Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Foiz stavkasi samarasi. Narx o‘sganda pul massasi o‘zgar-
masa, foiz stavkasi ham o‘sadi va bu investitsiyalarga talabni 
qisqartiradi. Natijada yalpi talab kamayadi. 

Boylik samarasi yoki real naqd pul mablag‘lar samarasi. 
Uy xo‘jaligida oilalar boyligining anchagina qismini moliyaviy 
aktivlar: obligatsiya, aksiya, ma’lum muddatga qo‘yilgan hisob 
raqamidagi pullar tashkil qiladi. Narxning o‘sishi ularni qadrini 
tushiradi. Bu iste’molchilik sarflarining qisqarishiga olib keladi. 

Xarid qilingan import tovarlar samarasi. Milliy iqtiso-
diyotda narxlarning o‘sishi (chet ellardagi narxlarga nisbatan) 
importning ko‘payishi va eksportning qisqarishiga olib keladi. Natijada 
yalpi talabda import hajmi ortadi. 
 
Yalpi talab hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar 
 
Yalpi talab hajmiga ta’sir qiluvchi omillar: 

Narxlarning umumiy darajasi.

Pul taklifi va ularning aylanish tezligi. 

Aholining iste’molchilik sarflaridagi o‘zgarishlar. 
Bu o‘zgarishlar, ya’ni iste’molchi xaridining ko‘payishi yoki 
kamayishi quyidagilar ta’sirida ro‘y beradi: 
a) iste’molchi turmush farovonligining o‘zgarishi; 
b) iste’mol tovarlari narxi va daromadlar darajasi o‘zgarishining 
kutilishi; 
d) iste’molchi qarzlari darajasi
e) daromad va mulk soliqlari darajasi (stavkasi)ning o‘zgarishi. 


41 

Investitsion sarflardagi o‘zgarishlar. 
Bu o‘zgarishlar quyidagi omillarning ta’siri natijasi hisoblanadi: 
a) foiz stavkalari
b) investitsiyalardan kutiladigan foyda; 
d) korxonadan olinadigan soliqlar;
e) texnologiya; 
f) ortiqcha quvvatlar mavjudligi.
Davlat sarflaridagi o‘zgarishlar: 
a) qurilishga davlat sarflarining qisqarishi (ko‘payishi); 
b) budjetdan sarflanadigan ish haqining o‘sishi (qisqarishi); 
d)atrof-muhitni muhofaza qilish sarflarini o‘sishi (qisqarishi). 
* Sof eksportdagi o‘zgarishlar – tashqi omillarning ta’sirida ro‘y 
beradi: 
a) chet ellardagi milliy daromad darajasi; 
b) valuta kurslarining o‘zgarishi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling