Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi


MUSTAQIL VA ODIL SUD TIZIMI


Download 2.2 Mb.
bet6/21
Sana04.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1747622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
MUSTAQIL VA ODIL SUD TIZIMI
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar quyidagilardan iborat:
  • Davlatning va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni yanada jadal va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini birlashtiruvchi zamonaviy, demokratik hamda ochiq-oshkora maydon sifatida ularning yuqori darajadagi tizimli va samarali muloqotini yoʻlga qoʻyish;
  • Oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini aniqlash va milliy modelini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • Fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish;
  • Davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligining zamonaviy mexanizmlarini, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • Ilmiy va ekspertlar guruhlari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish yuzasidan tashabbus koʻrsatish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli ravishda oʻrganish, umumlashtirish va tahlil qilishni tashkil etish;

ERKIN VA OCHIQ FUQAROLIK JAMIYATI
Bugungi kunda OAV tom maʼnoda “Toʻrtinchi hokimiyat”ga aylanib bormoqda. Achchiq gap va tanqidiy materiallar joylardagi koʻplab amaldorlarga yoqmasligi, ularning tinchini va halovatini buzayotgani ham bor gap.
Oshkoralik va soʻz erkinligi bu — davr talabi, bugun Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarning talabi.
Xolis va adolatli jurnalist va blogerlarning tanqidiy chiqishlari eskicha qolipda ishlaydigan rahbarlarning faoliyatidagi xato-kamchiliklarni koʻrsatib, ularni ish uslubini oʻzgartirish va masʼuliyatini oshirishga majbur qilmoqda.
Mamlakatimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy institutlar kabi Oʻzbekiston jurnalistikasi ham hozirgi raqamli texnologiyalar davrida yangi shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda.
Axborot va matbuot erkinligi, fuqarolarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirishi, davlat idoralari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi – Yangi Oʻzbekistonning sifat koʻrsatkichlaridan biriga aylandi.
Bu yoʻlni davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri deb bilamiz va qatʼiy davom ettiramiz.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling