Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Xodzyo xonadonining hokimiyat tepasiga kelishi. Jamiyatning


Download 222.12 Kb.
bet25/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Xodzyo xonadonining hokimiyat tepasiga kelishi. Jamiyatning


tuzilmasi
1199-yilda Minamoto xonadonining boshlig‘i Yoritomo vafot etgach, syogunlikni uning bevasi Masako va qaynotasi Xodzyo Tikimasa boshqardi. U o‘ziga sikken – hukmdor unvonini olib, amalda hukumatning rahbariga aylanib oldi. 1219-yilda Minamoto xonadonining oxirgi syoguni bo‘lgan Sanetomo o‘ldirilgach, davlatning barcha muhim mansablari Minamoto xonadonining qarindoshi bo‘lgan Xodzyo xonadoni qo‘liga o‘tib, uning despotik hokimiyati XIV asrning birinchi choragigacha davom etdi.
Minamoto va Xodzyo xonadonlari o‘rtasida markaziy hokimiyat uchun olib borilgan o‘zaro urushlardan imperatorlik xonadoni foydalanib, o‘zining boy bergan oldingi hokimiyatini tiklashga xarakat qildi. 1219-yilda eks- imperator Gotobaning qurolli isyoni boshlandi, bu davr tarixga “Syokyu yillari isyoni” (Syokyu 1219-1221-yillarda hukmronlik qilgan) nomi bilan kirdi. Lekin bu kurashda Gotoba mag‘lubiyatga uchraydi (1221), uning 600 ga yaqin tarafdorlari, ular asosan saroy mulozimlari edi, mol-mulki musodara qilinib, mamlakat bo‘ylab surgun qilindi. Shu kabi isyonlarni yangidan ko‘tarilmasligi va o‘z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida Xodzyo poytaxt Kiotoga alohida vakolatli mansabdorni – rezidentni yuborib, unga alohida harbiy kuchlar ajratdi.
Kamakura syogunligi davrida jamiyat quyidagi tabaqalarga bo‘lingan: eng yuqorida hukmron qatlamni samuraylar tashkil qilgan, ular kamakura syogunligining tayanchi bo‘lgan. Ular o‘z navbatida ikkiga bo‘lingan: bevosita syogunga vassal bo‘lgan samuraylar – gokenin, boshqa feodallarga, ibodatxona va monastirlarga vassal bo‘lgan samuraylar – xigokenin.
Jamiyatning hukmron qatlamiga poytaxtdagi imperatorlik mulozimlari ham kirgan bo‘lib, ular syogun hokimiyatiga dushman munosabatda edi. Ular Kiotodagi imperatorlik saroyining unvon, rang va mansablariga ega bo‘lsalarda, ammo real siyosiy hokimiyatdan mahrum etilgan edi. Mamlakatning asosiy yer fondi yirik feodal xonadonlari qo‘lida to‘plangan edi. Ular bilan birga diniy feodallar – budda ruhoniylar ham jamiyatning yuqori qatlamini tashkil etib, katta-katta yer-mulklarining sohiblari bo‘lgan. Ular dunyoviy feodallarga qaraganda o‘z yerlarida mehnat qilayotgan dehqonlarni kamroq asoratga solishi bilan ajralib turardi.
Jamiyatning quyi qatlamini “oddiy xalq” – “bonge” yoki “tige” tashkil qilib, ular tarkibi dehqonlardan, hunarmand va mayda savdogarlardan iborat edi. Yapon jamiyatida eng quyi qatlamni eta kastasi tashkil qilgan.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling