Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Download 222.12 Kb.
bet14/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Xalifalikdagi xalq xarakatlari. Saltanatga kelgan Abbosiylar endi Ummaviylarga nisbatan qonli intiqom siyosatini yurgiza boshladi. Abbosiylar hokimiyatga kelgan dastlabki davrda eronliklarga suyangan holda arab isyonchilarini bostirishga erishgan bo‘lsa, keyinchalik arablarga suyanib, eronliklarga zo‘ravonliklar o‘tkazdi. Mehnatkash xalqqa soliqlarni kamaytirish haqidagi va’dalar va’daligicha qolib ketdi. Shu tariqa ular ham eronliklarning, ham arablarning e’tiboridan tushdi. Natijada butun xalifalikda, ayniqsa Xurosonda, Eronda va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi
qo‘zg‘olonlar avj olib ketdi. Ayniqsa, 755-yilda xalifa Mansur tomonidan Abu Muslimning hoyinona o‘ldirilishi bunday xarakatlarni yanada kuchayishiga sabab bo‘ldi. Abu Muslimning o‘ldirilishiga qarshi uning yaqin izdoshlaridan bo‘lgan Sunbod Mugʻ tomonidan 755-yilda boshlangan qo‘zg‘olon, Sharqiy Xurosondagi Ustad Sis qo‘zg‘oloni, 776-783-yillarda bo‘lib o‘tgan Muqanna boshchiligidagi «Oq kiyimlilar qo‘zg‘oloni», 806- 810-yillarda Samarqandda boshlanib, butun Movarounnahrni larzaga keltirgan Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olonlar bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Sunbod qo‘zg‘olonidan bir necha yil o‘tgach xalifaga qarshi yana xalq xarakati boshlanib, unga Adam va arxangel Gavril boshchilik qilgan (asli kelib chiqishi eronlik bo‘lgan). Ular xalifa al-Xashim saroyiga yaqinlashib, undan ijtimoiy sohada aniq islohotlar o‘tkazilishini talab qilgan.
776-yilda o‘zini boshida “Xudo timsoli” mujassamlashganligini targ‘ib qilgan Hoshim ibn Hakim tomonidan qo‘zg‘olon boshlandi. U o‘z vaqtida Abu Muslimning yordamchisi bo‘lgan. U boshi va yuzini ko‘k parda bilan o‘rab yurgan, shuning uchun al-Muqanna, ya’ni “Niqobdor” degan laqab olgan. U savodli, aqlli va tadbirkor bo‘lgan. U Mazdak g‘oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targ‘ib etgan. Muqanna atrofida o‘z tarafdorlarini to‘plagan. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari oq kiyimda xarakat qilganlari uchun bu qo‘zg‘olon tarixda “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni deb nom qoldirdi.
Abbosiylar davrida asosiy isyonchilar sifatida xurramiylar tarix sahniga chiqdi. Vizantiyaliklar Xurramiylar bilan yaxshi aloqada bo‘lib, Bobek boshchiligidagi (816-837) qo‘zg‘olonni hozirlashdi. Vizantiyaliklar xurramiylarga harbiy yordam berishib, xalifalikka qarshi qaratishdi. Bunga javoban arab xalifasi Ma’mun Kichik Osiyoga vizantiyaliklarga qarshi 4 marta qo‘shin yuborishga majbur bo‘ldi (830, 831, 832, 833-yillar). Xurramiylar xarakati Bobekka 838-yili xalifalikka qarshi qayta kurashida ham yordam berishdi. Ayniqsa bu Amoriy shahrida yaxshi natija berdi. Xalifa






  • Xurramiylar, xurramiya (fors. xurramdin – “xush, xurram e’tiqodga ega”) - sunniylikka qarshi bo‘lgan moniylik-mazdakiylikka xos oqimlarning umumlashma nomi. VIII-X asrlarda Eronda ularning shiori ostida g‘alayonlar bo‘lgan. Ular nafaqat shariatni, balki umuminsoniy axloqiy normalarni ham inkor etganlar, ular barcha man etilgan narsalar joiz deb, jumladan, boshqalarning mol-mulki va hatto ayollariga egalik qilishni ham joiz deb hisoblashgan. Ular Abu Muslim, Maxdiy, Abu Muslimning qizi Fotimaning o‘g‘li Feruzga ibodat qilib, butun faoliyatlarini islomni buzishga qaratganlar. Ular zardushtiylarning g‘oyaviy merosxo‘ri bo‘lib, mafkurasining asosini dualizm - yorug‘lik bilan zulmat o‘rtasidagi kurash tashkil qilgan. Ular kishilarning umumiy tengligi, soliq va majburiyatlarni bekor qilish, moddiy boyliklarni teng taqsimlashni yoqlab chiqishgan. Xalifalikdagi barcha qurolli xalq harakatlarini qo‘llab-quvvatlashgan.

Ma’mun o‘limi oldidan ukasi va vorisi Mutasimga (833-842) xurramiylarga qarshi qattiqqo‘llik bilan kurashish vazifasini qo‘ydi. Yangi xalifa armiyani qaytadan tuzib, Afshin boshchiligida qo‘shinni jangga shayladi. Bu orada xurramiylar xalifa bilan o‘zlari uchun ma’qbul bo‘lgan shartnomalarni imzoladi. Bobek Vizantiya imperatori Feofil bilan ittifoq tuzdi. Ammo bu paytga kelib qo‘zg‘olon o‘z ahamiyatini yuqotib bo‘lgan edi. 837-yil avgustda, bir yillik qamaldan so‘ng qo‘zg‘olonchilarning Talish tog‘idagi Bazz qal’a-qarorgohi egallandi. Bobek alban knyazi oldiga qochdi. Uni xalifaga ushlab berishdi va u xochga qoqilib o‘ldirildi.
Xalifalik sharqida bo‘lgani kabi g‘arbdagi qo‘zg‘olonlar ham xalifalikni larzaga soldi. Yaman va Hijozda shi’alar ko‘tarildi (eng yirigi 786-yilda bo‘ldi). Xalifa Alining o‘g‘li Xasanning chevarasi Idris I ibn Abdulloh 786- yilda Hijozda Ali tarafdorlari qo‘zg‘olonida faol qatnashib, dastlab Misr hududiga, so‘ngra Marokash hududiga qochadi. U berberlar ko‘magida 789- yilda Marokashning shimoliy hududida Idrisiylar sulolasiga asos soldi. Bu davlat 905-yilda Ismoiliylar sulolasi tomonidan bosib olindi. Irdis I (789-828) va uning o‘rniga taxtga chiqqan Irdis II (793-828) davrida islom madaniyati islomni qabul qilgan berber qabilalari orasida keng tarqaldi. 814-815-yillarda esa Iroqdagi shi’alar Abu Saray boshchiligida isyon ko‘tardi. Quyi Iroqda 18- yil (820-yildan) zutt-chorvador va baliqchi qabilaning (taxminlarga ko‘ra ular sigan (lo‘li) lar bo‘lib, Hindistondan V asrda kelgan.) g‘alayoni bo‘lib o‘tdi. 831-yil Misrda bolalari va xotinlarini qul qilib sotilishiga qarshi qo‘zg‘olon bo‘ldi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling