Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Dehli sultonligining kuchayishi (1296-1316)


Download 222.12 Kb.
bet37/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Dehli sultonligining kuchayishi (1296-1316)


Turk harbiy amirlari o‘rtasidagi raqobatda turklarning xiljiy qabilasi Jaloliddin boshchiligida g‘alaba qozondi. 1290-yilda u sulton deb e’lon
qilinsada, ammo Dehliga kirib kelishga qiynaldi. Sababi poytaxtda siyosiy guruhlar o‘rtasidagi kurashlar o‘zining avj nuqtasiga chiqqan edi. Bu kurashlarni to‘xtatishga qurbi yetmasligini ko‘rgan xiljiy qabilasi zodagonlari 1296-yilda qarib qolgan Jaloliddinni o‘ldirdilar va uning o‘rniga jiyani Alovuddin Xiljiyni sulton deb e’lon qilishdi.
Alovuddin (1296-1316) taniqli davlat arbobi, mohir siyosatchi va islohotchi va ayni damda qobiliyatli lashkarboshi edi. Uning oldida ham o‘tmishdoshlari kabi quyidagi vazifalar turardi:

  • Turk feodal zodagonlarining Hindistondagi mavqeyini mustahkamlash;

  • Mo‘g‘ullar hujumini bartaraf etish.

Lekin o‘tmishdoshlaridan farqli ravishda Alovuddin yangi yerlarni va yangi o‘ljalarni qo‘lga kiritishni eng birinchi galdagi vazifa deb xisobladi. XIII asr oxiri-XIV asr boshlarida amalga oshirilgan yirik talonchilik yurishlari feodal kuchlarning bir joyga to‘planishini talab etish bilan birga, isyonkor feodallarni markaziy hokimiyatni qo‘llab-quvvatlashga erishishiga olib kelishi mumkin edi. XIV asrning boshlarida Alovuddin qo‘shinlari Gudjarat va asosiy rajput knyazliklarini, qal’alarini bosib oldi.
Bu orada mo‘g‘ullarning Hindistonga yurishlari borgan sari kuchayib bordi, ular shimoliy-g‘arbiy Hindistonni talab, hatto Dehli devorlari ostonasigacha yetib kelishga muvaffaq bo‘ldi. Alovuddinning mo‘g‘ullarga qarshi mudofaa choralarini kuchaytirishi mo‘g‘ullarga bir necha halokatli zarbalar berish imkonini berdi. Oxirgi marta mo‘g‘ullar 1306-yilda Ravi daryosi vodiysida paydo bo‘ldi, shu yerda sultonning qo‘mondoni bo‘lgan Malik G‘ozi ularni mag‘lubiyatga uchratdi.
Mo‘g‘ullar hujumining bartaraf etilishi Alovuddinga Hindistonning ichkari hududlariga qarab bosqinchilik yurishlari uchun eshiklarni ochib berdi. Shu vaqtgacha yetib borilmagan Janubiy Hindistondagi Dekan shaharlari talon-taroj qilindi.
Bu paytda Dekanda bir necha yirik knyazliklar – Yadavevlar, Kakatevlar, Xoysalov, Pandevlar mulklari qaror topgan edi. Ular yetakchilik uchun o‘zaro urushlarga kirishi natijasida Alovuddin hujumlarini qaytara olmadi hamda Dekan hukmdorlari va Janubiy Hindiston davlatlarining aksariyati Dehli sultonligiga o‘z tobeligini bildirishdi.
Alovuddin tomonidan bunyod etilgan bu qudratli imperiya to‘la markazlashgan davlat emas edi. Gudjaratni garchi sulton noibi boshqarsada, ammo sulton umrining oxirgi pallasida ular ham isyon ko‘tarib boshladi. Radjastxan to‘la bo‘ysindirilmadi, u yerdagi ayrim rajput knyazliklarigina
Dehliga o‘lpon to‘lab turishgan. Shu kabi holatlarni Alovuddin davrida Dehliga qo‘shib olingan boshqa hududlarda ham kuzatish mumkin edi.
Qattiqqo‘l va shavqatsiz bo‘lgan Alovuddin isyonkor amirlarni ayovsiz jazoga mahkum etgan. Soliqlardan ozod etilgan dunyoviy va diniy feodallar qo‘lidagi yer-mulklarni davlat g‘aznasi foydasiga musodara qildi.
Alovuddining ichki va tashqi siyosati garchi Dehli sultonlari davlatini mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lsa ham, ammo ayni vaqtda unga qarshi jamiyat turli tabaqalarining noroziligini ham kuchayishiga olib keldi. Saroy ahli tomonidan “Iskandari Soniy” deb madhlagan Alovuddin hali tiriklik paytidayoq o‘zi bunyod etmoqchi bo‘lgan niyatning darz ketganligini ko‘rdi.
Davlatdagi ta’sirli vazir bo‘lgan Malik Kafurning fitnasi bilan sultonning katta o‘g‘li Xizrxon Gvaliur qal’asiga bandi qilindi. Mamlakatning turli qismlarini isyonlar qamrab oldi. Kasal va do‘stlari tomonidan sotilgan Alovuddin 1316-yilda vafot etdi. Taxt uchun uzoq davom etmagan qonli kurashdan so‘ng sultonning o‘g‘illaridan biri Qutbiddin Muborakshoh (1316- 1320) nomi bilan sulton deb e’lon qilindi. Faqatgina otasining boshqaruv tamoyillaridan voz kechish xisobiga u taxtni o‘z qo‘lida ushlab qolish mumkinligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak u Alovuddinning barcha islohotlarini bekor qildi.
Muborakshoh otasining bosqinchilik yurishlaridan voz kechmadi. 1320- yilda u Xisravxon boshliq fitnaning qurboni bo‘ldi, fitna boshlig‘i bo‘lsa o‘zini sulton deb e’lon qildi. Lekin u taxtda bir necha oy sulton bo‘ldi. Malik G‘ozi boshchiligidagi turk zodagonlari Xisravshohning qo‘shinlarini mag‘lub etib, uning o‘zini qatl qildirdi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling