Qonun ijodkorligi borasidagi faoliyat sifatini tubdan yaxshilash, qonunchilik bazasini tizimlashtirish va qonunosti hujjatlari sonini keskin qisqartirish, qonun ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modelini yanada keng qoʻllash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi. Huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash faoliyatini oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Har bir qonunning, taʼbir joiz boʻlsa, koʻzi, oyogʻi, ijrosi boʻlishi lozim. Qonun qabul qilindimi, albatta, hayotda oʻzgarish boʻlishi kerak.
QONUN IJODKORLIGI VA HUQUQNI QOʻLLASH AMALIYOTI
Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz Shahrisabzdagi Oqsaroy peshtoqiga yozdirgan “Adolat – davlatning asosi va hukmdor – shioridir”, Alisher Navoiy bobomizning esa “Zulm qilma, insofli boʻl, xalq uchun adl qasri, yaʼni adolat qoʻrgʻonini bunyod et”, deb aytgan hikmatli soʻzlarida aks etgan ulugʻvor gʻoyalar insonning qadr-qimmatini oliy darajaga koʻtarish borasidagi amaliy harakatlarimiz poydevoriga aylanmoqda.
Sud ostonasida qadam qoʻygan har bir inson hosil qilishi adolat hukm surayotganiga toʻla ishonch hosil qilishi kerak. Aks holda, buyuk nemis faylasufi Immanuil Kant aytganidek, “Adolat yoʻqolgan paytda hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi”.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etish strategiyasida ushbu sohadagi ustuvor vazifamiz – Oʻzbekistonning dunyodagi “Qonun ustuvorligi indeksi” yuqori darajada boʻlgan davlatlar qatoriga kirishini taʼminlash va aholining adolatli sudlovga ishonchini oshirishga yordam beradi.
Yangi Oʻzbekiston strategiyasi mustaqil advokatura faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda tutadi.
Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Bu borada “Mustaqil advokatura konsepsiyasi” ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Tergov va sudning barcha bosqichlarida advokatning roli yanada oshiriladi, Advokatlar akademiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |