Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


“Onin yillari urushi”. Yirik feodal knyazliklarning tashkil topishi


Download 222.12 Kb.
bet30/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

“Onin yillari urushi”. Yirik feodal knyazliklarning tashkil topishi


“Shimol va Janub sulolalari” urushi davrida Yaponiyada ko‘plab iqtisodiy va moliyaviy resurslarning yo‘qotilishi qaramasdan, XV asr boshlariga kelganda o‘zaro kurashlar yangi kuch bilan boshlandi. Deyarli 70 yil davomida mamlakatning turli hududlaridagi feodal xonadonlar – Date va Kakada (1413-yil), Kitabatake va Seki (1414-yil), Satake va Usunomiya (1422-1423-yillar), Kitabatake va Outi (1439-1440-yillar), Xatakeyama, Xosokava, Uesugi, Yamana va Yuki (1436-1467-yillar) Asikaga syogunligiga qarshi kurashib keldi.
Ular ichida “Onin yillari urushi” (1461-1477) ayniqsa jiddiy tus oldi. Bunga Xakatakeyama ikki feodal xonadonlari o‘rtasida yetakchilik uchun kurash sabab bo‘ldi. Bu urushga boshqa feodal xonadonlar ham tortildi. Ishtirokchilarning kuchlari tugagachgina, 1477-yilga kelib urush oxiriga
yetdi. Urushning asosiy oqibatlaridan biri – bu Asikaga syogunligi hokimiyatining kuchsizlanishi, mamlakatda feodal tarqoqlikning kuchayib ketishi, urush arafasi umumiy soni 260 tagacha yetgan feodal xonadonlar o‘rtasidagi separatik tendensiyalar kuchayib ketishi bo‘ldi.
Provinsiyalardagi feodal xonadonlarning kuchayib borishining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy sababi yerga feodal mulkchilik evolyutsiyasining yakunlanishi natijasida yirik feodal (“daymyo” – so‘zma-so‘z “katta nom”) knyazliklarning paydo bo‘lishi edi. Bu jarayon XIV-XV asrlarda boshlandi va hunarmandchilik, mahalliy bozorlarning, savdoning, shaharlarning va tog‘- kon ishining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Qolaversa bu jarayon yerlarning yirik yer egalari qo‘lida to‘planishi asosida kuzatildi. Yapon jamiyatida fundamental tuzulmaviy o‘zgarishlarga olib kelgan knyazlik yer egaligining paydo bo‘lishi ishlab chiqarish jarayoni rivojiga va feodal knyazlar daromadining oshishiga turtki berdi. Masalan, XV asrga kelganda 122 ta feodal xonadonlar yiliga o‘rtacha 14.4 mln koku guruch, shu jumladan eng boy xonadonlar (Siba, Xosokava, Outi va Uesugi) 2.4 mln koku daromad olishgan. Syogunning yillik daromadi turli davrlarda 500 mingdan to 1 mln koku atrofida o‘zgarib turgan.
Ta’sirli knyazlar xashamatli qasrlar qurishgan, ular atrofida mahalliy bozorlarni va shaharning savdo-hunarmandchilki markazlarini joylashtirgan. Ulgurji savdo qiluvchilar va otkup operasiyalari bilan shug‘ullanuvchi sudxo‘rlarning iqtisodiy ahvoli mustahkamlandi, pulga ehtiyoji yo‘q feodallar o‘z mulklaridan to‘planadigan soliq va o‘lponlarni otkup tarzida boshqalarga bergan.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling