Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti jahon tarixi


Abbosiylar xalifaligining parchalanishi


Download 222.12 Kb.
bet15/54
Sana30.12.2022
Hajmi222.12 Kb.
#1073109
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
Jahon tarixi (o\'rta asrlar)

Abbosiylar xalifaligining parchalanishi


Abbosiylar xalifaligining parchalanishi xalifa Ma’mun davrida (813-833) boshlandi. Ichki isyonlar sabab, ayniqsa Bobek qo‘zg‘oloni bois xalifalikning ichki ahvoli og‘irlashdi. Shuningdek, u ukasi Amin bilan kurashda ko‘rsatgan yordami uchun ko‘plab xonadonlarga yuqori lavozimlar bergan edi.
Xuroson amalda Ma’mun davrida yarim mustaqil bo‘lib, Toxiriylarning (821-873) to‘liq boshqaruvi ostida edi. 821-yilda Somoniy to‘rt aka-uka Movarounnahrni idora qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Keyinchalik o‘z davlatiga asos soldi. Hozirgi Tunis va Jazoir hududlarida Ag‘labiylar (800- 909) sulolasi boshchiligida yarim mustaqil amirlik tuzildi. 868-yilda Misrda ham turk sulolasi bo‘lgan Tuluniylar o‘z amirligini tuzdi. Bu davlatlar xalifaga nomigagina qaram edi. Xalifa tomonidan ularga yorliq berilib,
hokimiyati rasman tan olingan. Shunday qilib, xalifalikning parchalanishi IX asrning birinchi choragida boshlandi va X asrning o‘rtalarigacha davom etdi.
Xalifa Mutasim (833-842) tomonidan yosh turk g‘ulomlari (g‘ulom- arabcha, “yosh”, “qul”, “harbiy xizmatchi”) qo‘shini tuzilgan edi. Bobekka qarshi kurash davrida g‘ulomlarga xalifa tomonidan katta huquqlar berildi. Oxir oqibatda ular kuchayib, xalifani o‘z yo‘rig‘iga solib oldi. 861-yilda esa g‘ulomlar xalifa Mutavvakilni o‘ldirishdi. Keyingi to‘rtta abbosiy xalifa ular qo‘lida qo‘g‘irchoq hukmdor bo‘ldi.
X asr boshiga kelib, xalifalik qo‘l ostida faqatgina Arab Iroqi va G‘arbiy Eron qoldi. 945-yilda bu hududlar Eronning Buidlar (945-1055) sulolasi qo‘shinlari tomonidan egallandi. Shundan boshlab xalifalar qo‘lida faqat diniy hokimiyat qoldi.
Zanjilar qo‘zg‘oloni, ismoiliylar va karmatlar. IX asrning 60-70- yillarida ko‘tarilgan Zanjilar xarakati (qo‘zg‘oloni) (869-883) xalifalikda feodal munosabatlarga, qulchilikka qarshi xarakat edi. “Zanji”lar Afrikadan keltirilgan qora tanli qullarning nomlanishi bo‘lib, Basrada kanal qazilishida ularning 15 000 nafari ishlagan. Zanjilar qo‘zg‘oloni 869-yilda boshlanib, 14 yil davom etdi. Qo‘zg‘olonga shialardan bo‘lgan Ali ibn Muhammad al-Barquy rahbarlik qildi. Zanjiylar xalifalikka qaqshatqich zarba berdi. Basra shahri va uning Obbol, Vasit, Axvaz bandargohlarini, Quyi Iroq va Xuzistondagi shaharlarni egalladi. Uzoq olib borilgan kurashlar natijasida qo‘zg‘olon bostirildi.
Bu paytda “islomni begona g‘oyalardan tozalash” shiori ostida, aslida musulmonchilikka qarshi g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi, eski majusiylik va mazdakchilikni tiklashga xarakat qiluvchi oqimlar ham yuzaga keldi. Shunday oqimlardan biri Ismoiliylar xarakatidir. Bu xarakat deyarli 400 yil davomida barcha Islom mamlakatlarida, ayniqsa Baxraynda, Misrda, Markaziy Osiyo va Eron tarixida alohida o‘rin tutib keldi.
VIII asr o‘rtalarida oltinchi shia imomi Jafar as-Sodiq o‘zining vorisi sifatida katta o‘g‘li Ismoilni emas, boshqa o‘g‘li Muso Kozimni tayinladi. Oltinchi imomning o‘limidan so‘ng shialarning bir guruhi Muso Kozimni tan oldi. Qolgan bir guruhi Ismoilning o‘g‘li Muhammadni imom sifatida tan oldi. Ismoil tarafdorlarining uyushmasi – shi’alikning ismoiliylar oqimi sifatida maydonga chiqdi. O‘z ichida ismoiliylar ham ikkita sektaga bo‘lingan. Birinchisi fotimiy ismoiliylar bo‘lib, ular imom Muhammad ibn Ismoilning avlodlarini tan oladilar. Ikkinchi oqim esa, yettita imom
bo‘lishi kerak deb xisoblab, Muhammad ibn Ismoilni so‘nggi imom deb bilgan. Keyinchalik ular karmatlar deb nomlangan.
Har ikki sekta ham o‘zlarining maxfiy jamiyatlarini tuzib, targ‘ibotlarini olib borgan. Ismoiliylar o‘rtasidagi bo‘linish dastlabki paytda unchalik aniq ko‘zga tashlanmagan. Zanjiylar qo‘zg‘olonida karmat nomi bilan atalgan otryad ishtirok etgan. Taxminan 890-yilda Iroqda karmatlarning katta qo‘zg‘oloni boshlandi. Unga Xamdan Karmat boshchilik qildi. Karmatlar qullardan tashqari barchani tengligini talab qilishdi. Karmatlar qo‘zg‘oloni Iroqda 906-yilga kelib bostirildi. 900-902- yillarda Suriyada ham karmatlar qo‘zg‘oloni bo‘ldi.
1055-yilda xalifalikning poytaxti saljuqiylar hukmdori To‘g‘rulbek tomonidan egallangandan so‘ng xalifalikda saljuqiylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Bu sulola vakillari turk g‘ulomlari otryadlari va buidlardan farqli ravishda xalifalar ichki siyosatiga aralashmaganlar. Bunga saljuqiylarning islomning sunniy oqimiga e’tiqod qilishlari ham sabab bo‘lgan.
1118-yilda Saljuqiylardan G‘arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjon hududlarini sulton Mahmud tortib olib, Iroq sultonligiga asos soldi. 1194-yilga kelib xorazmshox Takash (1152-1200) unga zarba berib, sultonlikni tugatdi. Shundan so‘ng Iroqda Abbosiy xalifalar yana yarim asrdan ziyod hukmronlik qiladi. 1258-yilda mo‘g‘ul xoni Xulaguxon tomonidan so‘nggi xalifa Al- Muxtasimning (1242-1258) o‘ldirilishi va Bag‘dodning mo‘g‘ullar tomonidan egallanishi bilan rasmiy ravishda Arab xalifaligi tarixi yakunlanadi.



Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling