Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Roziya Sulton - musulmon sulolalaridagi ilk ayol hukmdor sifatida


Download 222.12 Kb.
bet36/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Roziya Sulton - musulmon sulolalaridagi ilk ayol hukmdor sifatida


Iltutmishning vorisi Nasriddin Mahmud o‘lganidan so‘ng uning boshqa o‘g‘il farzandlari taxt vorisligi talablariga javob bera olmaydi. 1232 yilda Iltutmish Dehliga qaytib keladi va vazirlari va amirlarni yig‘ib, xalqni sevuvchi, muhim davlat qarorlari qabul qila oladigan qizi Roziya xotinni taxt vorisi etib tayinlaganligini ma’lum qiladi.
Sulton haramidagi Roziyaning onasi Turkon xotin katta obro‘ga ega edi. 1236 yil Iltutmish Yuqori Panjobda bo‘lgan jangda yaralanib, saroyga qaytadi va tezda vafot etadi. Sulton o‘limi Turkon xotin va sultonning boshqa xotini Shoh Turkon (Ruknaddin Firuzshohning onasi) o‘rtasida raqobatni keltirib chiqaradi. Saroy ahli va harbiylar ikki guruhga bo‘linib qoladi.
Bir guruh amirlar taxtni merosxo‘r Roziyaga o‘tishini istagan bo‘lsa, boshqa guruh amirlari esa taxt o‘g‘il farzand, Lohur hokimi Ruknaddin Firuzshohga o‘tishi kerak deb xisoblaydi. Oxir oqibatda Ruknaddin taxtga o‘tqaziladi. Tez orada Shox Turkan boshqaruvni o‘z qo‘liga olib, Iltutmishning boshqa bir o‘g‘li Qutbiddinni o‘ldirtiradi. Tezda Iltutmishning yana bir o‘g‘li, G‘iyosiddin Muhammadshoh soliq to‘lashdan bosh tortadi. Panjobda turk amiri Malik Sayfiddin isyon ko‘taradi. Isyonni bostira olmagan Ruknaddin ular tomoniga o‘tishga majbur bo‘ladi. Poytaxtda bo‘lsa, Roziya va Shoh Turkan o‘rtasida kurash kechadi. Roziyaga qarshi fitna tayyorlandi. Ammo u amalga oshmay qoladi. Shoh Turkan qamoqqa olinib, Roziya sulton deb e’lon qilinadi.
Firuzshohning boshqaruvi atiga olti oyu 28 kun davom etdi. Roziyaning buyrug‘i bilan Firuzshoh qamoqqa olinadi va 1236-yil 9-noyabrda qatl qilinadi.
Taxtga kelgan Roziya Shamsiylar sulolasining an’ana va tartiblarini qayta tikladi. Hukmronligining ilk yilida tangalar zarb qildiradi. Unga
«Umdat an – nisvon malika-i zamon sulton Roziya binti Shamsiddin Iltutmish» («Ayolllar tayanchi, zamon malikasi sulton Roziya Shamsiddin Iltutmish qizi») so‘zlari yozilgan.
Iltutmishning sobiq qullaridan biri Malik Ixtiyoriddin Oltiniy bo‘lib, u iqto tarzida Baran viloyati va Tabar qal’asini olgan edi.
1240-yilda Ixtiyoriddin Oltiniy qo‘zg‘olon ko‘taradi. 1240-yil 3-aprelda Roziya unga qarshi qo‘shin bilan chiqadi. Bosh qo‘mondoni Jamoliddin Yoqut Xabash asir tushib o‘ladi. Roziyaning o‘zi ham asir tushadi. Taxtni Iltutmishning yana bir o‘g‘li Muiziddin Baxromshoh egallaydi. Uning regenti (otaliq) Ixtiyoriddin Oytegin bo‘ldi. Tez orada Baxromshoh Ixtiyoriddin buyrug‘i bilan o‘ldiriladi va Badriddin Sungur Rumiy taxtga o‘tqaziladi. Ixtiyoriddin Roziyaga uylanadi. Hech nimadan qurqmaydigan Roziya o‘zining tarafdorlari yordamida Ixtiyoriddinga qarshi chiqdi. 1240-yil 13- oktabrda xal qiluvchi jangda yengilib asir tushadi. 14-oktabrda qatl etiladi. Ibn Battuta ma’lumotlariga ko‘ra, Roziya jang maydonida asir tushmay, qochib ketgan. Yo‘lda bir burda non so‘rab to‘xtagan chog‘ida uning qimmatbaho kamari kaftanini ko‘rib qolib, uni o‘ldirgan. Kamarni bozorda sotayotgan vaqtida o‘ldirgan odam qo‘lga tushib, Roziyani o‘ldirgan joyni ko‘rsatgan. Uni jasadini olib dafn etishgan. Roziya sulton rasmiy va amalda katta saltanatni to‘rt yil qo‘lida tutib turgan ayol hukmdor sifatida tarix sahifalarida qoldi.
Mo‘g‘ullarning bostirib kirishi vaziyatni battar qaltislashtirib yubordi. Ular 1241-yilda Lahurni egallab, 1246-yilda Uch va Mo‘ltonni bosib oldi. Boshqa tomondan mamalkatda feodal-knyazlarning isyonlari avj olib ketdi.
Shunday bir sharoitda turk-zodagonlar 1246-yilda taxtga Iltutmishning kenja o‘g‘li Nosiriddin Maxmudni o‘tqazishdi. Lekin amalda 1246-yildan to 1265-yilgacha to‘liq hokimiyat g‘ulomlardan biri bo‘lgan G‘iyosiddin Balban qo‘lida bo‘lib, uning ortidan sultonlik taxtini egalladi.
G‘iyosiddin Balban regentligi va hukmronligi davrida (1265-1287) sultonlik hokimiyatini mustahkamlash siyosati yuritildi. Lekin uning o‘limidan keyin yana taxt uchun harbiy-zodagonlar o‘rtasida kurashlar boshlanib ketdi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling