Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Lyao imperiyasi. Shimoliy Xitoy xalqining kidanlar bosqiniga qarshi kurashi


Download 222.12 Kb.
bet18/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Lyao imperiyasi. Shimoliy Xitoy xalqining kidanlar bosqiniga qarshi kurashi


Kidanlar. Lyao imperiyasi. X asrda “besh sulola va o‘n qirollik” davrida Xitoyning shimoli-sharqiy chegaralarida (Mo‘g‘uliston va unga tutash Manchjuriya hududida) mo‘g‘ul ko‘chmanchi chorvador-ovchi qabilasi kidanlar o‘zlarining mustaqil davlatiga asos soldi.
X asrning boshida kidanlarda hokimiyatni ila qabilasining Elyuy urug‘idan bo‘lgan Abugi (Apoka, Ambogyan) egalladi. 907-yilda u o‘zini imperator deb e’lon qildi va merosiy monarxiyaga asos soldi. Davlat dastlab “Kidanlar davlati”, 947-yildan bo‘lsa “Buyuk Lyao” (907-1125) deb atalgan. Lyao imperiyasida shaharlar bunyod etilib, hunarmandchilik va savdo rivoj
topdi. Abugi tomonidan davlat apparati va qonunchilik ishlab chiqildi. X asrning 20 yillariga kelib, kidanlarda o‘zlarining yozuvi shakllandi. Buddizm tarqalib, kitob bosish (ksilografiya) yuzaga keldi. Kidan adabiyoti, san’ati va adabiy tili yuzaga keldi. Shaharlarda maktablar va oliy ta’lim muassasalari ochildi.
Kidan imperiyasi qo‘shnilari bilan tinimsiz urushlar olib bordi. Ayniqsa Xitoy uning asosiy raqibi edi. 916-926-yillarda kidanlar G‘arbiy Manchjuriyada yashovchi manchjur-tungus qabilasini buysundirdi, uyg‘ur yerlarini egalladi. Boxay qirolligi tobe etildi. Shuningdek, Xitoyning shimoli- sharqiy va shimoliy yerlari (Shansi va Xebey provinsiyasi), shu bilan birga Xitoy hududidagi So‘nggi Szin, So‘nggi Xan va Shimoliy Xan (936-979), janubiy Xitoydagi Uyue qirolligi (893-978), Janubiy Tan (937-975), Koryo qirolligi (918-1392), tangutlarning G‘arbiy Sya qirolliklari kidanlarning vassalligini tan oldi. Kidanlar davlati Sharqiy Osiyodagi eng qudratli davlatga aylandi. X asr o‘rtalarida ularga qarshi faqat Xitoy xalqi qoldi.
Shimoliy Xitoy xalqining kidanlar bosqiniga qarshi kurashi. Xitoy xalqi kidanlarning birinchi bosqinchilik yurishlari boshlangan vaqtanoq ularga qarshi kurash boshladi. 916-yilda Abugi o‘zining otliq qo‘shinini hozirgi Pekin hududlariga yuborganda, mahalliy qo‘shin va aholi ularga qaqshatqich zarba berdi. Keyingi kurashlarda shimoliy hududlarning barcha aholisi ishtirok eta boshladi. Harbiy markazlar vazifasini budda ibodatxonalari bajardi. Joylarda bir necha yuzdan o‘n minggacha yetadigan vatanparvar qo‘shinlar tuzildi. 944-yilda Lyao qo‘shinlari janubga o‘zlarining navbatdagi yurishini amalga oshirdi. Shimoliy Xitoydagi So‘nggi Szin (936-946) sulolasi hukumat vakillari va qo‘mondonlarining passiv xarakati va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xoinligiga qaramay xalq vatanparvarlari dushmanga qaqshatqich zarba berib, bir necha hududlarni ozod qilishdi.
936-yilda Shansi provinsiyasi feodali, shato qabilasidan bo‘lgan Shi Szin Tan shimoliy Xitoy taxti uchun bo‘lgan kurashda kidanlar yordami bilan g‘olib chiqdi. Lyao imperiyasi hukmdori unga So‘nggi Szin imperatori unvonini berdi. Bunga minnatdorchilik sifatida Shi Szin Tan Shansi va Xebey provinsiyalaridagi muhim hududlarni kidanlarga taqdim etdi. Shi Szin Tan o‘zini Lyao hukmdorining o‘gʻli deb e’lon qildi. Har yili oltin va ipakda o‘lpon to‘lashga rozi bo‘ldi.
946-yilga kelib bir guruh Xitoy sarkardalarining xoinligi sababli kidanlar Kayfin shahrini egallab oldi. So‘nggi Szin imperatori, Shi Szin Tanning vorisini o‘ldirdi. Ammo Kayfin va unga yaqin hududlarning o‘n minglab
aholisi dushmanga qarshi qo‘zg‘olonda ishtirok etdi. Kidanlar ularni shavfqatsizlarcha bostirdi.
959-yilga kelib, So‘nggi Chjou armiyasi imperator Chay Jun va sarkarda Chjao Kuan-in boshchiligida kidanlarga qarshi katta jangga kirdi. Chay Jun qo‘shinlari Xebey viloyatidagi bir qancha hududlarni ozod qilishdi. Ammo yurishlardan birida Chay Jun og‘ir yaralandi va vafot etdi. 960-yilda Chjao Kuan-in (960-976) o‘zini imperator deb e’lon qildi. Shu davrdan boshlab, uch yuz yildan ziyod davom etgan Sun sulolasi (960-1279) ning boshqaruvi boshlandi. Sun sulolasining poytaxti 1127-yilga qadar Kayfin, keyin esa Xanchjou shahri bo‘ldi. Sun sulolasi dastlab markaziy hokimiyatni mustahkamladi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling