Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Download 222.12 Kb.
bet35/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Kiotosyogunligi —Muromati bakufu (1338—1573)

Asikaga xonadoni: 1338-1573 (16 ta syogun)

Edo syogunligi Edo bakufu (1603-1867)

Tokugava xonadoni: 1603-1867 (15 ta syogun)

MAVZU: XIII-XV ASRLARDA HINDISTON


Reja:


  1. Dehli sultonligining paydo bo‘lishi.

  2. Roziya Sulton-musulmon sulolalaridagi ilk ayol hukmdor sifatida

  3. Dehli sultonligining kuchayishi (1296-1316).

  4. Tug‘loqlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi.

  5. Baxmaniylar davlati.

  6. Janubiy Hindiston. Vijayanagar imperiyasi.



Tayanch atama va iboralar: Pratixarlar, dekaniylar, “turk qoraunas”, rajputlar, maxoradja, payakor, chorikor, Dehli, mo‘g‘ullar, Dekan, Tug‘loqlar, iqto, Baxmaniylar, Bidjapur, Xarixira va Bukka, maxapradxan, g‘ulomlar, sayid, xolisa, mulk, inom, vaqf.


Dehli sultonligining paydo bo‘lishi


XIII asr boshlariga kelganda Hindistonda feodal tartibotlar deyarli to‘liq shakllanib bo‘lgan edi. Hududda juda ko‘plab mayda rajputlar knyazliklari hukmronlik qilib kelardi. Ular doimiy ravishda bir-biri bilan yetakchilik uchun kurashga kirishi tashqi bosqinchilik urushlaridan himoyalanish imkoniyatini cheklagan. XIII asr boshlariga kelganda O‘rta Osiyo, Gur viloyati (G‘arbiy Afg‘oniston), Eron hududlaridan kelgan musulmon hukmdorlar tomonidan rajput knyazliklari orasida eng yirik davlat tashkil etildi. XIII asrning boshlarida Hindistonning shimoliy qismidagi Dehli sultonligining tashkil topishi bevosita O‘rta Sharq hududlaridan ro‘y bergan siyosiy hodisalar bilan bog‘lanadi. Turk harbiy zodagonlari qul-g‘ulomlardan iborat otryadlarga yoki turli jangovar qabilalarning yollanma qo‘shinlariga tayanib, X-XI asrlarda O‘rta Osiyoda, Eronda va Afg‘onistonda ko‘plab mayda davlatlariga asos solgan edi. Tez orada ular o‘rtasida ham keskin kurashlar boshlanib ketdi. Bu kurashlarning avj olish pallasi Shimoliy Hindistonda Pratixarlar davlatining qulashi va uning o‘rnida rajputlar sulolasi vakillari hukmronlik qilgan ko‘plab mayda knyazliklarning paydo bo‘lishi davriga to‘g‘ri keldi. Ular o‘rtasidagi raqobat va o‘zaro kurashlar yuqorida ta’kidlaganimizdek Hindistonda ajnabiylarning hokimiyati qaror topishiga imkon bo‘lib xizmat qildi.
Aslida Shimoliy Hindistonga yurishlar XI asr boshlaridan G‘aznaviylar davlatining asoschisi bo‘lgan Maxmud G‘aznaviy (998-1030) davridan boshlangan edi. Garchi u Sind, Panjob, Kashmir, Radjastxon, Gudjarat va Kanaudja kabi shaharlarni talagan va bosib olgan bo‘lsada, ammo uning real hokimiyati faqatgina Mo‘lton-Lahurda o‘rnatilgan edi. Bu yerni boshqarish uchun G‘aznadan alohida noib yuborilgan. Maxmudning vorislari davrida avj olgan taxt uchun kurashlar, ikkinchi tomondan saljuqiylarning hujumi xavfi natijasida davlat markazi Lahurga ko‘chirildi. XII asrning 70-yillarida g‘aznaviylar va saljuqiylar o‘rtasida keskin kurashlar boshlangan bir paytdi, bir vaqtlar Maxmud G‘aznaviy tomonidan bosib olingan Gur hukmdori nisbatan kuch to‘plashga erishadi. 1175-yilda G‘aznani, 1186-yilda Lahurni egallashi oqibatida g‘aznaviylarning Hindistondagi hukmronligiga chek qo‘ydi.
Muhammad Guriy va uning qo‘mondonlarining harbiy yurishlari Shimoliy Hindistonda hokimiyat tepasiga harbiy-feodal zodagonlarning kelishi bilan tugadi. Ularning mulklari tarkibiga Lahur, Mo‘lton, Uch, shimoli-g‘arbda Seiston (Saxvana), shimolda – Samanu, Ganga va Djamna oralig‘i, Gang va Gogro oralig‘i, Kanaudja, Aud, Bengaliya kirdi.
Bu yerlarning katta qismi Muhammad Guriyning harbiy qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan Qutbiddin Oybek qo‘lida edi. Uning qarorgohi dastlab Lahur bo‘lgan. 1206-yilda xoxar qabilalari tomonidan Ind sohili yaqinida Muhammad Guriy o‘ldirilshi natijasida Qutbiddin o‘zini guriylarning Hindistondagi mulklari sultoni deb e’lon qildi. Shu tariqa Hindistonda Dehli sultonligi deb atalgan davlat paydo bo‘ldi. XIII asrning oxirgi o‘n yilligigacha Dehli taxtida hukmronlik qilgan sultonlar g‘ulomlar sulolasi vakillari deb aytiladi. Sababi ularning aksariyati qul-askarlar bo‘lgan g‘ulomlardan kelib chiqqan edi. Oybekning o‘limidan keyin turk zodagonlari taxtga Badaunning hukmdori bo‘lgan va vafot etgan sultonning g‘ulomi bo‘lmish Shamsiddin Iltutmishni (1211-1236) o‘tqazishadi. 1229-yilda Dehli sultonligi Bog‘dod xalifasi tomonidan tan olindi.
Aynan uning hukmronligi davrida Hindistonga birinchi marta mo‘g‘ul bosqinchilari kirib keldi. Ma’lum ma’noda bu tashqi xavf harbiy zodagonlarni taxt atrofida uyushishga majbur etdi. Natijada Shamsiddin bir qancha hududlarni sultonlik tarkibiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Davlatda sultonning mutloq hokimiyati o‘rnatilgan bo‘lib, ko‘tarilgan har qanday isyon shafqatsizlik bilan bostirilgan. U o‘z xohishiga qarab mansabdorni tayinlagan yoki o‘limga maxkum qilib, uning mol-mulkini
musodara qilgan. Davlatning barcha muhim ishlari bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilish ham sulton vakolatida edi. Lekin dastlabki sultonlar o‘z siyosatini yuritishda ma’lum bir harbiy-zodagonlar guruhiga tayanishga majbur edi. Sababi sultonlikda hali merosiy hokimiyat qoldirish tamoyili joriy qilinmagan edi. Guruhlarga tayanish ma’lum ma’noda keyingi sultonlarning amalda qo‘g‘irchoq hukmdorlarga aylanishiga olib kelgan. Davlatning rasmiy dini sifatida islom e’lon qilindi, hujjat yuritish, saroy tarixnavisligi va adabiyotida fors tili ustunlik qildi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling