Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Yaponiyaga yevropaliklarning kirib kelishi. Xristianlikka targ‘ibotning boshlanishi


Download 222.12 Kb.
bet33/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Yaponiyaga yevropaliklarning kirib kelishi. Xristianlikka targ‘ibotning boshlanishi


XVI asrning 40-yillari boshlaridan Yaponiyaga yevropaliklarning ilk qadamlari tashlandi. 1542-yilda Tanegasima orolida sampani halokatga uchragandan keyin uchta portugal savdogarlari orolga tushishdi. Kema bortida bo‘lgan mushket miltiqlari yaponlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Keyingi yili iyezuit Mendish Pintu Bunga provinsiyasiga tashrif buyurdi. U Otomo knyazi bilan har yili ushbu orolga movut va ipak matolar, shuningdek qurollar va poroxlar ortilgan portugal kemasi kelishi va ularni oltin hamda kumushga ayriboshlash haqida kelishuv imzoladi.
Yaponiyaga yevropaliklar kirib kelishining eng katta oqibatlaridan biri – bu o‘q otar qurollarning kirib kelishi bo‘ldi va keyinroq mamlakat ichida ishlab chiqarila boshlanishi bo‘ldi (Yaponiyada bu qurollar portugallar dastlab tushgan orolning nomi bilan “tanegasima” deb atalgan). Mendish Pintu yaponlarni o‘qotar qurollarni ishlab chiqarish maxorati bilan tanishtirdi, bu holat harbiy ishda yirik o‘zgarishlarga olib keldi. Urush olib borishning yangi taktikalari paydo bo‘ldi: birinchi o‘ringa askar-profissionallardan iborat piyoda qo‘shin chiqdi. Hattoki mudofaa inshootlari qurilishida ham o‘tochar qurollarga qarshi turish inobatga olina boshlandi.
Portugal savdogarlarining kirib kelishi bilan Yaponiyada ko‘zoynaklar, tamaki, kursi, shlyapa va ich kiyimlar qo‘llanilishi boshlandi.
Yaponiyaga yevropalik savdogarlar ortidan katolik ruhoniylari kelishdi. 1549-yilning avgustida Kagosimaga (Kyusyu orolidagi Sasuma knyazligi poytaxti) iyezuitlar Fransisk Ksanye, Kome de Torres va Juan Fernandeslar kirib keldi. Shu vaqtdan e’tiboran Yaponiyada, asosan Kioto, Yamaguti va Kyusyuning katta qismida xristianlikka targ‘ibot boshlandi. Iyezuitlarning
ushbu orol mahalliy knyazlardan ruxsat olib, seminariylari va kollejlarning tashkil etilishi, Injil va Injil broshyuralarining chop etilishi va tarqatilishi, xristian missionerlari tomonidan yapon bemorlariga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar ma’lum ma’noda xristianlikning yoyilishida muhim rol o‘ynadi. Yapon dehqonlarining o‘zaro qonli ichki kurashlardan charchaganligi ham xristianlikning biroz muvaffaqiyatli tarqalishiga xizmat qildi. Chunki muttasil urushlar oqibatida mamlakat iqtisodiyoti ham izdan chiqqan edi, undan tashqari mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida dehqonlarning ahvoli boshqa hududlardan ko‘ra ancha og‘ir edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak ushbu hududlardagi dehqonlar yangi din timsolida o‘zlariga yupanch topishga intildi.
Yangi dinning qabul qilinishi janubi-g‘arbiy knyazliklarning ayirmachilik xarakatlarining namoyon bo’lishi bilan birga, ularning markaziy hokimiyatga qarshilik qilish vositasi ham bo‘ldi.
Yapon-portugal savdo aloqalarining o‘rnatilishi Yaponiyaning Min imperiyasi bilan savdosining sezilarli ravishda qisqarib ketishiga olib keldi. bunga 1549-yilda Xitoyning Yaponiya bilan rasmiy munosabatlarni uzishi ham omil bo‘lib xizmat qildi. Bunday munosabatlar uzilishiga Yaponiyaning Xitoy qirg‘oqbo‘yi hududlarida dengiz qarorqchiligi bilan shug‘ullanishi sabab bo‘ldi.
Shundan boshlab portugal savdogarlari Xitoy mahsulotlarini Yaponiyaga keltirish bo‘yicha monopol mavqyega ega bo‘lib oldi, ular asosan ipak xom- ashyosi, ipak matolar va kumush olib kelishgan, bundan juda katta daromad olishgan. Portugal kemalari Goa, Malakka va Liampo (Naibo)dan Kyusyusning janubiy portlariga kelgan. 1557-yilda Aomindagi portugal faktoriyasi Yaponiya bilan savdo qilish bo‘yicha monopol huquqni qo‘lga kiritdi, ungacha bu yerga yavaliklar, malayaliklar va hind savdogarlari xitoy mahsulotlarini olib kelishgan.
Portugal iyezuitlari ortidan Yaponiyaga ispaniyalik fransiskanlar va dominikanlar kirib kelishdi. 1584-yilda Manilaning Xirado portidan birinchi ispan kemasi Yaponiyaga yetib keldi.
Oda Nabunaga to umrining oxirigacha Yaponiyada xristianlik tarqalishiga g‘amxo‘rlik qilib keldi, bunga uning buddizm dinini yoqtirmasligi sabab bo‘lgan edi. Chunki mamlakatda mavjud bo‘lgan ko‘plab budda ibodatxonalari qo‘lida yirik yer mulklarni va kuchli harbiy drujinalarni ushlagan holda Odaga dushman bo‘lgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlaganlar va uning mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish xarakatlariga qarshilik qilgan.
Oda Yevropa mamlakatlari bilan tashqi savdoni rivojlantirishni istasada, birinchi navbatda qo‘shinni o‘tochar qurollar bilan ta’minlashni istardi, chunki mamlakatni birlashtirish uchun kurashlarda o‘tochar qurollarning mavjudligi oldindan ustunlikni ta’minlagan.
Garchi Oda Nabunaga uzoq vaqtlar davomida iyezuitlarga hayrixohlik qilgan bo‘lsada, ammo umrining oxirlarida diniy missionerlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘la boshladi. Chunki u xristianlikning targ‘iboti orqali Yaponiyani Portugaliya mulkiga aylantirishga urinish bo‘layotganligidan xavfsiray boshladi.
1582-yilda Oda Nobunaga o‘zining yaqin vassalaridan biri bo‘lgan, shuxratparast Aketi Misuxide tomonidan xiyonatkorona o‘ldirildi. U ham davlat boshlig‘i o‘rniga davogarlardan biri edi. Aketi bir muncha muddatga Ninzyo va Adzuti qal’alarini, shuningdek imperatorlik poytaxti bo‘lgan Kiotoni egallashga erishdi.
Oda Nobunaga halok bo‘lgan yili Yaponiyada 200 ta xristian cherkovi, 5 seminariy va kollejlar, 75 ga yaqin missionerlar va xristianlikga o‘tgan 150 ming yaponlar bor edi.
Iyezuitlar ordeni a’zolari bo‘lgan Vilela va Valinyanilarning faol faoliyati ham Yaponiyada xristianlikning keng tarqalishiga xizmat qildi. Valinyanining tashabbusi va kuzatuvi ostida 1582-yilda Ispaniya qiroli va Rim papasiga Kyusyu orolining xristian-knyazlari vakillaridan iborat birinchi yapon missiyasi yuborildi. Ushbu tashrifning eng muhim natijasi shu bo‘ldiki (missiya Yaponiyaga 1590-yilga kelib qaytib keldi), Rim papasi Grigoriy XIII 1585-yilda maxsus bulla chiqarib, unga ko‘ra Yaponiyada Injil targ‘ibotini faqatgina iyezuitlar ordeniga berdi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling