Reja: XII-XV asrlarda Bolgariya
Download 453.67 Kb.
|
1.O'rta asrlar tarixi ma'ruza matni-2019
Mо‘g‘ullar bosqini xavfi va uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari. 1266 yilda Xubilay uning xokimiyati Yaponiya ustidan о‘rnatilganligini tan olishni talab qilib elchilar jо‘natdi, bu talab javobsiz qoldirildi, shu kabi keyingi talablar esa rad etildi. 1274 yilda Yaponiyaning g‘arbiy qirg‘oqlariga bungacha Susima va Iki orollarini bosib olgan mо‘g‘ul floti keldi, sо‘ngra Kyusyu orolini shimoli-g‘arbidagi Tikudzen viloyatiga qо‘shin tushirish boshlandi. Samuraylarning qismlari qizg‘in janglar olib bordi, lekin ular kuchli dushmanning siquvini qaytarishga qodir emasdi. Tо‘satdan dengizda kо‘tarilgan bо‘ron 200 ortiq dushman kemalarini yо‘q qildi va mо‘g‘ullarning xujumini barbod qildi. Bir yil о‘tgach Xubilay yangi elchilarni jо‘natdi, uning a’zolari qatl etildi. Kyusyu oroliga qо‘shin tushirishga urinish yaponlar tomonidan barbod etildi. 1278 yilda Xubilay yana unga bо‘ysunib, о‘lpon tо‘lashni talab qiladi, lekin elchining bu safar ham kallasi kesildi. 1281 yil iyun-avgustida Yaponiya qirg‘oqlariga yangi yurish uyushtirildi: 3500 ta kemalar va qayiqlardan iborat ikkita armiya- biri Koreya yarimorolidan, ikkinchisi Xitoydan yapon qirg‘oqlariga suzib keldi.Bungacha yapon sohillari mustaxkamlanib, jangovar kemalar tayyor xolatda edi, biroq dengizda tо‘satdan dovul kо‘tarilib, dushman flotini majaqlab tashladi, qolgan kemalar yaponlar tomonidan chо‘ktirildi.Shu paytdan boshlab dovul “ilohiy shamol”(kamikadze) deb atala boshlandi, bu atama keyinchalik ikkinchi jaxon urushi yillarida dushman kemalarini chо‘ktirish uchun yuborilgan yapon uchuvchilariga nisbatan ham qо‘llanilgan. Obrо‘li janubi-g‘arblik feodal Asikaga Takaudzi 1333 yilning may oyida Kiotoni egalladi, bu vaqtda sharqiy feodal Nitta Yosisada esa Kamakuraga bostirib kirdi va barcha Xodzyolarni qirib tashladi. Kamakura syogunligi qulatildi, G‘oliblar – Asikaga va Nitta о‘rtasida xokimiyat uchun kurash boshlandi. 1336 yil noyabrida bu kurash Asikaga foydasiga hal bо‘ldi. U mamlakatda harbiy boshqaruv о‘rnatilganini, hokimiyatni Dala stavkasi(Bakufu) qо‘liga о‘tganini e’lon qildi. Asikaganing siyosiy xukmronligi davri Muromati syogunligi (1336-1568)deb ataldi, chunki Kioto shaxridagi syogunlar qarorgohi joylashgan rayon Muromati deb nomlanardi. Dehqonlar ahvoli. XII—XIII asrlardayoq yapon dehqonlarining ahvoli juda og‘ir edi. Feodallar yeregalari sifatida qо‘llaridagi shaxsiy va harbiy hokimiyatdan ham, shuningdek, davlat tashkiloti va uning butun moliyaviy-ma’muriy tizimidan ham keng suratda foydalanib, dehqonlarga juda kо‘p har-xil tо‘lov va soliqlar solardilar. Bir necha saroyni — mikado, syogun, sikken saroylarini — ta’minlash mamlakatga juda qimmatga tushardi. Shu bilan birga katta va mayda feodallarning tinmay davom etgan о‘zaro urushlari mamlakatni xonavayron etib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga tо‘sqinlik qilardi. Yapon dehqonlari kо‘p jihatdan shahar sudxо‘rlariga ham qaram edilar, chunki soliq yig‘ish ishi odatda sudxо‘rlarga topshirilardi. Dehqonlar kо‘pincha kelgusi yil hosilini garovga qо‘yib, sudxо‘rlardan qarzga urug‘lik olardilar. Hamisha ocharchilik va buning natijasida doim bо‘lib turadigan yuqumli kayealliklar epidemiyasi XIV va XV asrlarda yapon qishloqlarida keng tarqalgan hodisa edi. Qishloqdagi sotsial ziddiyatlar juda keskinlashib ketganligidan Yaponiyada dehqonlar qо‘zg‘oloni kо‘p bо‘lib.turardi. XV asrda bunday qо‘zg‘olonlar ayniqsa kо‘p bо‘ldi. 1428 yilda Kioto shahri yaqinida kо‘tarilgan Qо‘zg‘olon dehqonlarning birinchi katta qо‘zg‘oloni edi. Bu harakat tezda О‘rta Yaponiyaning boshqa qо‘shni viloyatlariga ham tarqaldi. Bunda qо‘zg‘olonchi dehqonlar «Yо‘qolsin samuraylar!» degan shior ostida kurashdilar. Qо‘zg‘olonchilar mahalliy feodallar yuborgan qо‘shinni tor-mor keltirdi, faqat 20-yillarning oxiriga kelibgina harakat bostirildi. Feodallarning drujinalaridan chiqib ketib, shu sababli tirikchiligi uchun hech narsasi qolmagan samuraylarning bir qismi ham, 1441 yildagi dehqonlar qо‘zg‘olonida qatnashdi. Ular ryuninlar deb atalgan qochoq feodal-samuraylar — quvilganlar edi. Bundan keyingi qо‘zg‘olonlar tо‘lqini XV asrning 50 va 60-yillarida bо‘ldi. 1461 yil aholi uchun nihoyatda og‘ir bо‘ldi. Usha yili yolg‘iz Kiotoning о‘zida ochlikdan 80 mingkishi о‘ldi. 1532 yilda Kiotoning о‘zida va uning atrofida katta qо‘zg‘olon kо‘tarildi. Qо‘zg‘olon о‘zining g‘oyat murakkab sostavi bilan maroqli edi. Unda roninlar, dehqonlar, shuningdek, Kioto shahrida yashovchi hunarmandlar, mayda savdogarlar, hammollar, yuk tashuvchilar va boshqa kambag‘allar qatnashdi. Yagona davlatning tashkil topishi. Bir tomondan, shaharlarning о‘sishi, sanoat va savdoning rivojlanishi va, ikkinchi tomondan, mamlakatning aslda tarqoq bо‘lishi va mamlakat ichida feodal urushlarning uzluksiz davom etib turishi bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan hodisa edi. Shu bilan birga dehqonlarning qudratli qо‘zg‘olonlari ham butun feodal rejimini ag‘darib yuborish xavfini tug‘dirmoqda edi. Mamlakatni birlashtirib, markazlashtirilgan davlat tuzish feodal guruhining kechiktirib bо‘lmaydigan vazifasi bо‘lib qoldi. Kuchliroq, feodallar о‘zlarining samuray qо‘shinlariga tayanib hamda ma’lum darajada о‘sgan va mustahkamlangan shaharlarning yordami va xayrixohligiga suyanib, bu vazifani hal etishga kirishdilar. Yaponiyani dastlab birlashtirgan, bir necha mustaqil knyaz-feodallarni tor-mor qilgan, bu davrga kelib о‘ziyoq haqiqiy hokimiyatni qо‘lidan berib qо‘ygan syogunni 1568 yilda ag‘darib tashlagan kishi Oda Nobunaga bо‘ldi. U О‘rta Yaponiyaning о‘z mulkiga kо‘ra о‘rtacharoq feodal knyazlaridan bо‘lsada biroq samuraylar (otliq askarlar) va qisman dehqonlar (piyodalar) dan tuzilgan kuchli harbiy drujinasiga ega edi. Nobunaga Yaponiyaga yevropaliklar olib kelgan miltiqni dastlab ishlata boshlagan yapon lashkarboshlaridandir. Nobunaga Yaponiyani 14 yil (1568—1582) mobaynida diktator sifatida idora qilib turgan bо‘lsada, о‘ziga mikado unvonini ham, syogun unvonini ham olmadi. U tor savdo monopoliyasi kompaniyalarini tugatish, ichki boj soliqlarini bekor qilish va boshqa shu singari yо‘llar bilan savdo-sotiq ishlarida erkinroq imkoniyatlar berib, unga homiylik qildi; kо‘pgina yangi yо‘llar qurdirdi. Soliq tо‘plash ishlarini qaytadan tashkil etdi va tartibga soldi. Nobunaga mamlakatni birlashtirish ishini tugallashga ulgura olmadi. U Yaponiyadagi 66 viloyatdan faqat 30 tasini о‘z nazorati ostiga oldi. U о‘lgandan keyin hokimiyat tepasiga uning hamkori Tayetomi Xideyosi chiqib oldi (1582—1598), Xideyosi dehqondan chiqqan bо‘lib, u о‘z mavqeni drujinachilikdan boshlaydi. Nobunaga boshlagan Yaponiyani birlashtirish jarayonini Xideyosi tugalladi. U Sikoku va Kyusyu orollarining mustaqilligini bitirdi va eng muhimi Xonsyu orolining hali bir necha mustaqil feodalliklar saqlanib qolgan shimoliga muvaffaqiyatli harbiy yurish qildi. U Osaka shahrini qurdi, keyinchalik bu shahar Yaponiyaning eng katta portiga aylandi. Mamlakatni birlashtirib, Xideyosi feodallarining va Yaponiyadagi katta savdogarlarning manfaatini kо‘zlab, Koreyani istilo qilishga kirishdi va bu ish Yaponiyani Xitoyga qarshi urushga olib keldi. Xideyosining rejasi Koreyani bosib olishdangina iborat bo‘lib qolmaydi. U Koreyanigina emas, balki Manjuriyani, Filippin orollarini va Tayvanni ham, keyin esa Xitoyning o‘zini ham bo‘ysundirishni xayol qiladi, u hatto o‘z poytaxtini Xitoyga ko‘chirishni ham oldindan mo‘ljallab qo‘yadi. Xideyosi bu urush uchun bir necha yil davomida katta flot tayyorladi. 1592 yil bahorida u 300 ming kishilik katta qo‘shinni Koreyaga tushiradi. Koreys xalqining yaponlar bosqiniga qarshi kurashi. Koreya hukumati yaponlarning bostirib kirishidan g‘aflatda qoldi va bunga biror darajada jiddiy tayyorgarlik ko‘ra olmadi. Koreys muntazam armiyasi va bu yerga kelgan xitoylarning kichik otryadi Seul yaqinida yaponlar tomonidan tor-mor keltirildi. Shundan keyin qirol, saroy ahli va oliy tabaqadagi zodagonlar poytaxtdan qochib ketishdi. Ular, asosan, xitoy imperatoridan yordam olishdan umidvor edilar. Uzoq Sharqda mo‘g‘ullar hukmronlik qilgan vaqtda Koreya Yuan mo‘g‘ul-xitoy sulolasiga bo‘ysunardi. Xitoyda mo‘g‘ul istilochilarining hokimiyati qulagach, 1368 yilda Koreya vani(xukmdori) ham mo‘g‘ullarga bo‘ysunishdan bosh tortdi va o‘zini mustaqil davlat deb e’lon qildi. Xitoylarning yangi Min sulolasi bundan buyon ham Koreya ustidan o‘z protektoratini davom etirmoqchi edi, Ammo, aslida Koreya bu davrda, ayniqsa, XV va XVI asrlarda mustaqil davlat edi. Koreyaning Xitoy bilan vassallik munosabatlari amalda bo‘ysunishga qaraganda ko‘proq siyosiy ittifoq xarakteriga ega edi. Seul bosqinchilar qo‘lida edi. Yapon qo‘shinlari shimolga siljib, mamlakatni vayron qildilar. Yaponlar Shimoliy Koreyada ishg‘ol qilgan shaharlar orasida Koreyaning eng qadimgi shaharlaridan biri bo‘lgan Pxenyan shahri ham bor edi. Koreys xalqi ana shu sharoitda o‘z vatanini himoya qilishi kerak edi. Turli viloyatlarda partizan otryadlari vujudga kela boshladi. Ular mahalliy provinsial otryadlar bilan birgalashib, yapon armiyasining harakatiga to‘sqinlik qilardilar. Chollado viloyati mudofaa platsdarmi sifatida ayniqsa katta rol o‘ynadi. Keyinchalik Koreya flotining bosh qo‘mondoni L i S u n S i n yaponlarga qarshi kurashning asosiy tashkilotchisi bo‘lib chiqdi. U nihoyatda mehnatsevarligi, vatanparvarligi, katta harbiy tashkilotchilik qobiliyatlari bilan ajralib turardi. Uning tashabbusi bilan chetiga temir qoplangan keng bortli alohida («toshbaqa» deb ataladigan) kemalar qura boshladilar, bu esa koreys flotini yaponlarning o‘t otuvchi qurolidan omon saqlab qoldi. 1592 yil yoz faslida Li Sun Sin yapon flotini mag‘lubiyatga uchratdi. (1592 yil iyul.) Bu esa Koreyadagi okkupantlarning quruqlikdagi qo‘shinlarini tang ahvolda qoldirdi. Xitoydan yetib kelgan harbiy kuchlar va qayta tiklangan muntazam koreys armiyasi hujumga o‘ta oldi. 1593 yil boshlarida Pxenyan shahari ozod qilindi; 1593 yil aprelida koreys-xitoy qo‘shinlari Seulga kirdi. Endi samuraylarni barcha mamlakatdan tamomila haydab chiqarish mumkin edi. Ammo xalq ommasining faollashganidan tashvishga tushgan koreys-xitoy qo‘mondonligi Xideyosi bilan muzokaraga qirishdi. Li Sun Singa qarshi fitnalar boshlandi va u lavozimidan chetlashtirildi. Hideyosi dushman lageridagi bu nifoqdan foydalanib, muzokaralarni cho‘zib yubordi va armiyasini qayta tashkil qilib, urushni yana boshlab yubordi. Ammo 1597—1598 yillarda urush yaponlar uchun yanada katta halokat bilan tamomlandi. Ular dastlabki yutuqlardan keyin birin-ketin muvaffaqiyatsizlikka uchray berdilar. Xalqning talabi bilan van(xukmdor) Li Sun Sinni yana flotning bosh qo‘mondoni qilib tayinladi. 1597 yil sentabridayoq Li Sun Sin yapon floti qismlariga yangi jiddiy talofat yetkazdi. Mamlakatda keng partizanlar harakati yana avj olib ketdi. Xitoydagi Minlar hukumati bu gal Koreyaning‘ yaponlar tomonidan istilo qilinishi o‘zlari uchun naqadar xavfli ekanligini yanada ravshanroq his qildi. Shuning natijasida Xitoydan katta harbiy va harbiy dengiz kuchlari yuborildi.. Ikkita hal qiluvchi jang — biri quruqlikda 1597 yil oktabrida Seul yaqinida va yana biri dengizda Noryanchjin yaqinida 1598 yilda(G‘alabaning tashkilotchisi Li Sun Sin dengiz jangida og‘ir yarador bo‘ldi va ko‘p o‘tmay vafot etdi)— yapon bosqinchiligiga barham berdi. Xideyosi Koreyaga yanada ko‘p sonli yangi qo‘shin. yuborish niyatida edi. Ammo bunga qizg‘in tayyorlik borayotgan vaqtda u vafot etdi. Uning vafotidan keyin urush davom etdi. Ammo yaponlar qo‘ldan ketgan territoriyalarni qaytarib olishga muyassar bo‘la olmadilar. Xideyosidan keyin hokimiyat tepasiga chiqib olgan hukmdor 1614 yilda Koreya territoriyasiga bo‘lgan har qanday da’vodan voz kechdi. «Osiyoda buyuk yapon imperiyasi» tuzishni xayol qilgan yapon samuraylarining birinchi rejasi ana shu tariqa tamomila barbod bo‘ldi. Yapon madaniyati. X - asrdan mualliflari ayollar bo‘lgan yapon badiiy adabiyoti rivojlanib bordi. Sey-syonagon “Yostiqdagi xatlar”, Murasaki Sikibu esa – “Gendzi xaqida qissa” deb nomlangan – jahon adabiyotida birinchi marta o‘rta asr romonini yozdi. Rasm chiza olish, musiqa asboblarini chalish va she’rlar to‘qish saroydagi ma’lumotni asosini tashkil etgan, bu esa saroyda she’riyatni, rassomchilik va musiqaning keng yoyilishiga imkon bergan. X-asrda ikkinchi she’riy antologiya - “ Kokinsyu” yaratildi. Musiqali teatr ko‘rinishlari vujudga keldi. “Quvnoq o‘yinlar”(Sarugaku) alohida shuhrat qozongan bo‘lib, u qiziqchilikni, akrobatika va pantomimani o‘z ichiga olgan. Saroy she’riyatining o‘rniga ommaviy qo‘shiqlar keldi, ularni ko‘chalarda sayoq qo‘g‘irchoqbozlar, quvnoq qizlar – bular geyshalarning o‘tmishdoshlari bo‘lib, erkaklar kiyimida qo‘shiqlar aytib, raqsga tushishgan. Yapon madaniyatida shu davrdagi budda dinida yuzaga kelgan bir qancha oqimlar ilgari surgan ta’limotlar ham muhim axamiyat kasb etadi. Nazorat savollari:
Qaysi yillarda yaponiyada tanga zarb etilmagan? 1586-yilda kim Syogun hokimiyatini ag’dargan? Koreys-Yapon urushi qanday natija bilan tugagan? “Kokinsyu” nima? Foydalanilgan adaiyotlar ro’yxati O’rta asrlar tarixi. V.F Semyonov. T., 1973. O’rta asrlar tarixi. T.Salimov. T., 2014. Istoriya sredni vekov. Udalsov. M.,1973 www.ziyonet.uz. IX-XV asrlarda Koreya davlati. Reja: Koryo davlati. Koryoning XI-XII asrlarda ijtimoiy ravnaqi. Madaniyat. XII asrdagi siyosiy va sinfiy kurash. Dexqonlar xarakati. Koryo xalqining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi. 5. Li sulolasi paytida markaziy feodal davlatni mustaxkamlash. 6. XV asrning 1-yarmida iqtisodiy o‘sish va madaniyatning rivojlanishi. Tayanch tushunchalar: silla , xupekche, txebon, Van Gon Dehqonlar harakati, Li Son Ge Koryo davlati.IX asr oxirida qadimgi Silla davlati federatsiyasi mustaqil feodal udellariga bulingan. Davlat yerlarini chinovniklar va ruxoniylarga bo‘lib berishi va mustaqil feodal votchin (chanvon)larning tashkil topishi markaziy xokimiyatni zaiflashtirib yubordi. Kata mulk egalari markaziy xokimiyatdan yanada mustaxkam bo‘la boshladi. Katta yerlarni egallagan Budda monastirlari xam butkul mustaqillikdan foydalanganlar, yerlik feodallar (yonchju), xristyanlarning ustidan xukmronlik kilish xuquqiga ega edilar. Ularga shaxsiy drujina Yana bir-birlarini ustidan kurash olib borish uchun xam kerak edi. Krestyanlarning axvoli silla xukmdorlari qo‘lida xam, feodallar qo‘lida xam yomon edi. 819 yilda dehqonlar xarakatlari keskin tus olgan. 896 yil poytaxt Kyonchju devorlari ostida dehqonlar qo‘zg‘olon boshlaganlar. Xarakatchilar aristokrat va chinovniklarni buysundirishdi. Nisbatan yirik feodallar uzlarini mustaqil deb e’lon kildilar. 900 yil orolning janubiy garbiy kismida Xupekche davlati (sungi pekche) tashkil topgan. Koreyaning markaziy kismida (xozirgi chxol’van rayoni) Txebon davlati tashkil topgan Silla xokimiyati esa bir necha kichik rayonlardangina iborat bo‘lib koldi. Dehqonlar xarakatlari xukmron sinfni qo‘rquvga solardi va kuchlirok xukmdor topilib xalkni boshkarishini istar edilar. Navbatdagi janglar natijasida feodal Van Gan keyinchalik u davlatni birlashtiradi va davlatni xukmroni buldi. 918 yili bu davlatning nomi Koryoga almashtirildi. Kegenne (xozirgi Keson) ikta poytaxti. Ko‘p feodallar Van Ganoga bo‘ysunishdi. Chunki u boshqalarga nisbatan kuchliroq edi. Bo‘ysunmaganlarni esa u kuch bilan bo‘ysundirdi. 936 yilda Van Gon so‘ngi Pekcheni buysundirdi va butun Koreyaning xukmdori bo‘ldi. Yakka feodal davlatning vujudga kelishidagi muxim bir sabab tashqi hujumlar edi. 926 yilda Boxay davlatini bosib olgan Kidoni shimoli- sharqiy Xitoy va Koreyaning ashaddiy dushmani bo‘lib qoldi. Yangi tashkil topgan Koryo uchun shimoli chegarani kuchaytirish asosiy masala edi. Butun shimoli chegaraga himoya devori tashkil etildi. Bu qonunning tashkil topishi bilan sharqiy davlat strukturasi tashkil topdi. Sanjone (982-997) davrida davlat apparati tashkil topdi asosiy davlat apparati vujudga keldi va 12 viloyat, 10 provinsiye tashkil topdi. Mamlakat xavfsizligi va davlat ishlari harbiylar qo‘lida edi. Harbiylarning asosini esa davlatga bo‘ysunuvchi dehqonlar tashkil qildi va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar harbiy xizmat qilishga majbur edilar. Armiyadagi dehqonlarni ularning hamqishloqlari moddiy tomondan qo‘llashar edi. Odatda 4 - 5 xonadondan 1 soldat borishar, boshqalar esa uni va uning oilasini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashishi lozim edi. Biroq mamlakatning markazlashishi tekis bo‘lmagan. Keyinchalik ham kata yer egaligi va buddaviylikka sig‘inishgan. Markaziy davlatni tashkil topishi uchun tashqi dushmanlarning kurashi ham to‘sqinlik qilar edi. Asosiy xavfli dushmanlar (kidanlar)Lao imperiyasini tuzgan va Xitoy va koreyani bosib olmoqchi bo‘lganlar. 993 yilda Kidanlarning ko‘pchilik armiyasi Amnokandan o‘tib Koryoga bostirib kirishdi Chxonchxongan daryosi yonida kidanlar qattiq qarshilikga uchrab ortga qaytishga majbur bo‘ldilar. Lekin bu bilan Kidanlarning xarakati to‘xtamaydi. Koryoning ichki kurashlaridan foydalanib kidanlar 1010 yilda Yana ko‘p sonli Askar jo‘natdi va Koryoning poytaxti Kegyonni bosib oladi va talon taroj qiladilar. Biroq shimoldagi Koreys askarlarining xarakatlari bosqinchilarni ortga chekinishga majbur qildi. 1018 yil qishida 200 minglik kidan armiyasi chegarani buzib o‘tib Yana Koreyaning poytaxtiga bostirib kirishdi. Ular qo‘mondon Kan Gam Chxon tomonidan qattiq qarshilikga uchraydilar. Shimoli rayondagi Koryo askarlari 1019 yilda Kidanlarga qattiq zarba beradi. Ular o‘rtasida sulh tuzilib Koryo hukmdori tomonidan Lyao Kidan imperiyasini tan oladi. Koryoning XI-XII asrlarda ijtimoiy ravnaqi. Madaniyat. Mamlakatning birlashishi va kidanlar bilan ittifoq Koreyaning iqtisodini rivojlanishiga, qishloq xo‘jaligi va xunarmandchilikning gullab-yashnashiga olib keldi. Kidanlar tomonidan buzib tashlangan viloyatlar Yana taraqqiy eta boshladi. X11 asr boshlarida Xitoy sayyoxi Syuy Szin dehqonchilikning Karyo buyicha keng tarqalganligidan guvohlik beradi. Uning guvohligicha xatto tog‘li zonalarda ham sholi ekilgan. Davlatning iqtisodiy asosini dehqonlarning mehnati tashkil etgan. Dehqonlar yuridik holatiga qarab 2 ga bo‘lingan. Uning kata qismi Yanin «yaxshi odam»larga qarardi, ular oddiy ozod,davlat yerlarida ishlovchi odamlar edilar. Ikkinchi qismi esa chxonin (yomon yoki yaramas) kishilarga bo‘lingan. Ular ozod emas edilar. Ular bo‘ysunuvchi dehqonlar hisoblangan. Dehqonlar renta-solig‘ini to‘lar davlat ishlarini o‘tar, harbiy xizmatni o‘tar edilar. Yer solig‘i 1 10 dan 1 11 gacha hosildan to‘lanar, ko‘p vaqtda uning hajmi ko‘payar edi. Dehqonlardan Yana qo‘shimcha soliqLar: donni poytaxtga olib borgani uchun soliq, yo‘lda himoya qilish uchun soliq to‘y solig‘i, podsho oilasidan biror kishi o‘lsa ko‘mish uchun soliq, chet El elchilari kelishi uchun soliq undirilgan. Shaxsiy yerlarda renta solig‘ining hajmini feodal o‘zi belgilangan. XI-XII asrlarda shaxsiy yer egaligi o‘sa boshladi. Yirik feodallar va Budda monastirlari podsho saroyi a’zolari monastir va feodalar davlat yerlarini dehqonlar bilan birga qo‘shib ola boshladi. Ba’zida feodal votchinniklar davlat yerlarida ishlovchi dehqonlarni kata va’dalar berib o‘zlariga og‘dira boshlashdi. Lekin bu va’dalarga ishongan dehqonlar tezda erkin dehqonlardan qaram kreposnoylarga aylanib, qattiq ekspluatatsiya qilingan. Davlat majburiyatlariga nafaqat dehqon mahsulotlari, balki uyda ishlab chiqargan mahsulotlar, hayvon terilari, baliqlar ham to‘langan. Bu barcha narsalar xukmron sinfning manfaatlarini qondirmas edi. Kerakli qazishmalarni topish tuz topish, metalni qayta ishlash, qurol shisha ishlab chiqarish, har-xil taqinchoqlar bularning barini maxsus hunarmandlar ishlab chiqarishgan. Poytaxt va yirik shaxarlarda davlat hunarmandchilik ustaxonalari mavjud edi. Ustaxonalarda davatga qarashli kreposnoylar ishlagan. Hunarmandlarning ishi avlodlariga meros bo‘lib o‘tgan. Ichki savdo ham yaxshi rivojlangan. Poytaxt va yirik provinsiya shaharlarida butun bir savdogar mahallalar bor edi. Ko‘p joylarda bozorlar tashkil etilganedi. Bu bozorlarda dehqonchilik mehnatlari hunarmandlar mahsulotlariga almashgan. Savdo va hunarmandchilik feodal davlatning qattiq ta’qibi ostida bo‘lgan. Tashqi savdo hunarmandchilik sinf uchun yaxshi daromad manbai hisoblangan.koryo Xitoy chjurchjenlari va Yaponiya bilan ancha kuchli savdo olib borgan. 1024 va1040 yillarda Koryoga arab savdogarlari kirib kelgan. Ular dorivorlar va boshqa narsalar olib kelishgan va oltin, kumush, ipakka almashishgan. Koryo Sunn davlati bilan e’tiborga molik savdo olib borgan. U yerdan turli hil matolar qimmatbaho ipak va boshqa narsalar olib kelingan. Koreya savdogarlari Xitoydan jenshen va kamyob dorilar asal va kumush, qog‘oz va xokazolar olib kelishgan. Chjurjenlardan koreyslar teri, ot, yung o‘q va kamonlar olishar edi. Yaponiyadan asal olib kelishib, xunarmandchilik mahsulotlarini ularga sotishar edi. Ichki va tashqi savdoning qanchalik mujimalligiga qaramay savdogarlar o‘zaro ijtimoiy kuch xisoblanmagan. Ular feodal va Budda cherkovining agenti sifatida mavjud edi va feodallar ularni qattiq nazorat qilgan. Koreya davlatida Ayniqsa XI asr 2-yarmida feodal madaniyat asosiy o‘rinni egallagan. 985 yilda chinovnik mansabiga o‘tish uchun davlat imtixonining analogik xitoycha usuli ishlab chiqildi. 992 yilda esa xukmron chinovniklar uchun oliy konfusiylik maktabi ochilgan. XI asrda Saroy kutubxonasida juda ko‘p xitoy konfusiylik adabiyoti va bir necha ming xitoy kitoblari mavjud edi. Konfusiy olimlarining xarakati bilan shaxsiy maktablar ochilgan. Ular ichida 1055 yilda tashkil topgan maktab ancha taniqli bo‘lgan. Bu vaqtda buddizm roli ancha yuksak edi. Budda cherkovi a’zolari davlat ishlariga tez aralashardilar. Podsho Munchjona (1047-1083) davrida 60 yil davom etgan «Techanchyon» budda adabiyoti maqomiga yetkazilgan. 1097 yild Kegyon atrofida Xinvonsa Budda maqbarasi qurilishi nixoyasiga yetgan. Bu maqbarada 1000ta monax bo‘lgan. Mo‘g‘ullar tomonidan Xinvanga buzib tashlangan va yoqib yuborilgan. Budda adabiyotining monumental nashrlari kitob bosishning ravnaqiga turtki berdi. XIII asr yozuvchisi Li Kyu Bo ma’lumot berishicha «Sanjon yomun» (Qadimgi va xozirgi boshqaruv xaqija kitobi) kitobi 1234 yilda yozilgan. Bu kitobda Koreya davlati institutlari xaqida ma’lumot berilgan. XII asrlardagi siyosiy va sinfiy kurash Dehqonlar xarakati. XII asr boshlaridan Koreya davlatining zaiflashuvi ko‘rinib qolgan edi. Buning asosiy sababi feodallar, Budda monastirlarining va yirik chinovniklar tomonidan davlat yerlari va xrestyanlar davlatidan tortib olingan edi. Davlat yer fondining qisqarishi bilan XI asr 2-yarmida davlat turli majburiyatlardan voz kechishga majbur bo‘ldi. Lekin shunga qaramay ba’zi bir xizmatlari uchun yer in’om etish to‘xtamagan. Yirik feodal uzellarning boshliqlari о‘zlarining shaxsiy qurollangan otryadini tuzdilar. Budda monastirlari qurollangan monaxlardan otryad uchun ichki kurashi xarbiy dvoryanlar va chinovniklar, ruxoniylar о‘rtalarida boshlanib ketadi. 1126 yilda xarbiy kurash poytaxt Kechen kо‘chalarida tarqaladi. Bu kurashga xokimiyatni egallash uchun feodal Li Cha Gyoma boshchilik qiladi. Bu kurash xatto tashqi chjurchjeyeneylarning bosqini tufayli ham tо‘xtamaydi. Chjurchjeniylar bilan kurashda mamlakatning shimoliy g‘arbiy qismidagi feodallar Monax Myoxonam boshchiligida podsho rezidensiyasini Sogyon (Pxenyenga) kо‘chirishni talab qiladilar. Poytaxt aristokratiyasining qarshiligiga uchragan feodallar ochiqchasiga shimoliy-g‘arbiy rayonda alohida davlat «Buyuk mо‘jizalar davlati» (Pevichuk)ni tuzishlarini e’lon qiladi. Feodallarning kurashi dehqonlar xarakatiga turtki berdi. Feodal Kim Bu Sin boshchiligida dehqonlar xarakatini tо‘xtashi bilan davlat bu barcha xarakatlarga ham barham berdi. 1756 yilda Janubiy Koreyada Myonxvakso qishlog‘ida davlatga qaram krepostnoylar bosh kо‘tarishdi. Man boshchiligidagi bu qо‘zg‘olonlar Kenchju shahrini egallashdi. Poytaxtdan jо‘natilgan 3000 kishilik otryad qattiq zarbaga uchradi. Shuning uchun otryadlar ularga yon bosib Menxvaksoda yashovchi aholini krepostnoylikdan ozod qildilar. Podsho Man I bilan gaplashguncha xokimiyat qо‘zg‘olonchilarga qarshi yangi otryad tayyorladi. Bundan xabar topgan Man I xukumat askarlari bilan kursha boshladi va poytaxtga xavf soldi. Bir vaqtning о‘zida mamlakat janubi va shimolidan qolgan dehqonlar ham qо‘zg‘olon kо‘tarishdi. 1117 yilda Man I saroyga kelishuvga chaqirtirilib ushlanadi va о‘ldiriladi. Shimolda Kim Dana boshchiligidagi kurashlar ham tо‘xtadi. 1193-1194 yillarda dehqonlar qо‘zg‘olonlarining yangi tо‘lqini kо‘tarildi (Qо‘zg‘olon Kim Sa Mi, Xe Sima va boshqalar boshchiligida bо‘ldi). Katta dehqonlar qо‘zg‘olonlari feodal xokimiyatni kuchsizlantiradi. Feodal xarbiylarning biri Chxve Chxun Xan xokimiyatga kelgach dehqonlarga qarshi kuchli xarakat boshladi. XIII asr boshlarida yana dehqonlar qо‘zg‘olonlari boshlandi. Koreya xalqining mо‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi. Birinchi marta mо‘g‘ul askarlari 1218 yilda Koreyada paydo bо‘lgan. U Koreya xukumatidan juda og‘ir о‘lpon talab qiladilar. 1225 yil Koreyadan qaytayotgan elchining о‘ldirilishi mо‘g‘ul va koreys munosabatlarini yomonlashtirib yubordi. 1231 yil yozida mо‘g‘ul askarlari Salitoy boshchiligida Koryoga bostirib kirishadi va xalqning qattiq qarshiligiga uchraydi. Kuchju (xoz. Kuson) himoyachilari 30 kun davomida mо‘g‘ul armiyasiga qarshilik kо‘rsatdilar. Chxunchju shaxri himoyachilari mо‘g‘ul askarlarining mamlakat janubiga yurishlari tо‘sib qо‘ydilar. Biroq poytaxtga hujum arafasida xukmron feodal sinf Chxve boshchiligida bosqinchilarga yon bosishadi va sulh tuziladi. Ular kata о‘lpon, kiyim kechak, matolar tо‘plashlari kerak bо‘ladi. 1232 yil mо‘g‘ul askarlarining janubiy qismi katta о‘lja (oltin, kumush)olishib mо‘g‘uliyaga qaytishadi. Koryoda esa 70 mо‘g‘ul askarlari qolishadi. Mо‘g‘ullar Koryoliklarga Yangi poytaxt Kandani qurdiradilar. Mо‘g‘ullarning butun og‘irligi xalq gardaniga tushar edi. 1232 yil Kchyonda qaram prepostnoylarning va davlatga qarashli dehqonlarning qо‘zg‘oloni boshlandi. Ular shaharda qolgan aristokratlarni yо‘q qilishdi ularni boyliklarini qambag‘allarga bо‘lib berishdi va Kandanga yashiringan feodallarga qarshi kurashga tayyorgarlik kо‘rishdi. Xukmron sinf bu xarakatni tо‘xtatdi. Bu xarakatlar keyingi yil Sochyon, Tongyoda (Kyonchju), Nanchjuda va boshqa joylarda bо‘lib о‘tadi. Lekin bularning barchasi xukmron sinf tomonidan bostiriladi. Mо‘g‘ullarning о‘ldirilishi va feodallar Kondoga qochishiga javoban 1232 yil oxirida Yana Mо‘g‘uliston askarlari Koryoga yurishga majbur bо‘ldi. Keyingi 20 yil davomida Yana 5marta bosqinchilik, talon-taroj yurishlari sodir etildi.1253 yil bir chinovnik podshohga aholining har 10 kishisidan faqat 2 kishigina tirik qolganini aytadi. 1254 yil bosqini natijasida 207 ming kishi asirga olingan va olib ketilgan. Oqibatda hokimiyat Kechyonga qaytib mо‘g‘ullarni tan olishga majbur bо‘ladi. Yana mamlakatda mо‘g‘ul askarlari tо‘lib ketdi, janubiy qismida esa mо‘g‘ullarning xarbiy qishloqlari paydo bо‘ldi. Feodallar mо‘g‘ullarning istaklarini sо‘zsiz bajo keltiradi. Bunday xolat mamlakatni oyoqqa turg‘azdi. Shunda davlat dexqonlari va krepostnoylardan tashkil topgan «uch asosiy korpus» qо‘zg‘olon kо‘tardi. Ular mamlakatni Chxve sulolasidan chiqqan podsho boqarishini talab qilishdi. qо‘zg‘olonchilar xukmron sulolaning bir a’zosini podsho etib saylashdi. Mingta mayda kemalarda ular Chindo ( keyincha Chechjudo) oroliga suzib keladi. Qо‘zg‘olon uch yil davom etadi. Mо‘g‘ullarning yordami bilan xukumat Chechjudodagi qо‘zg‘olonni bostirdi. Natijada xokimiyat mо‘g‘ullar qо‘liga о‘tdi. Mо‘g‘ul imperatori Xubilay Koreyani Yaponiyani bosib olishda tayanch nuqtaga aylantirmoqchi bо‘ldi. 1274-yilgi yurishning о‘zidayoq 8000 koreys askari va 6700 dengizchi qatnashdi. Ikkinchi yurish paytida (1281) mо‘g‘ullar 900ta kema talab qildi. Koreys xalqini tinch ushlab turish maqsadida mо‘g‘ullar о‘q - yoy ishlab chiqarishni mann etishdi. Ular Koryo davlatidan ikki viloyatni Shim./arbiy (Tonnyobu) va Shim.Sharqiy (Ssanson chxongvanbu)larni tortib olishdi. Koreys feodallari keyinchalik mо‘g‘ul qiziga uylanadi yoki Yuan imperiyasi poytaxti Pekinda yashay boshladi. Shu Bilan mо‘g‘ullar ularni о‘z iznlarida saqlab turishdi. Li sulolasi paytida markaziy feodal davlatni mustaxkamlash. 1392-yil Koryoning oldingi xukmdorlaridan Li Son Geо‘zini podsho deb e’lon qildi. U Yangi sulola asoschisi bо‘ldi. Uning davrida davlat Choson nomi Bilan atala boshladi. Poytaxt esa Seulga kо‘chirildi. Bu sulola Koreyada 1910-yilgacha xukmronlik qiladi. Yangi sulola xukmdorolarning siyosati markaziy xokimiyatni mustaxkamlashga qaratilgan edi. Ular federatsiyani о‘z mustaqilligidan olib tashladi. Faqatgina Budda ibodatxonalarigina mustaqil edi. Li xokimiyati bir necha bor (1392, 1402, 1424-yillarda) Budda yerlariga va kreposnoylarga yirik konfiskatsiyalar e’lon qiladiY. Kо‘p cherkov yerlari davlatga qaytarildi. Senchjona davrida(1419-1450) Saroy akademiyasi «Donishmandlar uyi» tashkil etilgan. Bu yerda asosan konfusiylik ta’limotlariga asoslangan etika va xuquqIy savollar muxokama qilingan. Saroy ziyolilari «Koryo tarixini» yaratishdi. Qattiq nazorat ostida juda kо‘p bilimlar kengaydi. Olimlar tibbiyot, astronomiya, matematika, qishloq xо‘jaligi, geografiya, fizikaning Yangi qirralarini ochdilar. Buyuk olimlar keyinchalik xokimiyatda xam yuqori о‘rin egallay boshlashdi. Kitob bosishda metall shriftlardan foydalanish kitob bosishdagi va madaniyat tizimidagi yangilik bо‘ldi. Bu davrda 28 xarfdan iborat alfavit vujudga keladi. 1443 yilda vujudga kelgan bu alfavit Saroy ziyolilari tomonidan (Chan In Chji vujudga keldi) «xunmin chonim» (axolini о‘rganish uchun xaqiqiy ovozlar) deb nomlangan edi. Alfavit yaratilganiga qaramay muxim xujjatlar va badiiy yozuv qо‘lyozmalari koreys yoki iyeroglif yozuvida qolar edi. Nazorat savollari: “Sanjon Yomula” kitobi nima haqida? Koreada Buddizm dini ta’siri qanday edi? Davlatagi majburiyatlar haqida ayting Kidanlar bilan munosabatlar haqida ma’lumot bering Foydalanilgan adabiyotlar: История стран Азии и Африки в среднўе века. М.,1987. История народов Восточной и Центральной Азии. М., 1986. История стран Азии и Африки в среднўе века. 1-2 я. М., Вўсшая школа, 1988. История среднўх веков (под.ред.З.В.Удальцовой и С.П.Карпова. 1-2 ч.). М.. Вўсшая школа, 1991. Ванин.Ю.В. Аграрнўй строий феодальной Кореи. М., 1981. История Кореи. М., 1974. Download 453.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling