Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


-1392-yillardagi “Shimol va janub sulolalari” urushi. Ikkinchi Asikaga syogunligining o‘rnatilishi


Download 222.12 Kb.
bet28/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

1336-1392-yillardagi “Shimol va janub sulolalari” urushi. Ikkinchi Asikaga syogunligining o‘rnatilishi


Dastlabki to‘qnashuv 1336-yilda, asosan Kioto va Xiogo hududlarida ro‘y berib, Asikaga bu urushlarda hal qiluvchi g‘alabaga erishmadi. Xieydzan
ibodatxonasiga mahkum qilingan imperator Godaygo va uning yaqinlari qamalni yorib o‘tib, tog‘li Yosino okrugiga qochib ketishga erishdi. Shu vaqtdan boshlab Yaponiya tarixida “Shimol va Janub sulolalari” urushi (“Nambokutyo”) yoki “qo‘shhokimiyatchilik” (1336-1392) deb ataluvchi davr boshlandi. Nitta Yosisada qo‘llab-quvvatlashiga tayangan Godaygo markazi Yosino bo‘lgan “Janubiy sulola”ga (“Nantyo”) rahbarlik qilgan. Asikaga Takaudzi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan imperator Komyo markazi Kioto bo‘lgan “Shimoliy sulolaga” (“Xokutyo”) rahbarlik qilgan.
Ikki dushman lagerlar o‘rtasidagi uzoq davom etgan kurashlar natijasida Asikaga o‘z xonadonining real hokimiyatini o‘rnatishga erishib, imperatorning nominal hokimiyatini saqlab qoldi. Ikki lager o‘rtasidagi kurash 1392-yilga kelib intiho topdi. Yakunda imzolangan kelishuvga muvofiq ikki sulola valiahdlari navbatma-navbat taxtga o‘tirishi belgilandi. Kioto mamlakatning yagona poytaxti deb e’lon qilindi.
Yarim asrlik bu kurash mamlakat iqtisodiyotiga qattiq zarba bo‘ldi. Harbiy harajatlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan Asikaga avval bir qator provinsiyalarda, keyinroq o‘z hokimiyati o‘rnatilgan mamlakat bo‘ylab soliq soldi. Harbiy soliq va ishlov beriladigan yerlardan davriy ravishda yig‘iladigan ko‘tarilgan soliq ayniqsa og‘ir edi.
O‘zaro urushlarning oxiriga yetishi ikkinchi syogunlik bo‘lgan “Asikaga bakufu” (1378-yildan) yoki “Muromati bakufu” (hukumat ko‘chib borib joylashgan Kiotodagi tumanlardan birining nomi) deb nomlangan syogunlikning to‘la qaror topishiga imkoniyat yaratib berdi. Ma’lum ma’noda bunga Minamoto Yoritomo tomonidan joriy qilingan, keyinchalik yo‘qotilgan davlat apparatining qayta tiklanishi ham ta’sir qildi. Unga ko‘ra, alohida Kioto hukmdori mansabi joriy qilinib, bu mansabni Asikagaga yaqin bo‘lgan feodal xonadonlar – Siba, Xosokava va Xatakeyamalar navbatma-navbat egallaydigan bo‘ldi, qolaversa Kanto va Kyusyu gubernatorlari mansabi ham joriy qilindi.
Asikaga syogunligining qaror topishi mamlakatdagi feodal tarqoqlikka to‘la chek qo‘ymadi.
Kamakura syogunligining agrar siyosati, uning feodal qonunchiligi va XIV asr oxirigacha cho‘zilgan o‘zaro urushlari yapon dehqonlarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Butun XIV asr davomida (1333-1392) 6 marta dehqonlarning norozilik chiqishlari, shu jumladan to‘rtta qo‘zg‘oloni kuzatildi.

Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling