Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Download 222.12 Kb.
bet39/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Baxmaniylar davlati


Dehli sultonlarining Vindxiya tog‘laridan janubdagi hududlardagi hukmronligi uzoq davom etmadi. XIV asrning 40-yillarida sultonlik provinsiyasi bo‘lgan Dekanni g‘alayonlar qamrab oldi. 1347-yilda Devagirda (Davlatobodda) isyonkor feodallar Muhammad Tug‘loqning sobiq qo‘mondonlaridan birini Abu Muzaffar Olovuddin Baxman nomi bilan sulton deb e’lon qilishdi. U o‘z davlatini noibliklarga - taraflarga (Gulbarga, Davlatobod, Bidar va Berar) bo‘ldi. Poytaxt Gulbarga bo‘lib, uning nomi Axsanobodga o‘zgartirildi.
O‘zining unchalik katta bo‘lmagan siyosiy taraqqiyoti davrida Baxmaniylar sultonligi Dekanning katta qismini o‘z tasarrufiga olgan edi, janubda Krishna, shimoli-g‘arbda va shimoli-sharqda Tapti va Godavari daryolarigacha yetib bordi. Baxmaniylar davlati uzoq vaqtlar davomida Vijayanagar davlati bilan urush olib bordi. Sultonning vaziri bo‘lgan Maxmud Gavan boshchiligidagi qo‘shin o‘zining boyligi bilan mashhur bo‘lgan qadimiy Kanchi shahrini, uning ortidan sultonlikning boshqa dushmalari bo‘lgan Malva va Konkanning ko‘plab indus knyazlarini bo‘ysindirdi.
Baxmaniylar davlatining siyosiy hayoti uchun xarakterli xususiyatlardan biri bu yerda ikki feodal guruhlar – dekaniylar (Dekanga kelgan ilk musulmonlarning avlodlari) va afakiylar (“begonalar”, ya’ni yaqinda kirib kelganlar) o‘rtasida muttasil kurash borganligidir. Ularning kurashlari diniy
mazmunni kasb etdi. Sababi afakiylar asosan shialik, dekaniylar bo‘lsa sunniylik asosida islomga e’tiqod qilishgan. 1431-yilda dushmanlar Maxmud Gavanga tuxmat uyushtirishdi. Sarxush bo‘lgan sulton saroy ahli ko‘z o‘ngida qarib qolgan va davlatiga katta xizmat qilgan vazirni qatl qildirdi.
XV asr oxiriga kelganda Baxmaniylar davlatini hududiy tarqoqlashish qamrab oldi. 1490-yilda Bidjapur mustaqil bo‘lgan bo‘lsa, shu yili Berar va Axmadnagar ham ajralib chiqdi. Axmadnagarda Axmad Nizomshoh o‘zini hukmdor deb e’lon qilishgacha bordi, uning sulolasi bo‘lgan nizomiylar to 1633-yilgacha Axmadnagarda hukmronlik qildi. 1512-yilda Qutbshohlar Golkondada o‘z hukmronligini o‘rnatishdi.
1525-yilda amalda umuman hokimiyatga ega bo‘lmagan Baxmaniylarning oxirgi sultoni Bidjapurga qochib ketdi. Qudratli amir bo‘lgan Qosim Barid o‘zini Bidar davlatining hukmdori deb e’lon qildi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling