Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Feodal urushlarning qayta boshlanishi. Xodzyo boshqaruvining


Download 222.12 Kb.
bet27/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Feodal urushlarning qayta boshlanishi. Xodzyo boshqaruvining


qulashi
Mo‘g‘ullarga qarshi urush mamlakatning notekis rivojlanayotganligini yana bir karra ko‘rsatib qo‘ydi. Mamlakatning rivojlangan va nisbatan kuchsiz taraqqiyot qilgan qismlari o‘rtasidagi tafovut siyosiy kurashlarning boshlanishiga olib keldi. Bu keskinlik yana janubi - g‘arbiy feodallarning kuchayishi hamda hukmron Xodzyo xonadonining zaiflashuvi bilan tezlashib ketdi, chunki syogunlik provinsiyalardagi feodallar ustidan nazoratni qo‘ldan boy berib qo‘ygan edi. Hatto syogun hokimiyatini ag‘darishga qaratilgan fitnalar amalga oshirila boshlandi.
Mavjud murakkab sharoitdan eks-imperator Godaygo o‘z hokimiyatini qayta tiklashga intilib, Xodzyo xonadoniga dushman bo‘lgan qudratli feodal xonadonlari bilan shu maqsad yo‘lida maxfiy ittifoq tuzdi. Lekin tez orada bu maxfiy kelishuv fosh qilinib, Godaygo uzoq Iki oroliga surgun qilindi.
Shunga qaramasdan Godaygoni qo‘llab-quvvatlagan janubi - g‘arbiy feodallar Xodzyo qo‘shinlariga bir qancha halokatli zarbalar berishga erishdi. Natijada imperatorlik hokimiyati qayta tiklandi. Bu davr tarixda “Kemmu restavratsiyasi (qayta tiklanishi)” nomi bilan qoldi (Kemmu 1333-1335- yillarda hukmronlik qilgan imperatordir).
Lekin Godaygo hokimiyatining tiklanishi ham uzoq davom etmadi. Bu safar imperator bilan Xodzyo xonadonining qulatilishini ta’minlagan qo‘shin boshliqlari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Ilgari Xodzyoning asosiy harbiy qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan Asikaga Takaudzi xiyonat yo‘liga kirib, imperator tomoniga o‘tib ketadi. Imperator bilan harbiy qo‘mondonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganligidan u o‘zining hokimiyatini o‘rnatish yo‘lida foydalanishga qaror qildi. Godaygo urushdan oldin feodallarga bergan va’dalarini – ularga yer va mansab berishni bajara olmadi. Uning ustiga uning buyrug‘i bilan joriy qilingan yangi soliqlar va hech bir ta’minotga ega bo‘lmagan qog‘oz pullarning Xodzyoga qarshi kurash kompaniyasi xarajatlarini qoplash uchun chiqarilganligi ko‘plab feodallarning noroziligiga sabab bo‘ldi.
G‘oliblar lageridagi o‘zaro kelishmovchiliklardan xabar topgan Xodzyo revansh olishga urinib ko‘rdi. Lekin Asikaga Takaudzi uni mag‘lubiyatga uchratdi. Kiotoni egallab, o‘zining qarorgohi sifatida Kamakurani tanladi va o‘zini 1335-yilda syogun deb e’lon qildi. Shu davrdan boshlab Yaponiya tarixidagi ikkinchi – Asikaga syogunligi boshlandi (1335-1573). Asikaga Takaudzi syogunligining e’lon qilinishi bilan Minamoto Yoritomo davrida shakllantirilgan hukumat apparati qayta tiklandi, Nitta Yosisada mulklarini musodara qildi. Bu xarakati bilan u Godaygo va uni qo‘llab-quvvatlovchi butun janubi - g‘arbiy feodal xonadonlarga o‘ziga xos urush uchun “chaqiriq” yubordi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling