Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


XII asr oxiri – XIII asr boshlarida agrar tuzum


Download 222.12 Kb.
bet26/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

XII asr oxiri – XIII asr boshlarida agrar tuzum


XII asr oxiri – XIII asr boshlarida Yaponiyada yerlarning nisbatan qudratli feodal xonadonlar qo‘lida to‘planishi kuchayib bordi. Tayra xonadonini mag‘lub etgan Minamoto ularning barcha yer-mulkini maxsus yorliq – gogebun asosida o‘z yaqinlariga feod tarzida tarqatib berdi. Shu tariqa mayda pomesteli yer egaligi shakliga asoslangan xususiy feodal yer egaligi evolyutsiyasi boshlandi. Dehqonlar endi ishlab berish majburiyatidan tashqari mahsulot majburiyatini ham to‘lashga majbur etila boshlandi. Odatda ular guruch hosilining 40 dan 60 % gacha mahsulot rentasini to‘lashgan. Ba’zi hududlarda paxtadan ham mahsulot rentasi to‘langan. Undan tashqari dehqonlar qal’alarning qurilishi va ta’mirida, irrigatsiya tizimlarini ishga tushurishga majburiy jalb qilingan. Yana dehqonlar turli xil soliq va yig‘imlarni to‘lashdan tashqari, feodal-samuray drujinasi tarkibida piyoda askar sifatida harbiy majburiyatni ham bajarishi kerak edi.


Xubilayning Yaponiyaga yurishlari


Xitoyda Yuan mo‘g‘ul sulolasi hokimiyatini to‘la qaror topdirgan Xubilay Yaponiyani ham o‘z imperiyasi tarkibiga kiritishni maqsad qildi. Bu niyatini amalga oshirish uchun u 1266-1273-yillarda Yaponiyaga bir necha elchilik missiyalarini yubordi. Ularda Yaponiyani zudlik bilan tobe bo‘lish, aks holda ularga qarshi urush boshlanishi talabi yetkazildi. Lekin sikken Xodzyo Tokimune (1251-1284) bu talablarni rad qilib, mudofaa inshootlarini mustahkamlashga kirishdi. Bundan xabar topgan Xubilay 1274-yilda Koreya hududi orqali Yaponiyaga juda katta harbiy flot yubordi. 15 ming mo‘g‘ul va xitoy, 8 ming yomon tayyorgarlik ko‘rgan koreyslardan, 7 ming yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan koreys va xitoy dengizchi desantlaridan iborat bu flot dastlab muvaffaqiyatga erishib, Susimu va Iki orollarini egallashga muvaffaq




    • Eta – feodal Yaponiyasidagi pariylar kastasi. Ularning kastasi merosiy asosda o‘tgan va asosan hayvonlarni so‘yish, ularning qismlarini qayta ishlash, terilarini shilish, shuningdek ahlat tozalash ishlari bilan shug‘ullanganlar. Eta kastasi “murdor qilinganlar”, ya’ni harom qilinganlar hisoblangan, ularning kastasi “daxlsiz” bo‘lgan, sababi budda arkonlariga ko‘ra hayvonlarni o‘ldirish taqiqlangan edi. Kasta a’zolari huquqsiz bo‘lib, faqatgina maxsus ajratilgan yerlarda istiqomat qilishlari mumkin edi. Kastadan tashqarida nikoh qurishlari ham man qilingan.

bo‘ldi. Biroq janubiy provinsiya Kyusyudan kelgan yordamchi qo‘shin vaziyatni Yaponiya tomoniga o‘tishiga xizmat qildi. 3 minga yaqin katta kemalar va 400-500 kichikroq qayiqlardan iborat Xubilay flotining mayda qayiqlaridan tashqari 700 ta katta kemalari cho‘ktirildi. 13,5 ming yuan askari yapon suvlariga cho‘kib ketdi.
Birinchi yurish mag‘lubiyati Xubilayni to‘xtatib qolmadi. U 1275-yilda yangi talabnoma bilan o‘z elchilarini Yaponiyaga yubordi. Bu safar syogun Xodzyo Tokimune nafaqat Xubilayning talabini rad qildi, balki elchilarni o‘limga mahkum etishga botina oldi.
1279-yilda Janubiy Xitoyni to‘la bo‘ysindirgan Xubilay asosiy e’tiborni Yaponiyaga qaratdi. 1281-yilda boshlangan ikkinchi ekspeditsiyaga ko‘p sonli mo‘g‘ul va koreys harbiylaridan tashqari, 100 ming nafar janubiy xitoy qo‘shinlari ham safarbar qilindi. 23-iyun 14-avgust kunlari dengizda va quruqlikda ayovsiz va shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi. Jangning oxirgi ikki kuni amalda urushning taqdirini hal qildi. Sababi Kyusyu orollaridan dengiz to‘foni ko‘tarilib, mo‘g‘ul flotini yakson qilib tashladi. Yapon tarixiy adabiyotlarida bu shamol “ilohiy shamol” – “kamikadze” nomini oldi. 3500 mindan ortiq kema va qayiqlardan bor yo‘g‘i 200 ga yaqin kema va qayiq bu shamoldan omon qoldi. Ikkinchi ekspeditsiyaning halokatga uchrashining asosiy sababi dengiz to‘foni bo‘lish bilan birga yana harbiy boshliqlarning yo‘l qo‘ygan xatolari edi. Chunki ixcham va kichik bo‘lgan yapon kemalari og‘ir va qo‘pol bo‘lgan mo‘g‘ul kemalaridan to‘fon paytida tezroq xarakatlana olishi va yo‘nalishini osonlik bilan o‘zgartirishlari bilan farq qilar edi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling