Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi


YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON


Download 2.2 Mb.
bet3/21
Sana04.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1747622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON


2- BO‘LIM: XALQPARVAR DAVLAT
 
  • “Davlat - inson uchun” tamoyili - demokratik islohotlar mezoni
  • Davlat organlari -xalqqa xizmat qilishning samarali vositasi
  • Davlat boshqaruvining sivilizatsiyaviy imkoniyatlari
  • Hududiy masalalarni hal qilish masʼuliyati
  • Qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti
  • Mustaqil va odil sud tizimi
  • Erkin va ochiq fuqarolik jamiyati
  • Ijtimoiy masʼuliyatli ommaviy axborot vositalari

Aslida esa, avvalo, inson, uning haq-huquqlari va baxt-saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi boʻlishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu gʻoyaga tayanishi hamda “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida tashkil etilishi darkor.
Eng asosiysi, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi boʻlib yashashi davlatning bosh maqsadiga aylanib bormoqda. 2030-yilgacha moʻljallangan barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashni koʻzda tutadigan “hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, “Xalq – qonunlarining tom maʼnoda yagona manbai va muallifi hisoblanadihamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida” jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi” tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini tubdan oʻzgartirmoqda. Jamiyatda “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo etamiz” degan ulugʻvor maqsad umumxalq harakatiga aylandi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling