Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Download 222.12 Kb.
bet24/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Tayanch ibora va atamalar: Syogun, bakufu, samuray, “syugo”, “dzito”, sikken, eks-imperator, gokenin, xigokenin, “bonge” yoki “tige”, eta, gogebun, “kamikadze”, (“basyaku” yoki “umakasi” – “qarzdor ot”, ronin, “erkin shahar”, “tanegasima”


Yaponiyada syogunat tizimining qaror topishi


XII asr oxiridan Yaponiyada feodal tartiblar o‘zining taraqqiyot davriga ko‘tarilishni boshladi. G‘arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan kechroq bu bosqichga qadam qo‘yishini Yaponiyaning o‘ziga xos rivojlanish yo‘li bilan izohlanadi. O‘rta asrlar davrining ilk bosqichida feodal munosabatlar bilan birga patriarxal qulchilikka asoslangan quldorchilik munosabatlari ham mavjud edi. Faqatgina o‘rganilayotgan davrga kelganda siyosiy jihatdan davlat qaror topishi ham o‘z yakuniga yetdi, ya’ni syogunat tizimi shakllanib, siyosiy hokimiyat davlatning markazi bilan birga joylardagi qudratli feodal xonadonlar qo‘lida ham to‘plandi.
Yaponiyada syogunat tizimning qaror topishi 1192-yilga borib taqaladi. Shu yili yapon imperatori Minomoto-Yorimoto feodal xonadoni boshlig‘iga
“varvarlarni bo‘ysindiruvchi buyuk qo‘mondon” (yaponcha “seyi taysyogun” yoki qisqacha “syogun”) rutbasini beradi. Syogunlik tizimi feodal xonadonlarning iqtisodiy, harbiy va siyosiy munosabatlaridagi kuchli harbiy- feodal diktaturasini namoyon etib, ular harbiy qatlam bo‘lgan samuraylarga tayangan. Syogunlik tizimining qaror topishi Minamoto xonadonining butun mamlakat ustidan oliy hokimiyatga egaligini, uning davlatning barcha harbiy kuchlari ustidan cheklanmagan nazoratga egaligini rasman tasdiqlagan va mustahkamlagan.
Yangi hukumatning (“bakufu”, ya’ni syogun hukumati, ma’nosi “dala qarorgohi”) poytaxti sifatida Kamakura shahri (Xonsyu orolining sharqiy qismi) tanlandi, shu boisdan ham tarixiy adabiyotlarda Yaponiya tarixidagi birinchi Minamoto syogunligi ba’zan Kamakura syogunligi ham deb ataladi. Minamoto xonadoni tomonidan poytaxt sifatida Kamakura shahrining tanlanishi uning imperatorlik saroyining siyosiy ta’sirini kuchsizlantirishga va undan mustaqil bo‘lgan hukumat tuzishga intilganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga Minamoto azaliy yapon an’analariga sodiqlik ramzi sifatida imperatorlikning minimal hokimiyatini saqlab qoldi, chunki monarxiya feodal tartiblarni va bu yerdagi siyosiy guruhlarning g‘oyaviy birligi ramzi edi.
Minamoto xonadoni vakillari Tayra xonadoniga qarshi kurash jarayonidayoq yangi davlat boshqaruv apparatini tashkil etishni boshlab yuborgan edi. Syogunga bo‘ysindirilgan hokimiyatning markaziy organlari samuraylar ishlari bo‘yicha boshqarmadan, oliy qonunchilik organidan va oliy suddan iborat bo‘lgan. Mamlakatning barcha provinsiyalariga Minamotoga yaqin kishilardan gubernatorlar yoki protektorlar (“syugo”) tayinlagan. Ularning asosiy majburiyati mavjud kamakura tuzumiga qarshi ko‘tarilgan har qanday g‘alayonlarni bartaraf etishdan iborat bo‘lgan. Ular mahalliy aholi harbiy majburiyatlarni qanday bajarayotganligini nazorat qilishdan tashqari, politsiya va sud hokimiyatini bajargan, o‘zlariga berilgan hududlardagi harbiy qismlarga qo‘mondonlik qilgan. Undan tashqari feodallarga tegishli barcha mulklarda doimiy ravishda maxsus vakolatli vakillar yoki pomeste boshliqlari (“dzito”) mansabi bo‘lgan. Ular pomestelar egasi bo‘lgan feodallarning faoliyatini kuzatishdan tashqari, aholining oziq- ovqat bilan ta’minlashi uchun zarur bo‘lgan guruch hosili va harbiy soliqlar to‘lanishini nazorat qilgan.

Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling