Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Download 222.12 Kb.
bet17/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Tayanch atama va iboralar: Suy, Tan, Sun, si tyan, gun tyan, guan tyan, xan, kidanlar, Lyao, tangutlar, chjurchjenlar, Buyuk Shu davlati, Van An-shi, G‘arbiy Sya, mo‘g‘ullar bosqini, “oq nilufar gul”, min sulolasi, tashqi siyosat,


Besh sulola va o‘n qirollik davrida Xitoy


Xan sulolasi qulagandan so‘ng, 265-589-yillar Xitoy tarixiga “Olti sulola” davri nomi bilan kirdi. Bu davrda Xitoyni oltita sulola: G‘arbiy Szin (265-316), Sharqiy Szin (317-420), O‘ng Sun (420-479), Janubiy Tsi (479-
502), Janubiy Lyan (502-559) va Janubiy Chen (557-589) boshqardi.
581-yilda Xitoyda yangi Suy imperiyasiga asos solindi. Suy sulolasi hukmronligi Xitoyda 581-yildan to 618-yilgacha davom etgan. Suy sulolasiga Yan Szyan asos solgan bo‘lib, u imperator Ven-Di nomi bilan 581-604-yillarda imperiyani idora qildi. Imperator Ven-Di 589-yilda Xitoyning janubi va shimolini birlashtirib, xitoylik bo‘lmagan elatlarning shimoldagi hukmronligiga chek qo‘ydi. Suy imperiyasining poytaxti Chanyan shahri edi. Suy imperiyasi dehqonlar qo‘zg‘oloning avj olishi va ichki nizolar natijasida barham topdi. 618-yilda Tayyuan (hozirgi Shansi viloyati) noyibi Li Yuan hokimiyatni egallab, yangi Tan sulolasiga asos soldi. Osiyoning qudratli davlati bo‘lgan Tan imperiyasining gullab- yashnagan davri imperator Syuan-Szun (713-755) hukmronlik qilgan paytiga to‘g‘ri keldi. Avlodlar xotirasida bu davr Xitoy madaniyatining yuksalgan davri sifatida muxrlanib qoldi. VII asrdan mamlakat iqtisodiyotida bir qator yutuqlarga erishildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali yetishtirish maqsadida yerdan foydalalanishda yangidan taqsimot o‘tkazildi. Qayta
ishlov berilgan yer maydonlari kengayib yetishtirilgan mahsulot turlari ko‘paydi. Mamlakat janubida ko‘proq shakarqamish yetishtirila boshlandi. Yangi kanal va suv omborlarining qurilishi natijasida oldinlari ishlov berilmay kelingan yerlar ham o‘zlashtirila boshlandi. VII asr davomida aholining soni ham anchagina ko‘paydi. Oldingi qishloqlar o‘rnida shaharlar soni oshaboshladi. Zamonaviy mehnat taqsimoti tufayli hunarmandchilik rivojlanib, bu hol mamlakatning yanada rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
VIII asrda agrar o‘zgarishlar bilan bir qatorda sulolaviy inqirozlar yuz bera boshladi. Birinchi navbatda g‘aznaga qishloq xo‘jaligidan kelayotgan tushum sezilarli darajada pasaydi. Imperiya o‘zining oldingi vassallik hududlaridan ayrila boshladi. 751-yilda Talos vodiysida arablar bilan bo‘lgan jangda mag‘lubiyatga uchragan Xitoy Buyuk ipak yo‘lida oldingi tutgan mavqeyidan ayrildi. Undan oldinroq Koreya ham Tan sulolasidan ajralib chiqqan edi. Shimoliy-sharqda Xitoy yerlariga kidan qabilalari xavf solmoqda edi. Janubi-g‘arbda (Yunan) da Nanchjao davlati kuchaydi. Tibetliklar va uyg‘urlar hujumi ham nihoyasiga yetmadi. Xitoy dehqonlar tinkasini quritgan holda yuqoridagi davlatlarga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Xazina esa yanada bo‘shab boraverdi. Imperator saroyida ham siyosiy guruhlar orasida kurash avj oldi. Jamiyatning asosiy muammolaridan biri mamlakat birligiga putur yetayotgani bo‘ldi.
711-yildayoq shimolni ko‘chmanchi chorvador qabilalar xavfidan himoya qilish, savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida g‘arbdagi kuchli davlatlar va Tan hukumati ,,Tzedushi’’ nomli general- gubernatorlik institutlarini tashkil eta boshladilar. VIII asr o‘rtalaridan gubernatorlar orasida An Lushan alohida ajralib turgan. U qo‘shni qabilalardan saralangan qo‘shin to‘plagan holda 755-yilda Chanan hududlariga yurish qilib, Tan imperiyasiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsada, ammo xalq ham uyg‘ondi. Muqaddas xisoblangan “Osmon o‘g‘li” deb nomlangan imperatorga salbiy nazar bilan qaray boshladi.
780-yilda birinchi vazir Yan Yanya taklifiga binoan soliq tizimi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Yangi soliq tizimi joriy etilib, bundan buyon soliq yerning miqdori va holatiga ko‘ra belgilanadigan bo‘ldi. Barcha aholi o‘z yeri turiga ko‘ra 9 guruhga bo‘lindi. Bu islohotga binoan oldinlari soliqlardan ozod etilgan shaxslar ham soliq to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, shaharlarda yashovchilar va hunarmandlar ham soliq to‘laydigan bo‘ldi. Yoz va kuz fasllarida undiriladigan ikki marotabali soliq joriy etildi.
Xitoyda shaharlarning rivojlanishi hunarmandchilik ishlab chiqarish kengayishi bilan bog‘liqdir. Metallni qazib olishda qayta ishlash alohida o‘rin egallagan. XI asr mamlakatda mis qazib olish IX asrga qaraganda 30 barobar oshgan. 1078-yil butun Xitoyda temir ruda qazib olish 75 mingdan 150 ming tonnagacha yetgan kumush va boshqa rangli metallar qazish ishlari ham kengaydi. Temirchilik ishi keng yoyildi.
Besh sulola va o‘n qirollik davri. 907-yillda Chju Ven saroyda to‘ntarishni amalga oshirdi va so‘nggi Tan imperatorini asir oldi. Tan sulolasi zavol topdi. Mamlakat mayda davlatchalarga bo‘linib ketib, ularning rahbari esa bir-biri bilan ,,osmon o‘g‘li’’ unvoni uchun kurashga kirishdi. Tan sulolasining janubiy va markaziy qismida mustaqil qirolikllar paydo bo‘ldi. Tarixga “besh sulola va o‘n qirollik” nomi bilan kirgan davr boshlandi. Bu tarixiy davr xronologik jihatdan 907-yildan 960-yilgacha bo‘lgan davrni ya’ni Tan sulolasining qulashidan yangi butun Xitoyni birlashtirgan Sun sulolasining hokimiyatga kelguniga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan. Aslida uning xronologik chegarasi turli muddatlarni qamrab olgan. Janubda birinchi mustaqil qirollik 891-yilda vujudga kelgan. 907-yilda janubdagi qirolliklar soni yettitaga yetgan. Janubiy Xitoydagi qirollik Sun sulolasi bo‘lsa mamlakat ustidan hukmronligini 979-yilda o‘rnatgan. Shu boisdan ham 907-960-yillar shartli ravishda olingan. 90 yil davomida Xitoy shimolida hokimiyat besh sulola (So‘nggi Lyan (907-923), So‘nggi Tan (923-936), So‘nggi Szin (936-946), So‘nggi Xan (947-950) va So‘nggi Chjou (951-960) qo‘lida almashildi. Janubda va markaziy viloyatlarda bo‘lsa o‘nta mustaqil qirollik yuzaga keldi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling