Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


“Urushayotgan viloyatlar bosqichi”. Oda Nabunaga faoliyati


Download 222.12 Kb.
bet32/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

“Urushayotgan viloyatlar bosqichi”. Oda Nabunaga faoliyati


“Onin yillari urushi”ning yakuni baribir o‘zaro kurashlarga chek qo‘ymadi. Kantoning shimoliy tumanlarida XV asr oxirigacha davom etgan yangi o‘zaro to‘qnashuvlar boshlandi. Bu kurashlarda Asikagaga dushmanlik munosabatida bo‘lgan Imagava, Outi va Uesugi xonadonlari ishtirok etdi.

  1. asr boshlariga kelganda Yaponiya amalda bir qator mustaqil knyazliklarga bo‘linib ketdi. Hukmron sulolaning eng xavfli raqiblari janubi- g‘arbiy knyazlar bo‘lgan Otomo, Outi va Simadzu xonadonlari edi, ular vaqtlar o‘tishi bilan markaziy hokimiyatdan borgan sari mustaqil bo‘lib ola boshladi.

1507-yilda Yaponiya tarixida yana bir alg‘ovli davrlardan bo‘lgan “urushayotgan viloyatlar bosqichi” boshlandi. Bu kurashlar 1573-yilda ikkinchi syogunlik sulolasi bo‘lgan Asikaganing qulashi bilan yakun topdi.
Mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish uchun kurash boshlaganlardan birinchisi qudratli knyaz Oda Nabunaga (1534-1582) edi. U yirik feodallar bo‘lgan Tokugava va Takeda bilan ittifoq tuzib, 1559-1573-yillarda bir qancha feodal xonadonlarni mag‘lub etdi va Ise, Kan, Mino va Ovari provinsiyalarini qo‘lga kiritdi. Ayni vaqtda u Kiotoning shimoli - sharqida joylashgan rohiblar ibodatxonasi bo‘lgan Enryakudzi (Xieydzan tog‘ida joylashgan) vayron qildi, shahardagi 3 mingga yaqin inshootlarni buzib tashladi, shuningdek Kiotoga yaqin bo‘lgan boshqa ibodatxonalarni ham vayron etib, ularning yer mulkini musodara qildi. 1573-yilda Asikaga Yosiakini syogun unvonidan mahrum qilib, uning qarorgohi bo‘lgan Nidzyo
qal’asini egalladi, syogunning o‘zini bo‘lsa surgun qildi. Odaning holati shu darajada mustahkamlandiki, 1578-yilning boshlariga kelganda 11 provinsiya feodallari unga o‘z sodiqligini bildirishdi.
1576-1579-yillarda Oda Nabunaga mustahkamlangan Adzuti qal’asini (Omi provinsiyasida) qal’asini qurdi, ushbu qal’a keng hududlar bo‘ylab hukmronlik qilishga imkon berib, Kiotoga yangi tahdid bo‘lib xizmat qildi.
180 ming askardan iborat qo‘shin tuzgan Oda 1581-1582-yillarda o‘zining sobiq ittifoqdoshi bo‘lgan Takeda feodal xonadonini mag‘lubiyatga uchratdi. Shu paytga kelib u 66 provinsiyadan 30 tasini o‘ziga bo‘ysindirishga erishgan edi.
XVI asrning 70-yillaridan boshlab Oda Nabunaga katta islohotchilik xarakatlarini boshlab yubordi:

    • U provinsiyalar chegaralarida, yo‘llarida va chorrahalarda o‘rnatilgan bojxona to‘lovlari va mahlliy soliqlarni bekor qildi;

    • Uning buyrug‘i bilan yo‘llar va ko‘priklarning ta’miri va qurilishi amalga oshirildi. Bu holat provinsiyalarning ayirmachilik xarakatlarini bartaraf etish bilan birga, ichki savdo aloqalarini qo‘llab- quvvatlashga va mahalliy bozorlarning rivojlanishiga xizmat qildi;

    • U hunarmandchilik sexlari va savdo gildiyalarining, ayniqsa boy savdogarlarning imtiyozlarini, mahsulotlarni ishlab chiqish va sotishlarini bekor qilib, yirik shaharlarga mustaqil ravishda o‘z bozorlarini tashkil etishga ruhsat berdi;

    • Oda tashqi savdo bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaharlarning (Xakata, Nagasaki) taraqqiyotiga ko‘maklashib, ayni vaqtda ularni o‘z hokimiyati ostida ushlab turishga intildi. Masalan, XV-XVI asrlar davomida “erkin shahar” sifatida mustaqillikka ega bo‘lgan Sakai shahrini 1568-yilda ushbu maqomdan mahrum etdi.

    • O‘zining Adzuti qal’asi atrofida shahar qurib (1582-yilda bu shaharning aholisi 5 ming nafarga yetgan), uni erkin bozor deb e’lon qildi.

    • Ayni vaqtda savdogarlarga va xaridorlarga, shuningdek shahar ahliga o‘zlariga tegishli bo‘lgan inshootlar va mahsulotlarni tashish uchun soliq olishdan mahrum etdi;

    • Pul islohotini o‘tkazib, unga ko‘ra guruch ayriboshlash operatsiyalari birligi bo‘lishligini taqiqladi. Muomilaga hukumatning buyrug‘i bilan zarb qilinadigan oltin va kumush tangalar chiqarildi. Oltin, kumush va mis tangalar o‘rtasida ma’lum bir tafovutlar belgilandi. Tangalarning

zarb qilinishi konchilik, ayniqsa qimmatbaho metall ishlab chiqarish ishi rivojiga turtki berdi;

  • Oda Nabunaga sud tizimini isloh qilib, qayta tashkil etdi. Mamlakat yo‘llaridagi qaroqchilik bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi ayniqsa shavqatsiz kurashdi.

Oda Nabunaganing barcha islohotchilik faoliyati obektiv ravishda mamlakatning siyosiy jihatdan birlashuviga va yagona iqtisodiy makon sifatida shakllanishiga turki berdi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling