Reja: XII-XV asrlarda Bolgariya


Download 453.67 Kb.
bet2/10
Sana19.05.2020
Hajmi453.67 Kb.
#107796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.O'rta asrlar tarixi ma'ruza matni-2019

vinskiy, (1225—1274) o‘rta asr zamonlarining eng yirik

sxolastlari hisoblanardilar. Foma Akvinskiy cherkov-xristian

dogmatik ta’limotini sistemalashtirishdan tashqari, o‘sha

zamonning eng muhim iqtisodiy masalalariga to‘xtaldi, feo-

dal doiralarning manfaatlari bilan shaharliklarning man-

faatlarini (protsent haqida «adolatli baho» va h. k. lar

to‘g‘risida fikr yuritish) kelishtirishga harakat qildi. Holbu-

ki, XIII asrning ikkinchi yarmida shaharliklarning salmog‘i

eidi ancha katta edi. Tabiiyot masalalariga eng katta e’tibor

bergan sxolastlardan biri — ingliz olimi monax R o d j ye r

B e k o n (1214—1292) bo‘lib, u tabiatni tajribaviy yo‘sinda

o‘rganish zarurligini birinchi marta ko‘tarib chiqqan edi. Xal-

qaro miqyosda mashhur bo‘lgan so‘nggi eng yirik olim-sxolast

D u n s S k o t t (1260—1309) bo‘lib, u Oksford va Parij uni-

versitetlarida dars berardi. Duns Skott e’tiqod bilan bilim

o‘rtasidagi, ya’ni din bilan fan o‘rtasidagi farq masalasini

boshqa sxolastlarga qaraganda keskinroq qilib qo‘ydi. U о‘zi-

ning ba’zi bir traktatlarida, materiya fikr qilish qobiliyati-

ga ega bо‘lsa ajab emas, degan fikr bildirdi. Duns matematika

•bilan tabiiyotni о‘rganishga katta e’tibor qildi.

XIV asrdan, xususan XV—XVI asrlardan e’tiboran sxolas-

tika orqaga ketadi. Tabiiyot bilan antik adabiyotni yanada о‘rga-

nish sxolastlardan tashqari bordi. Sxolastika teologiyaning

maddohlik-dogmatik masalalarida uzil-kesil ixtisoslashib,

ilmiy taraqqiyotning yanada olg‘a qadam qо‘yishiga monelik qil-

di va tug‘ilib kelayotgan yangi burjuaziya vakillari bо‘lmish gu-

manistlar bilan qattiq kurashdi.

Mistika. Urta asrlar zamonida sxolastikadan tashqari, yana

bir oqim, ya’ni sxolastlar bilan qizg‘in kurash olib borgan

oqim ham mavjud edi. Bu oqim — m i s t i k a edi. Masalan, Abe-

lyarning zamondoshi, ikkinchi salib yurishining sobiq tashkilot-

chisi B ye r n a r d K'l ye r v o s s k i y (1091—1153) Abelyar bilan

qattiq kurashdi. XIV—XV asrlarda nemis mistiklari I o g a n n

T a u l ye r (1300—1361) bilan Foma K ye m p i y s k i y (1379—

1471) eng kо‘p nom qozongan edilar. Tauler bilan Kempiyskiy

asarlari boshqa mamlakatlarga ham tarqalib, bir necha bor

nashr qilingan. Mistiklar Aristotel ta’limotini о‘rganish va

din asoslarini mantiq jihatdan isbot etish zarurligini rad

etdilar. Ular, diniy qoidalar faqat «mushohada qilish», ya’ni

biror-bir «majusiy fan» yordamisiz ibodat qilish va xudojо‘y-

lik yо‘li bilangina о‘zlashtiriladi, derdilar. Mistiklar ana

shu taxlitda maydonga chiqib ochiqdan-ochiq reaksion mavqeni

egalladilar. Ammo mistiklar sxolastlarga qaraganda oz sonni

tashkil qilganliklari sababli mistiklar teologiya va falsa-

fiy obrо‘-e’tibori bilan bog‘langan edilar, mistiklar orasida

ba’zan demokratik kayfiyatdagi mutafakkirlar paydo bо‘lib,

ular о‘z «mushohadalari»da va «mulohazalari»da feodal tar-

tibning о‘zining asl mohiyatiga tanqidiy nazar bilan qarab, bu

tartibning «abadiyligi» va «adolatliligi»ni rad qilardilar

hamda «yangi zamonlar» kelishini, «buyuk tо‘ntarish» yaqin qol-

ganligini, «yer yuzida tangri hukmronligi» qaror topajagini

oldindan karomat qilardilar. Masalan, XVI asrda bо‘lg‘usi

cherkov reformasiyasining eng kо‘zga kо‘ringan radikal rahbar-

lariga ta’sir kо‘rsatgan mistik italiyalik I o a x i m K a l a b-

r i y s k i y (yoki F l o r s k i y ) (1145—1202) bо‘lib, u tez orada

yer yuzida xususiy mulk bо‘lmagan, ekspluatasiya ham bо‘lmagan

mukammal «ming yillik hukmronlik» davri qaror topajagini

oldindan aytgan edi.

Xalq ijodi. Urta asrlardagi dehqonlar madaniyati asosan

folklor, ismi noma’lum og‘zaki ijod tarzida bо‘lib, uning bir

qismi latin va milliy tillarda turlicha tekstlarda yozilgan va

bizgacha yetib kelgan, boshqa qismi yozilmay qolgan bо‘lsa-da, le-

kin adabiy asarlarga uzviy bir parcha bо‘lib kirgan hamda un-

dan xalq ohanglarining manbai sifatida foydalanilgan. Xalq

о‘yinlari—xristian dini joriy etilmasdan burungi majusiy-

lik zamonlaridagi qadimiy xorovodlarning raqslari, turli

lirik qо‘shiqlar — sevgi qо‘shiqlari, ziyofatlarda aytiladigan

qо‘shiqlar va tо‘y laparlari, kо‘mish marosimida aytiladigan

marsiyalar, turli xil va kо‘p sonli chо‘ichaklari, qahramonlik

afsonalari, maqollar, matallar, topishmoqlar va boshqalar

xalq folklorining xilma-xil formalari apa shular edi. Xalq

poeziyasining formalari yaratilib, kо‘z qorachig‘iday saqlanib

371

keldi va avloddan-avlodga о‘tib bordi, bu formalar tobora mu-



rakkablashib, ravnaq topib va takomillashib, umuman, xalq

hayotini, uning kayfiyat va orzu-umidlarini g‘oyat darajada rav-

shan aks ettirdi. Shahar shoirlari folklorning anchagina qis-

midan foydalandilar. Jumladan, asosan qishloqda paydo bо‘l-

gan afsonaviy epos, yuqorida aytib о‘tilganidek, shaharning

hikoyaviy satirasida keng foydalaniladigan bо‘ladi. Urta asr-

larning eng yirik poemalari yuqorida aytib о‘tilganidek avva-

lo, xalq og‘zaki ijodidan manba sifatida foydalandilar.

«Nibelunglar haqida qо‘shiq» tug‘risida xuddi shunday demoq

kerak.


Kо‘pchilik qismi, shuningdek, xalq ommasi orasidan yetishib

chiqqan, ismi noma’lum avtorlarga mansub bо‘lgan va qishloq

bilan chambarchas bog‘langan xalq ijodining о‘ziga xos turi —

x a l q b a l l a d a l a r i d i r . Bunday balladalar о‘rta asr

Angliyasida va Shotlandiyada ayniqsa kо‘p saqlangan. Xalq bal-

ladalarida о‘rta asr qishlog‘ining hayoti, dehqonlar. ommasining

feodallarga munosabatlari, о‘rta asrlarda turli kо‘rinishda

namoyon bо‘lgan xalq harakatlari, xalq ongida u. yoki bu kо‘rinish-

da yuz bergan eng muhim tarixiy voqealar aks etgan.

Dehqonlarga yaqin turgan shaharning quyi tabaqa aholisi

ham о‘rta asrlar davomida о‘z madaniyatini rivojlantirdiki, u

shaharshshg о‘ziga xos plebey xalq poeziyasida о‘z aksini topdi.

Bu poeziyaning ifodachilari- va xalq san’atinyig bu bilan bog‘-

langan formalari—shahar j o . n g l yo r l a r i (sirk artistlari)

va sh p i l m a n l a r i (darbozlari) bо‘lib, ular odatda shahar

yarmarkalarida va bozorlarda о‘z hunarlarini namoyish qilar-

dilar. Umuman qadimgi Rusdagi skomoroxlar (nayrangbozlar)

ga о‘xshab ketadigan joiglyorlar va shpilmanlar qisman xalq

qо‘shiqlarini, qism-an о‘zlari yozgan yangi qо‘shiqlarni ijro etuv-

chi hofiz va muzikantlar edilar. Ular qisqa sahna asarlarini

qо‘yib, bu asarlarda kо‘pincha satirik tarzda turli .toifalar-

ning aft-basharalarini ochib tashlardilar. Jonglyorlar va

shpilmanlar.ayni zamonda ham akrobat, ham masxaraboz, ham

qiziqchi edilar. Qо‘p sonli mahalliy aholi va shaharga kelgan

dehqonlar ularning tomoshabinlari edilar.

Xalq san’ati bu oddiy turining ijtimoiy ahamiyati ancha-

gina katta edi. Tomoshabinlarning kо‘plab kelishi shuni kо‘rsa-

tardi. Vaqt о‘tishi bilan, ya’ni о‘rta asr jamiyatida ijtimoiy

ziddiyatlar keskinlasha borishi bilan, jonglyorlar bilan

shpilmanlarning sahna asarlari tobora о‘tkirlasha va kо‘pchi-

likni qiziqtira boshlaydi. Bu sahna asarlari, bir tomondan,

mehnatkashlar о‘rtasida hamkorlik hissini uyg‘otsa, ikkinchi

tomondan, zolim feodallarga va shahar boylariga nisbatan

nafrat hissini alangalantiradi. Bularning hamMasi hokim

sinflarning jonglyorlarni va shpilmanlarni quvg‘in ostiga

olishiga sabab bо‘ldi. Katolik cherkovi ularga ayniqsa yomon kо‘z

bilan qarardi. Cherkov soborlari jonglyorlar bilan shpilman-

372 I


qullarga aylantirdilar. Yengilganlarning barcha molu mulki

mо‘g‘ul о‘rdalarining о‘ljasi bо‘lib qoldi. Mо‘g‘ullar Urta Osiyo-

dagi irrigasiya sistemasini yakson qildilar (jumladan, ular

Marv yaqinidagi mashhur Murg‘ob tо‘g‘onini buzib tashladilar).

Chingizxonning eng yaqin noyonlar boshchiligidagi mо‘g‘ul qо‘-

shinlarining bir qismi Kaspiy dengizining janubiy sohili

bо‘ylab Zakavkazyega о‘tib kirib, sо‘ng Kavkaz (Darbant dara-

si) orqali Donga, qipchoq chо‘liga chiqdi. Bu yerda, Kalka daryosi

bо‘yida, mо‘g‘ullar 1223 yilda birinchi marta ruslar bilan tо‘q-

nashdilar, ruslar qipchoq (poloves)larning ittifoqchisi sifa-

tida ularga yordam bermoqchi bо‘lgan edilar. Rus knyazlari

bilan qipchoq knyazlarining bir-birlari bilan kelishmasdan

harakat qilishlari oqibatida ittifoqchilar mag‘lubiyatga uchradilar.
Nazorat savollari:


  1. Dinga ishonuvchi shaxsning burchi nima edi?

  2. O’rta asr diniy qarashlariga ko’ra eng oliy jasorat nima edi?

  3. Trivium o’z ichiga qaysi fanlarni olgan?

  4. Sxolastika

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Semenov V.F. Urta asrlar tarixi. – T.:O’qituvchi, 1973.

  2. Xrestomatiya po istorii srednix vekov. –M.:Nauka, 1966

  3. Istoriya Bolgarii. – M.:Politizdat, 1954.

XI-XV asrlarda burjua mafkurasi shakllanishi. Italiyada uyg’onish davri


Reja:


  1. Burjua mafkurasi shakllanishi

2. Yevropada Uyg`onish davrining vujudga kelish sabab va oqibatlari

3. Uyg`onish davrining rivojlanish bosqichlari

4.Yevropada Uyg`onish davrida fan va texnika taraqqiyoti.
Tayanch tushunchalar: renessans, gumanizm, san’at , fan va madaniyat yuksalishi

Burjuaziyaning rivojlanishi. Feodal davlatining yangi

formasi. Ishlab chiqarish usuli о‘zgarib borayotgan, feodalizm-

dai kapitalizmga о‘tilayotgan sharoitda nufuzli ijtimoiy

sinfga aylanib. borgan burjuaziya qaror topdi. Ayrim shahar-

larda yashagan va har xil siyosiy imtiyozlarga ega bо‘lgan shahar-

liklar о‘rniga umumiy sinfiy manfaatlarga va bir xildagi

siyosiy huquqlarga ega bо‘lgan butun milliy kо‘lamdagi shahar'

burjuaziya sinfi vujudga keldi.-

Yevropadagi turli mamlakatlarda burjua millatlarining shakllanish prosessida burjuaziya yetakchi

rol о‘ynab, ishlab chiqarish va ayirboshlashni markazlashtir-

di, о‘z mamlakatida iqtisodiy aloqalarni kengaytirdi va mus-

tahkamladi hamda tobora kattaroq madaniy va siyosiy rol

о‘ynay boshladi. Umuman Yevropadagi kо‘p-

chilik mamlakatlarda feodallar hukmron edilar. Davlat for-

masi dvoryanlar monarxiyasidan iborat bо‘lib, bunda korol о‘z

davlatining «birinchi dvoryani» bо‘lib, imtiyozli dvoryanlar sos-

loviyasiga boshchilik qilar va uning sosloviye manfaatlarini

himoya qilardi. Bu davrda burjuaziyaning feodal davlatiga

munosabati о‘ziga xos xarakterga egadir.

Odatda bu sinf mustahkamlanib olgan korol hokimiyati bi-

lan bog‘langan bо‘lardi. Burjuaziyaning korol hokimiyati bilan

ittifoqi tarix jarayonida, о‘rta asrning bir necha yuz yillari

mobaynida tayyorlanib keldiki, bu davrda korol hokimiyati

bilan shahar burjuaziyasi oldida bitta umumiy dushman — yi-

rik feodallar turardi. Burjuaziyaning boyishi, uning kapita-

listlar sinfiga aylanishi tufayli korol hokimiyati unga:

yanada kо‘proq e’tibor bilai qaraydigan bо‘lishi kerak edi. Mar-

kazlashgan feodal davlatining burjuaziya sinfi bilan aloqa-

sining bir qancha yangi fyurmalari— davlat zayomlari, soliq-

ning otkup sistemasi, proteksiya siyosati va shu singarilar-

vujudga keldi. Feodal ishlab chiqarish usulining yemirilishi

hamda, bir _tomondan, bozor munosabatlarining rivojlanishi-

dan dvoryanlarning (yoki loaqal ularning kо‘pchilik qismining)

manfaatdor ekanligi, ikkinchi tomondan, burjuaziyaning yapgi,.

nufuzli sinf sifatida tashkil topishi feodal davlati sо‘nggi

formasining — a b s o l yu t i z m p i n g о‘riatilishiga olib kel-

di. Absolyutizm — cheklanmagan korol hokimiyati bо‘lib, о‘z sin-

fiy mohiyati jihatidap dvoryanlar hokimiyati edi, ammo u. vu-

judga kelayotgan kapitalizm sharoitida rivojlandi va о‘sib

kelayotgan burjuaziya bilan hisoblashishga majbur bо‘ldi. Ma-

nufaktura davridagi burjuaziya hokimiyatni hali bevosita о‘z

qо‘liga olish darajasiga yetib kamol topmagani sababli abso-

lyutizmga, ya’ni feodal dvoryanlarning siyosiy hokimiyatiga chi-

dab turishga va uni qо‘llab-quvvatlashga majbur edi. Absolyu-

tizm о‘z tomyunidan burjuaziyaga dastlabki jamg‘arylish davrida

bir qancha qimmatli xizmatlar kо‘rsatib, kapytalning jam-

g‘arilishiga kо‘maklashdi hamda uning manufakturani tashkil

etishida va savdoni kengaytirishida • burjuaziyaga yordam

berdi.


Biroq XVI asrga kelib G‘arbiy Yevropadagi ba’zi mamlakatlarda

burjuaziya feodal-absolyut hokimiyati bilan tо‘qnashib qoladi.

Ilk • burjuaziya revolyusiyasining ba’zi xususiyatlari german

Reformasiyasida va XVI asr boshlaridagi Buyuk dehqonlar uru-

shidayoq namoyon bо‘la boshladi. XVI asrniig ikkinchi yarmida

Niderlandiya viloyatlarida bо‘lgan qо‘zg‘olon oqibat natijada

ispan absolyutizmiga qarshi g‘olibona burjua milliy revolyu-

siyasiga aylanib ketgan keng kо‘lamdagi milliy harakat bо‘ldi.

Bu revolyusiya natijasida Yevropadagi dastlabki burjua dav-

lati — Gollandiya respublikasi barpo etildi. XVI asrda va

XVII asrning birinchi yarmida Angliyada burjuaziya .revolyusiya-

sining shart-sharoitlari tarkib topa boshladi. 1640—1633 yil-

lardagi ingliz burjua revolyusiyasi — eng yirik revolyusiya,

K. Marks ta’rifi bilan aytganda, Yevropa miqyosidagi revolyu-

siya bо‘ldi. Bu revolyusiya bilan yangi zamon tarixining davri

ochilib, bu davrda kapitalistik ishlab chiqarish usuli hamda

burjua ijtimoiy tuzumi Yevropada, Amerikada va jahonning

boshqa qismlarida hukmron bo‘lib qoldi.


UYG`ONISH DAVRI, Renessans — G`arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlarning madaniyat tarixida o`rta asr madaniyatidan yangi davr madaniyatiga o`tish davri. Taxm. 14—16- asrlarni o`z ichiga oladi.

«Uyg`onish» termini 16-asr italyan gumanistlari, xususan rassom va tarixchi Jovanni Vazari (1511—74) asarlarida mohiyatini ochib berolmaydi va yangi madaniyat mazmunini faqat antik merosni «tiriltirish» b-n cheklab qo`yadi. Shunga qaramay bu termin fanda ham shartli ravishda qabul qi­lingan.

G`arbiy Yevropa uyg`ronish davrida ijtimoiy-falsafiy fikrlarning rivojlanishi. Uyg`onish davri YEvropada XIV asrning iskinchi yarmidan to XVII asrning boshlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrga kelib, ko`pchilik mamlakatlarda asta-sekinlik bilan eski ishlab chiqarish munosabatlarining o`rniga yangi ishlab chiqarish munosabatlari kurtak shaklida vujudga kela boshlagan edi. Bu esa insoniyat tarixida shu davrgacha yuz bergan eng buyuk ilg`or to`ntarishlardan biri edi.

Haqiqatan ham bu davrda hayotning hamma tarmog`ida muhim ilg`or, hatto aytish mumkinki, inqilobiy o`zgarishlar yuz berayotgan edi. Sanoat ishlab chiqarish usulining dastlabki kurtaklari O`rta yer dengizi atrofidagi ayrim shaharlarda XIV va XV asrlardayoq yuzaga kelgan. Bu davrda, ayniqsa, Italiya eng taraqqiy etgan davlat bo`lgan. Bu yerda boshqa davlatlarga nisbatan avvalroq savdo-sotiq, hunarmandchilik tez sur`atlar bilan rivojlangan. Shular tufayli Italiyada boshqa YEvropa davlatlariga nisbatan shaharlar va shaharlarning hayoti tez sur`-atlar bilan o`sgan. Italiyada XIV asrlardayoq dastlabki manufakturalar vujudga kelganki, ular hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan oldinga tashlangan katta qadam edi. Savdo, sudxo`rlik, hunarmandchilik manufakturalaridan juda katta foyda kelar edi. Natijada bank egalari, savdogarlar, sanoatchilardan iborat mavqeli, tabaqa vujudga keldiki, ular Italiyaning Venetsiya, Genuya, Florentsiya shaharlarida feodallar ustidan g`alaba qozonib, siyosiy hokimiyatni qo`lga oldilar. Shuningdek, sanoatning rivoji G`arbiy YEvropada XV—XVI asrlardagi qator geografik va texnik kashfiyotlar bilan ham bog`liq. Amerikaga va Hindistonga dengiz yo`lining ochilishi, Magellanning butun dunyo bo`ylab sayohati shunga olib keldiki, bir necha asrlar davomida o`zgarmas deb hisoblagan YEr kurrasining chegarasini buzib yubordi.

Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi bu o`zgarishlar, geografik va texnik kashfiyotlar YEvropa xalqining bu davrdagi ma`naviy hayotida ham tub o`zgarishlarga olib keldi. Jumladan, bu davrda cherkovning ma`naviy hokimiyati xristian dini negizida vujudga kelgan islohchilik harakatlari ta`sirida ham singdirilgan edi. Bu islohchilik harakatlarida feodalizm quroli bo`lgan rim-katolik cherkovi ta`siridan qutulishga harakat qilayotgan, tobora mustahkamlanib borayotgan yangi tabaqalarning intilishlari aks etardi. Cherkov ma`naviy hokimiyatining zaiflanishiga faqat turli islohotchilik harakatlari ta`sir qilibgina qolmay, balki cherkov, din bilan hech qanday aloqasi bo`lmagan dunyoviy madaniyat va ma`naviyatlarning keng tarqalishi ham sabab bo`ldi.

XIV asrlarda dastlab Italiyada vujudga kelgan bu yangi madaniyat gumanizm nomini oladi. Umuman gumanizm iborasi lug`aviy jihatdan insoniylik, degan ma`noni anglatadi. O`z moxiyati jihatdan bu madaniyat cherkov, ilohiyotga xos bo`lgan ma`rifatlilikka zid bo`lgan ma`rifatni anglatardi. Gumanistlar dunyoviy fanlarni cherkov sxolastik «olim»ligiga qarshi qo`yardilar. Keyinchalik bu oqim Yevropaning boshqa qator mamlakatlariga ham keng tarqaldi. Bu madaniyat badiiy adabiyot, tasviriy san`at, haykaltaroshlik, arxitektura va me`morchilik, fan va falsafada erishilgan ajoyib yutuqlarni o`zida mujassamlashtirgan edi. Bu madaniyatning eng asosiy mohiyatlaridan biri - asrlar davomida feodal zo`ravonlik va cherkov tomonidan inkor etilgan inson shaxsining manfaatlari va huquqlarini himoya qilgan gumanizm edi, chunki u har tomonlama rivojlangan inson shaxsi haqida gapirsa ham, butun xalqni nazarda tutmas edi. Balki uning ayrim, nisbatan cheklangan tabaqasi haqida gapirardi. Ikkinchidan, bu gumanizm insonni feodal zo`ravonlikdan, cherkov hukmronligidan ozod qilish haqida orzu qilsa ham, umuman, insonni ijtimoiy ozod qilish masalasini qo`ymagan, ya`ni keng mehnatkashlar ommasini ijtimoiy ozodlikka olib chiqishni xayoliga ham keltirmagan edi. Shuning uchun bu gumanizm o`z moxiyati jihatidan tor doiradagi gumanizm ediki, uning asosiy xususiyati invidualizm, raqobat kabi tamoyillardan iborat edi. Ammo shunga qaramasdan, madaniyatdagi bu yangi oqim o`sha davrda ilg`or tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Renessans iborasi — qayta tirilish, ya`ni antik madaniyat, fan, falsa-faning yangidan qayta tirilishi, jonlanishi ma`nosini anglatadi.

Lekin bu ibora tarixiy jarayon mazmuni va asosiy xususiyatining lug`aviy ma`nosini aks ettirmaydi. Balki bu jarayonning antifeodal xarakterdaligi, cherkovga, dvoryanlarga va umuman eski tartiblarga qarshi qaratilganligini aks ettiradi.

Uygonish davri tarixning shunday bosqichini o`z ichiga oladiki, unda xristian dini yaxlit bir mavqeni egallamaydi. Bunday o`zgarish eng avvalo diniy tashkilotlar qatlamlarida yuz beradi. Falsafada, san`atda, adabiyotda yuz yillar davomida odat kuchiga ega bo`lgan an`anaviy tafakkur usuli tugatilgan emasdi. Urta asr teokratizm (ilohiy hokimiyat) bilan kurashda Uyg`onish davri madaniyatida birinchi o`ringa gumanistik (insonparvarlik), insonni diqqat markaziga qo`yuvchi g`oyalar chiqadi. Hayotda faqat insonning ijodiy qobiliyatlarini, aqlni tan olish yerdagi baxtga intilish bilan almashinadi. Bu maqsadni ro`yobga chiqarish o`tmish madaniyati yutuqlarini o`zlashtirishni taqozo etardi. Shuning uchun Uyg`onish davri gumanizmi antik madaniy merosga qiziqishni, qadimgi falsafaning boy-liklaridan foydalanishni taqozo qilardi. Endi Platon va Aristotel ta`limotlari, neoplatoniklar, stoiklar va epikurchilar falsafasi, Tsitseron va boshqalar merosiga yangicha yondoshildi va talqin qilindi. Ularning falsafiy-tarixiy talqini qayta ko`rib chiqildi. Uyg`onish davri bu eng avvalo antik davr asarlarini erkin tafakkur qilish, tayyor va o`zgarmas deb xisoblangan haqiqatlardan voz kechishni anglatardi. Bu esa o`z navbatida nima haqiqat va nima haqiqat emas, degan masalani hal qilish huquqini berardi.

Uyg`onish davri Yevropada o`z iqtisodiy asoslari jihatidan feodal ishlab chiqarish usuli asta-sekin inqirozga uchrab, burjua ishlab chiqarish usuli kurtaklari vujudga kela borishi b-n xarakterlanadi..

Jamiyat hayotida shahar rolining kuchayishi, ya`ni shaharning ijtimoiy ishlab chikarishda borgan sari ahamiyati oshib borishi, shahar ichida va shaharlararo tovar almashinishining kuchayishi, savdo aloqalarining avj olishi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi va shu asosda yangi — burjua ish­lab chiqarish munosabatlarining shakllanishi Uyg`onish davri iqtisodiy hayotiga xos xususiyatlardir.

Bu davr siyosiy jihatdan cherkov, papa ta`sirida bo`lgan mayda knyazliklar o`rniga Is­paniya, Frantsiya, Angliya va b. joylarda yirik, mustaqil knyazliklarning vujudga kelishi, ularning papa, cherkov diniy-ma`naviy hokimiyati ta`siridan qutulish, dunyoviy hokimiyatni kuchaytirish uchun kurashishi avj olishi b-n xarakterlanadi.

Bu davrda «Qirollik hokimiyati, shaharliklarga suyangan holda feo­dal dvoryanlarning kuchini sindirdi va aslda millatlarga asoslangan yirik monarxiyalarni vujudga keltirdi, bu monarxiyalarda hozirgi zamon Yevropa millatlari va hozirgi burjua jamiyati rivojlandi... Vizantiya yiqilgan paytda saqlanib qolgan qo`lyozmalar, Rim xarobalaridan qazib olingan antik haykallar hayratda qolgan G`arbning ko`zi oldida yangi dunyoni — qadimgi yunon dunyosini gavdalantirdi; uning porloq obrazlari oldida o`rta asrning sharpalari ko`rinmay ketdi.

Italiyada san`at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go`yo klassik qadim zamonning shu`lasi bo`ldi va keyinchalik bunday yuksalishga erishish aslo mumkin bo`lmadi. Italiya, Frantsiya va Germaniyada yangi, ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudga keldi. Shundan so`ng ko`p vaqt o`tmay Angliya va Ispaniya o`z klassik adabiyoti davrini kechirdi...

Davrning iqtisodiy-siyosiy hayoti inson` shaxsiyatini birinchi o`ringa qo`ydi. Insonga; feodal-tabaqachilikni munosabatlari, cherkov asketyak axloqi, o`rta asr traditsiyalari doirasi torlik qila boshladi. U endi o`ziga, atrof-tabiatga boshqacha ko`z b-n qaraydigan bo`l­di, uning voqelikka, o`tmishga bahosi, estetik qarashi o`zgara bordi.

Yangi davr dunyoqarashining namoyandalari—turli kasbdagi va turli ijtimoiy mavqedagi kishilar— shoirlar, filologlar, filosoflar, rassomlar o`zlarining tadqiqot ob`ektlari deb insonni hisobladilar. Insonni tabiatning ajralmas bir qismi va uning mukammal mahsuli sifatida tushundilar. Inson, uning kechinmasi, ichki dunyosi, hayoti adabiyot va san`atning asosiy temasi bo`lib koldi. Shaxs ijodining garmonik, erkin, har tomonlama taraqqiyoti ideali shakllana boshladi. Shuning uchun ham bu davr mutafakkirlari insonshunoslar — gumanistlar deb atalgan (k,. Gumanizm).


G`arbiy Yevropada yuz berayotgan ma`naviy va madaniy qayta o`zgarish turli xarakterlarga ega bo`lgan va turli bosqichlarda kechgan.

Birinchi bosqich XIV—XV asrlarni o`z ichiga oladi. Madaniyat eng avvalo «gumanistik» xarakterga ega bo`lib, asosan Italiyada namoyon bo`lgan. XVI va XVII asrlardagi o`zgarish esa ko`proq tabiiy-ilmiy yo`nalishga ega edi. Bu davrda gumanizm YEvropaning boshqa ko`pgina davlatlariga ham tarqala boshlaydi.

Gumanizm insonning dunyodagi o`rni, moxiyati va vazifasi, borlig`ining mazmuni va maqsadi haqida o`ylay boshlashidan yuz beradi. Bu mulohazalar hamma vaqg aniq tarixiy va ijtimo-iy sharoitlardan kelib chiqadi. Umuman, gumanizm ma`lum ij-timoiy va umummilliy manfaatlarni aks ettiradi.

Tor ma`noda gumanizm iborasi, Uyg`onish davrida shakllangan g`oyaviy xarakterni anglatadi. Uning mazmuni va maqsa-di antik davr adabiyoti, san`ati, madaniyati va tillarini tarqatishdir. Gumanistlar xizmati faqat falsafiy tafakkurni rivojlantirishdangina iborat bo`lib qolmasdan, balki shu bilan birga qadimiy manbalarni o`rganish bo`yicha tadqiqotlardan ham iboratdir. Shuning uchun ham Italiya gumanizmi adabiy-filologik (tilshunoslik) gumanizm bo`lgan.


Download 453.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling