ishchilar sinfiga aylandi- lar. «Kapitalistik jamiyatning iqtisodiy strukturasi feodal jamiyatning iqtisodiy strukturasidan о‘sib chiqdi. Feodal ja- miyatning buzilishi kapitalistik jamiyatning elementlarini ozod qildi»?. Mehnatkashlarni ishlab chiqarish vositalaridan ajratish» ya’ni ularni proletarlashtirish jarayoni G‘arbiy Yevropadagi turli mamlakatlarda bir xil tezlikda va bir xil oqibatlar bilan rо‘y bermadi. Bu prosess Angliyada ayniqsa ommaviy tus oldi, bu yerda XV asrning oxirlarida va ayniqsa XVI asrdayoq dehqonlar ommasi kо‘p darajada eksproprisiya qilingan ham- da ingliz sanoatchilari mulk bilan har qanday aloqadan mah- rum etilgan proletariylarning butun bir armiyasini о‘z ixti- yoriga olgan edi. Marks ifodasi bilan aytganda, Angliyada deh- qonlarning yerdan mahrum qilinishi «klassik formada»1 amalga oshirildi. Mayda mustaqil ishlab chiqaruvchining ekspropriasiya qili- nishi dastlabki jamg‘arilishdan iborat butun prosessning aso- sini tashkil qiladi. Ammo bu narsa uning butun mazmunini ifodalab bera olmaydi. Dastlabki jamg‘arilish prosessining ikkinchi jihati pul mablag‘lari — kapitallarning ayrim shaxs- lar qо‘lida tо‘planishidan iboratdir; korchalon kapitalist juda katta pul mablag‘lariga ega bо‘lgan taqdirdagina zarur ishlab chiqarish vositalari — asbob-uskuna, xom ashyo va shu singarilar- ni olishga hamda mehnat bozorida haddan tashqari kо‘payib ketgan ishchi kuchini sotib olishga qodir bо‘ladi. Tarixda pul kapitallarini jamg‘arish usullari nihoyatda xilma-xil bо‘lgan. Bundan ilgarigi XIII—XV asrlardayoq G‘arbiy Yevropada savdo- garlar va sudxо‘rlar kapitali pul shaklida anchagina tо‘planib qolgan edi. Yaqin Sharqqa qilingan salib yurishlari hamda Sharq mamlakatlarining nihoyatda shafqatsiz taloi-toroj qi- linishi bu jihatdan juda muhim rol о‘ynadi. XVI—XVIII asr- larda kapital jamg‘arilishida Yevropada joriy qilingan soliq sistemasi hamda soliq tо‘plashning savdogarlar va sudxо‘rlar orasidan chiqqan ayrim kishilar tomonidan sotib olinishi g‘oyat katta ahamiyatga ega bо‘ldi; ayrim mamlakatlarning hukumatlari davlat qarzlari sistemasini joriy qilib, xususiy shaxslar yoki banklardan qarz olardi, kreditorlarg‘a juda katta prosentlar tо‘lardi, bu .-"Prosentlarning о‘rni oqibat natijada ommaviy soliq tо‘lovchilar zimmasiga tushardi. Proteksionizm sistema- si, ya’ni sanoatchilarga davlat qarzlari va g‘oyat imtiyozli kre- ditlarning berilishiga asoslanadigan mahalliy sanoatga ho- miylik sohibkorlarni yana shu mehnatkashlar — dehqonlar, hunarmandlar va shu singarilar hisobiga boyitar edi. Ammo pul kapitallarining jamg‘arilish tarixida mustam- lakalarning talanishi ayniqsa katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Ame- rikaning kashf qilinishi, Hindistonga va Indoneziyaga yevropa- liklarning kirib borishi, ularning Afrikadagi G‘arbiy va Sharqiy sohillarni bosib olishlari ana shu qit’alardagi mam- lakatlarning yevropaliklar tomonidan shafqatsiz talanishiga hamda Yevropaga oltin va kumushning juda kо‘plab oqib kelishi- ga, bu yerda esa uning kapitalga aylanishiga sabab bо‘ldi. Marks dastlabki jamg‘arilish deb ataladigan jamg‘arilishning har ikkala formasi — Yevropaiing о‘zida mehnatkashlarni ekspro- priasiya qilish yoki Yevropadan boshqa qit’alardagi aholini ta Ishlash formalarining zо‘ravonlikka va qon tо‘kishga asoslangan- ligini aytib, g‘azab va nafrat bilai qoralagan edi: «Ularning ekspropriasiya qilinish tarixi ineoniyat solnomasiga qonli qi- lich va alangali о‘t tili bilan yozilgan»1. «Bevosita ishlab chiqaruvchilarning ekspropriasiya qilinishi juda ham shafqat- siz vahshiylik .bilan va juda ham qabih, juda ham iflos juda ham pastkash va juda ham haddidan oshgan ehtiroslar ta- ziqi ostida amalga oshirildi2». «Yevropadan tashqarida bevosita bosqinchilik, mahalliy aholiniqul qilish, о‘ldirish yо‘li bilan qо‘lga kiritilgan xazinalar metropoliyaga oqib kelib turar va undan kapitalga aylanar edi». «...Yangi tug‘ilgan kapitalning boshidan to tovonigacha hamma teshiklaridan qon va zardob oqib turadi». Kapitalistik manufaktura. Kapitalistik ishlab chiqarish uchun sharoit tug‘ila borgan sari mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishi о‘z о‘rnini yirik sanoatga bо‘shatib bera boshladi. Kapitalistik ishlab chiqarishning dastlabki formasi manu- f a kt u r a edi. Manufaktura asosan qо‘l mehnatiga, hunarmand- chilik texnikasidan foydalanuvchi kasbkorlikka asoslansa ham undan farqli о‘laroq, manufaktura ancha yirik ishlab chiqarish bо‘lib undagi ishlab chiqarish prosessida mehnat taqsimoti juda ham mayda qismlarga bо‘linib ketgan edi. Bu esa mehnat unum- dorliginint keskin о‘sishiga olib keldi, manufakturagshng progressiv ahamiyati ham avvalo shundan iborat edi. Manufak- turaga kapitalist-sohibkor boshchilik qilardi, ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bо‘lgan ishchilar esa о‘sha kapitalist uchun ishlardilar. Bunday manufaktura konsentrasiya qilingan yoki markazlashtirilgan manufaktura deb atalardi; u о‘sha paytdayoq kо‘p belgilari bilan kapitalistik fabrikani eslatardi. Ammo manufaktura taraqqiy qilgan XVI—XVIII asrlarda markazlashtirilgan manufakturadan boshqa xil manufaktura- lar ham bо‘lgan. Miqdor jihatdan olganda manufakturaning markazlashtirilgan turi uning boshqa —k lashtirilmagan turiga qaraganda kamroq tarqalgan edi. Kо‘proq G‘arbiy Yevropada (keyinchalik Rossiyada ham) manufaktura qish-
loqdagi xonaki sanoat bilan qо‘shilib ketgan edi. Hunar- mand — kam yerli .yoki butunlay yersiz dehqon — manufakturaga
qaram bо‘ladi va «uyda ishlaydigan ishchiga» aylanadi. Manu- fakturachi uni xom ashyo bilan ta’minlab turadi va unga tо‘lana-
digan ish haqini о‘zi belgilaydi. Tarqoq manufakturada ham muayyan darajada mehnat taqsimoti bо‘lgan. U yoki bu buyumning
har bir qismini uyda ishlaydigan ishchilarning har qaysisi о‘z ixtisosi bо‘yicha qilib berar edilar. Biroq buyum yasashning eng
sо‘nggi jarayoni («pardozlash») shahardagi yoki shahar atrofi- dagi markazlashgan tipdagi manufakturalarda amalga oshiri-
lardi. «...Kapitalistik usulda uyda ishlash sanoatda kapita- lizm rivojining hamma bosqichlarida uchraydi,— deb yozgan edi
V. I. Lenin,— lekin u ayniqsa manufaktura uchun xarakterli- dir. Mayda dehqon kosibchiligi ham, mashinalashgan yirik in-
dustriya ham uyga ish bermasdan ishlarini osonlik bilan udda- lay oladilar. Ishlovchining yerga bog‘liqligining saqlanishi,.
katta korxonalar atrofida mayda korxonalarning kо‘p bо‘lishi kabi xususiyatlarga ega bо‘lgan kapitalizm rivojining manu-
faktura davri esa uyga ish berish bilan bog‘langan va busiz uni tasavvur qilish qiyin va mumkin emas»1.
Manufaktura davrining texnikasi. Shu tarzda manufaktura davrida ishlab chiqarish hali asosan qо‘l mehnati, hunarmand-
chilik xarakterini saqlab qolgan bо‘ladi. Biroq manufakturada mehiatning texnika jihatidan taqsimlanishi keng tus olgan
edi. Uning ilgarigi sex hunarmandchiligiga nisbatan eng asosiy texnika afzalliklaridan biri ham shundan iborat edi.
K. Marks «Kapital»da bunday deb ta’kidlagan edi: «Mehnat taqsimotiga asoslangan kooperasiya manufakturada о‘zining
klassik formasini vujudga keltiradi2. Manufakturada meh- nat taqsimoti mehnat unumdorligidan bir necha baravar ortiq
zdi. «Manufaktura mehnat taqsimoti hunarmandchilik faoliya- tini qismlarga ajratish, mehnat qurollarini ixtisoslash, qis-
miy ishchilarni vujudga keltirish, ularni gruppalash va bitta bir butun mexanizm qilib birlashtirish yо‘li bilan ijtimosy
ishlab chiqarish prosesslarini sifat jihatdan qismlarga ajra- tadi va son jihatdan proporsional qiladi, ya’ni muayyan ijti-
moiy mehnat tashkilotinibarpo qiladi va shu bilan birga meh- natning yangi, ijtimoiy unumdorlik kuchini rivojlantiradi»3.
Biroq manufaktura davrining texnikasi uni murakkablashtir- g‘an hamda mashina ishlab chiqarishiga yaqinlashtirgan bir qancha
ayrim texnika takomillashtirishlarini ham о‘z ichiga olardi. Ayrim juda oddiy mashinalar manufaktura davrida ham bо‘lib,.
fabrika davrining kelgusidagi rivojlangan mashina texnikasi uchun elementlarni tayyorlay boshlagan edi.
Tо‘qimachilik sanoatida, metallurgiya va kon ishidagi tako- millashtirishlar. Ipni pishitish va kalavalashni bitta pro-
sessga birlashtiruvchi yigirish dastgohining ixtiro qilinishi manufaktura davrining ilk davridayoq tо‘qimachilik sanoatidagi
juda muhim kashfiyot bо‘ldi. Uzi yigiruvchi bu dastgoh hali XV asrning 80-yillaridayoq ixtiro qilingan edi. Bu dastgoh Ang-
liya, Niderlandiya, Italiya va Germaniyada deyarli bir vaqtda paydo bо‘ldi hamda boshqa mamlakatlarga shu yerdan tarqala
boshladi. Charxpalak (suv g‘ildiragi)ning ixtiro qilinishi kon ishida
juda katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Alohida quvurlar va novlar orqali suv g‘ildirakka va uning parraklariga kelib tushar
hamda uni aylanishga majbur qilardi. Bunday sistema ancha chuqurlikdagi ma’danlarni ularning suvga qancha yaqin-uzoqli-
gidan qat’i nazar qazib chiqarish imkonini berardi. Yangi charxpalak XIV asrning oxiri — XV asrning boshlarida Italiya,
Janubiy Fransiya va Janubiy Germaniyada bir vaqtda paydo bо‘ldi.
Metallurgiyada domna pechining ixtiro qilinishi bilan me- biq qilinishi, uning meshlar bilan qо‘shilishi tufayli erituv pechida haroratni ancha oshirish va suyuq chо‘yan olishga erishildi. Domna ishlab chiqarishi asosan XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab avval Fransiya, Shimoliy Italiya va G‘arbiy Germaniya- da tarqala boshladi1. Qishloq xо‘jaligida kapitalizmning rivojlanishi. Mayda ishlab chiqaruvchi dehqonlarning halok bо‘lishi natijasida qish- loq xо‘jaligida ham yirik ishlab chiqarish vujudga keladi. Dehqonlarni ekspropriasiya qilgan Lendlordning2 о‘zi xо‘ja- likni kapitalistik asosda yulib borib, oobiq dehqonlarni bag,- raklar — yollanma ishchilar sifatida ekspluatasiya qilardi. Biroq katta yer egasi kо‘pincha о‘z yerini pomeshchikka katta yer rentasi tо‘lashga qurbi yetadigan va kapitalga ega bо‘lgan bi- rorta kattaroq ijarachi fermerga yjaraga berishni afzal kо‘rardi. Yellanma ishchini ekspluatasiya qilish ham bunday rei- taning manbai hisoblanadi. Yangi kapitalistik renta dehqon- lardan olinadigan feodal 1rentasydan farqi shuki, kapitalis- tik renta — qishloq xо‘jaligi ishchilarining mehnatini eksplu- atasiya qilishdan fermer oladigan qо‘shimcha qiymatning bir qismidir. Sanoatda manufakturachi qanday rol о‘ynasa, qish- loq xо‘jaligida fermer ham oqibat natijada shunday rol о‘y- naydi. «Yer egasi bilan yerni ishloyechi haqiqiy dehqon о‘rtasiga kapitalistik ijarador aralashuvi bilanoq qishloqda avvalgi ishlab chiqarish usulidan kelib chiqadigan hamma.munosabatlar buziladi. Ijarador о‘sha dehqonchilikdagi ishchilarning haqiqiy boshqaruvchisi va ularning ustama mehnatining haqiqiy eks- pluatatori bо‘lib oladi, ammo yer egasi faqat shu kapitalistik ijarador bilangina bevosita munosabatda, tо‘ppa-tо‘g‘ri va shartnoma orqaligina munosabatda bо‘lib qoladi» Angliyada va Niderlandiyada XVI—XVII asrlar- da uch dalali ekish bilan bir qatorda fermerlar tez-tez kо‘p dalali sistemadan hamda yangi ochilgan yerga о‘t ekishdan foy- dalanar edilar. Qatorlab ekuvchi seyalkalardan, ot qо‘shib ishla- tiladigan molotilka va veyalkalardan keng foydalanilardi. Ayni vaqtda katta drenaj ishlari о‘tkazildi, tuproq gо‘ng bilan- gina emas, balki mineral moddalar bilan ham oziqlantirildi, urug‘liklar navlarga puxta ajratildi va hokazo. Shu bilan bir vaqtda fermerlar qо‘shga qо‘shiladigan mol- larning hamda sog‘in sigirlarning yaxshilangan zotlarini kо‘- paytira boshladilar, shuningdek ommaviy qо‘ychilik bilan shu- g‘ullanib, bozorga juda kо‘p miqdorda jun, teri, gо‘sht, yog‘, pish- loq va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetkazib berdilar. Biroq mayda hunarmandchilardan ustun bо‘lsalar ham; ularni tamomila qisib chiqara olmagan markazlashgan manufaktura- lar singari fermer xо‘jaliklari ham shu davrda, odatda mayda dehqon xо‘jaliklari bilan yonma-yon yashardilar. Bu narsa ayniq- sa Yevropa qit’asidagi mamlakatlarga taalluqlidir. Qishloq xо‘jaligining asosiy tovar mahsuloti kо‘plab miqdorda ana shu tarqoq dehqon xо‘jaliklaridan yetkazib beriladi. Bu dehqon xо‘jaliklari esa bozor bilan bog‘langan bо‘lsalar ham, u yerda ortiqcha mahsulotlarini emas, balki feodal davlatiga soliq va yer egasi — feodalga pul rentasi tо‘lash uchun mahsulotning za- rur qismini sotishga majbur bо‘lardi. Nazorat savollari: Fodalizmdan Kapitalizmga o’tilishiga nima sabab bo’ldi? Proteksionizm nima? Metallurgiya rivojiga nima turtki bo’ldi Qachonga kelib burjuziya nufuzi asta sekin yuksala boshladi? Foydalanilgan adaiyotlar ro’yxati O’rta asrlar tarixi. V.F Semyonov. T., 1973. O’rta asrlar tarixi. T.Salimov. T., 2014. Istoriya sredni vekov. Udalsov. M.,1973 www.ziyonet.uz. Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakalarning bosib olinishi Reja: Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi. IX-XVII asrlarda Shark mamlakatlariga geografik sayyoxatlar. Jaxon ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida geografik kashfiyotlarning axamiyati va Buyuk geografik kashfiyotlarning okibatlari. Tayanch tushunchalar: P.Toskanelli, X.Kolumb, astrolyabiya, geografiya, F.Magellan, Vasko Da Gamma Insoniyat tarixida urugchilik tuzumini sungi boskiyachiga kadam kuyishi ibtidoiy insonlar xayotida muxim uzgarish davrini boshlab berdi. Tabiatdagi tayyor maxsulotlardan foydalanish endilikda insoniyat iktisodiy extiyojini koniktirmay kuydi. Ibtidoiy xayotning neolit - «yangi tosh» davriga kelib, ishlab chikarish xujaliklari yuzaga keldi. Dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga kelishi bilan sopol buyumlar yasash va ulardan foydalaniщ boshlandi. Ishlab chikarish xujaligining yuzaga kelishi tufayli kadimgi Misr, Old Osiyo, Kichik Osiyo , Markaziy Osiyo va Sharkda dehqonchilik bilan kun kurvchi utroklashgan kabilaviy uyushmalar tashkil topdi. Shimoliy ulkalarda Afrikaning saxrolarida va Avstraliya dashtlarida kuchmanchi badaviy kabilalri davom etdi. Dehqonchilik maksadida insonlar uzlari uchn kulay tabiiy sharoit izlab yangi yerlarni uzlashtirishi uchun voxalar va daryo kirgoklariga borib urnasha boshladilar. Lekin, yer yuzasini urganish uchun emas, yakin atroflardagi kulay ulkalarni uzlashtirish uchun urinish edi xolos. Uzok ulkalarga borish va uzlashtirish eramizdan avvalgi 2 mingi yilliklar oxirlarida Finikiyaliklar tomonidan boshlandi. Finikiyaliklar Afrikaning shimoliy kirgogiga Urta Yer dengizi orkali borib urnashganlar. Eramizdan oldingi VI-V asrlarda Sharqiy yunonlar Kora dengiz soxillarida uzlarini shaxarlarini barpo etishgan. Urta Yer dengiz soxillarida boshlangan dengizda yurishi Rim imperiyasi davrida yanada rivoj topa boshladi. Sayyoxatchilar va ular bilan boglangan savdogarlar orasida asta-sekin yer yuzasini tasvirlaydigan olimlar aralashadigan bulishdi. Eramizdan avvalgi III asrda yashagan yunon geografi Erotosfen yer yuzini tasvirini chizishga urinib kurdi. Misrdagi Iskandariya shaxrida Muston ilmiy muassasasi tashkil etilgan bulib, ptolomeylar xukmronligi davrida barcha turdagi fan olimlari tuplangan edi. U Yer shari aylanasini uzunligini kup darajada aniklik bilan ulchab chikib, fizikaviy va matematik geografiyani asosini yaratdi. «Geografiya» yunoncha – «Geo» –yer, «grafa» - yozaman yoki yerni tasviri ma’nosidagi atamani fanga kiritdi. Yangi ulkalarni izlash va uzlashtirish kadimgi yunonlar tomonidan xam davom etdi. Eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda Urta yer dengizining ayrim orollari va Italiyaning janubiy kismida mustamlakalar ochdilar. Dunyoxaritasinikiyofasinivaxarbirulkalarinikaysiiklimdajoylashganliginikursatgan. Olimlardan yana biri Maxmud Kashgariy edi. Maxmud Koshgariy tuzgan xaritani V.V. Bortold ancha anik va tulik ma’lumotli deb kursatgan. Biz Shark xalklari tarixida kuplab uchratamizki, XIII asrda Marko Polo tomonidan koldirilgan ma’lumotlar bayonini asli Venesiyalik bulgan sayyox Marko Polo 1271-1295 yillar davomida Sharqiy ulkalarga sayoxat kilib xatto Xitoyda yirik lavozimida ishlagan. Uning sayoxati Karokurum, Mo’g’uliston, Xindi-xitoy, Xitoy va Koreya kirgoklari buylab Indoneziya orkali Xindiston, Eron, Ikki daryo oraligi Urta Yer Dengizigacha bulgan ulkalarni sayr kilish va uzi bulgan joylarni ta’riflash bilan yakunlandi. XV asrning ikkinchi yarmida Garbiy rus ulkasidan Sharqiy Kavkaz orkali Eron va Xindistonga yul olgan Afanasiy Nikitin sayoxati Janubiy Xindistonda bulib, dengiz yuli orkali yana dengiz soxillarinisayoxat kilgan. Sayyox 1466 – 1472 yillar davomida kupgina ta’surotlar egasi xisoblangan. Ma’lumki XV asrning oxirgi yillarida Partugallar va Golandlar Afrikaning Garbiy kirgoklarini asta-sekin uzlashtira boshladilar. Afrika orkali Xindistonga borish uchun otlangan sayyox Bartolemeo Diash 1487-1488 yillarda Afrikaning Garbiy kirgoklari buylab Xind okeanigacha bulgan yulni aniklab bergan. Vasko da Gama (1469-1524) boshchiligida turtta kemadan iborat kichik bir flotiliya 1497 yil yozida Lissabondan chikib, 1498 yil baxorida Xindistonning garbiy kirgoklariga borib yetdi va Kalikutta shaxriga tushdi. 1499 yilning avgustida sayoxlar kemalarga oltin va xind zirovarlarini ortib kaytib keldilar. Ikki yil davom etgan mashakkatli dengiz sayoxati vaktida komandaning 168 a’zosidan fakat 55 kishi tirik koldi. Vasko da Gama kashfiyoti Portugaliyada goyat katta ta’sir koldirdi. Bu kashfiyot munosabati bilan Portugaliya kiroli Monoelga (1495 - 1521) «Baxtiyor» lakabi berildi va «Xindiston xokimi» degan unvon oldi. Portugaliyalar Xindistonga Afrikaning garbiy kirgoklari buylab siljib borayotgan bir paytda, kushni Ispaniyada xuddi usha Xindistonga borish yulining boshka bir varianti chikib koldi. Genuyalik Xristofor Kolumb (1451-1506) 1492 yilda Ispaniyaning Ferdinand va Izabella xukumatiga Xindistonga garb tomondan boradigan sayoxat loyixasini taklif kildi. Kolumb Yerning sharsimonligi haqidagi talimotiga asoslanib ish kurdi. 1492 yil 12 oktyabrda Kolumb Karib dengizida Markaziy Amerikaga yakin joydagi Bagama orollaridan birini topdi. Tezda u katta kushni orollar – Gaiti va Kuba orollarini kashf etdi. Shundan keyingi sayoxatlaridan birida Kolumb Janubiy Amerika (Orinoko daryosining kuyar joyi yakinidagi) kirgoklarni topdi. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini jaxon xalklari tarixida XV-XVI asrlar va undan keyingi davrlarda xam davometganini kuramiz. Yangi ulkalarning topilishi jugrofiy sayoxatlar tarixiga e’tibor bersak, insoniyat kadimdan yangi yerlarni uzlashtirish uchun xarakat kilishganlari ma’lum buladi. Yangi ulkalarni uzlashtirish bilan bir katorda Yer yuzasini turli iklimlarida yashagan yerli axolini yashash turmush, ularni rivojlanish boskichlarini turlicha darajada ekanligini kuramiz. Insoniyat asosan davlatchilik sivilizasiyasiga kadam kuyar ekan, yakin atrofdagi davlatlar bilan kizika boshlaganlar. Kupchilik xolatda xar bir ulkada ishlab chikarish xujaligini turlicha bulishi iktisodiy extiyoj ta’minotidagi tengsizlikka olib kelgan. Ayniksa davlatlar urtasidagi boglanishlar, savdo alokalari rivojlanishi, ularni uzaro boglanishiga asos bulgan. Shu sababdan insoniyat dunyoning sirini Yer sharidagi uzgarishlar, tabiat va iklim uzgarishlarini, tun va kun. Kuyosh xarakatini kuzatishga kizika boshlaganlar. Ularni kuruklikda va suvda yurishi. Bir joydan ikkinchi joyga borish muommolari orkasidan tabiat sirlarini ochishga urinish paydo buldi. Yer kurrasini urganish., ya’ni xaritalar tuzish, bu maksadda insonlarni uzga yurtlarga borishga bulgan xarakatlarini yuzaga kelishidan buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha bulgan ilmiy izlanishlar boskichini kurib chikib, shundan xulosaga kelgan edik: Birinchidan, kuldorlik davri tarixida yuz bergan kashfiyotlar davri. Bunga misol kilib, dastlabki Somiy kabilalarini Sharkka yurish Misrliklarni Old Osiyo , Finikiyaliklarni Urta Yer Dengiziga uyushtitrgan sayyoxatlari. Yangi mustamlaka yerlarining yuzaga kelishi, kadimgi davrida yirik mustamlaka ulkalari uchun kilingan xarakatlar yunonlar va rimliklarda uchragan. Dunyoni yoki Yer yuzasini kiyofasini tasvirlash, antik davri sayyoxatchilari, savdogarlar va davlatlar uchun zaruriyat tugilgan. Antik dunyo kashfiyotchilari katorida Ptolomey, Erotosfen "Geografiya" asarida yer tuzilishini tasavvur etishni dastlabki xaritasi yuzaga keldi. "Geografiya" fanining rivojlanishi keyingi davri urta asrlardagi X-XI asrlarga tugri keladi. Bu davrda ilmiy markazlar, Sharkka kuchish munosabati bilan Bogdod, Aleksandriya, Kudus,Damashk va Urta Osiyoda , Urganch va marvda olimlar tuplanadigan Markazlar vujudga keldi. Nazorat savollari:
Magellanning dunyo sayyoxatlarini sharxlab bering? Buyuk geografik kashfiyotlarning iktisodiy okibatlarini ochib bering? XVIII asr birinchi yarmida geografik kashfiyotlar haqida gapirib bering? Mavzu yuzasidan talabalarga Buyuk sayyoxatlar xaritasini kurgazmali kurol sifatida tayyorlab kelish topshirigi berish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Gerodot "Istoriya 2.Ya.M. Svev. Okeanlar osha sayyoxat. T.,1975. 3.Erotosfen "Geografiya". 4.Urta asrlar tarixi V.F. Semyonov. T.,1973. XVI-XVII asrlarda Italiya Reja: Italiyada iktisodiy tushkunlikning boshlanishi. Savonarolaning chikishi.Rimning talanishi. Keyingi uygonish .XVI asr italyan madaniyati. Neapolda Mazanyello kuzgoloni Tayanch iboralar: Iktisodiy tushkunlik, savdo va sanoat, siyesiy tarkoklik, Savonarola chikishi, «talon-taroj kuni», buyuk gumanistik madaniyat markazi, keyingi italyan Uygonish davri namoyandalari, italyan fani, Mazanyello kuzgoloni, Sisiliyadagi xarakat.
Buyuk geografik kashfiyotlar Italiyaning Shark bilan olib borayotgan savdosiga kattik zarba berdi. Tugri, Italiyaning savdo oboroti birdaniga kamayib ketmadi. Venesiya XVI asrdagina emas, xatto XVIII asrda xam juda boy savdogarlar respublikasi bulib kola berdi. Birok, uning jaxon savdosidagi salmogi ancha pasaydi. U endi fakat Yakin Shark mamlakatlari bilangina savdo – sotik ishlari olib boradigan bulib koldi. Rivojlanib borayotgan okean mustamlaka savdosidan Venesiya butunlay chetda koldi. Savdo va sanoat soxasidan sikib chikarilayotgan italyan burjuaziyasi bank – sudxurlik operasiyalariga tobora kuprok murojaat kila boshladi. Kapital kuyishning ikkinchi formasi – yer sotib olish buldi. Burjuaziya yer sotib olib, dvoryanlarga aylandi. Sanoat tushkunligi manufaktura ishchilariga xam ta’sir kildi. Kup ishchilar shaxarlardan yana kishlokka kuchib ketib, unda kupincha ijaraga olinganbir parcha yerda dehqonchilik kildilar, bogdorchilik, uzumchilik bilan shugullanadilar. Italiya burjuaziyasi katta yer egalariga aylangan bulsa xam, ishlab chikarishni revolyusionerlashtirish maksadini kuzlamadi. Dvoryanlar singari burjuaziya xam yerlarning teng sheriklik sharti bilan mayda dehqonlarga ijaraga berdi. Mamlakatda sanoat va savdo tushkunligi sharoitida feodal reaksiyasi tusiga kirib borayotgan feodal munosabatlar uzok vakt vaktlargacha mustaxkamlanib koldi. Italiya XVI asrda siyosiy jixatdan ilgarigidek tarkok mamlakat bulib kola berdi. Davlatlardan kattaroklari: shimolda – Venesiya, Genuya, Milan xamda Savoyya va Pyemont gersogliklari, urta Italiyada – (1531 yilda Taskaniya gersogligiga aylantirilgan) Florensiya va papa davlati; janubida – Sisiliyani xam uz ichiga olgan Neapol kirolligi bulgan. Bundan tashkari, unlab mayda «mustakil» yerlar bulgan. Respublika tuzumi deyarli xamma yerda monarxiya tuzumi bilan almashtirildi. Milanda kondotyer Sfors oilasi gersog unvonini oldi. Florensiyada medichilar avlodi. Toskaniya gersoglari unvoniga ega buldi. Papa oblastida papalar mutlak monarxga aylanib, ular uz chegaralarini kengaytirish uchun mumkin bulgan xamma vositalarni ishga soldilar. Aleksandr VI Borjia (1492 – 1503), Yuliy II (1503 – 1513) va Lev X Medichi (1513 – 1521) degan papalar uzlarining dabdabali xayotlari, xarbiy va diplomatiya soxasida yurgizgan murakkab siyosatlari, italyan dinastiyalari bilan shaxsiy va nasabiy alokalariga karaganda yepiskoplapdan kura kuprok dunyoviy xokim edilaryu Mayda bulaklarga ajralib ketgan tarkok Italiya muttasil fitnalar, yashirin diplomatik makrlar, uzaro mayda adovat, janjal va urushlar maydonidan iborat edi. Bularning xammasi boshka yirik chet mamlakatlarning Italiya ishlariga aralashuviga sabab bulardi. 1494 yildan ortikrok davom etdi va fakat 1559 yilda tuxtadi. Fransuzlardan tashkari XVI asrda gabsburglar dinastiyasining vakili bulgan imperator Karl V xukmronligi ostida kolgan ispan va german feodallari xam Italiyaga bosib kirdilar.. Fransuz, ispan va german kushinlari Italiyani taladilar va xonavayron kildilar. XVI asrning birinchi yarmida xali xam kudratli bulgan Turkiya imperiyasiga karshi kurashda Venesiya katta kuch sarflashga tugri keldi. Nokulay xalkaro vaziyat va chet davlatlarning tugridan-tugri intervensiyasi italiyani yanada kuchlirok iktisodiy va siyosiy tushkunlikka olib keldi.
Fransuz boskinchilari uzlarining talonchiligi va jabr-zulmlari bilan tezda italyan jamiyatining xamma sinflarini uzlariga karshi kuzgatdilar. Florensiyadan tashkari yana Neopolni xam bosib olgan fransuz kiroli Karl VIII ning dastlabki muvaffakiyatlari italyan davlatlarining unga karshi birlashuviga olib keldi. Fransuzlar shoshilinch ravishda Italiyadan chikib ketishga majbur buldilar. Fransuzlarning chikib ketishi bilan Savonarolaning mavkei xam bushashdi. U 1498 yilda papaning amri bilan kamokka olindi va sud kilinib, gulxanda kuydirildi. Kochib ketgan Medichilar 1512 yilda ispanlar yordami bilan kaytadan xokimiyat tepasiga chikib oldilar. XVI asr boshida Italiya urushkok kirol Fransisk I Valua boshchiligidagi fransuz feodallari bilan nomi tilga olingan imperator Karl V Gabsburg raxbarligida ispan-german feodallari urtasida shiddatli urush maydoniga aylandi. 1525 yilda Paviya shaxri yonida bu ikki dushman urtasida kattik jang buldi. Bu jangda Fransisk I batamom yengilib, Karl V uni asir oldi. Papa Kliment VII Gabsburglarning juda kuchayib ketishidan kurkib, imperatorga karsh Fransiya bilan Angliya ishtrokida Italiya davlatlarining koalisiyasini uyushtirishga xarakat kildi. Karl V buni bilib kolib, 1527 yilda uz kushinlarini Rimga yubordi. Papa asir olindi, Rim esa yanada shavkatsiz tarzda talandi. Un minglarcha Rim axolisi va shu jumladan, juda kup xotin-kizlar va bolalar uldirildi. Landsknextlar papa saroyi – Vatikanga kirib, uni xam taladilar va kup joylarni vayron kildilar. 1527 yil 6 maydagi «talon-toroj kuni» italyanlar xotirasida uzok vaktlargacha daxshat va benixoya katta milliy baxtsizlik kuni bulib koldi. Download 453.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling