Respublikasi oliy va o’rta maxsus
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
gistogramma
Darxaqiqat o’quvchi bola oiladan maktabga kelar ekan, albatta oiladagi tarbiya bolaga o’z ta’sirini o’tkagan bo’lishi sira mumkin emas. Oila kun tartibida jismoniy tarbiyaning o’rni, bolalar jismoniy tayyorgarligi va harakat faolligini o’rganish maqsadida Toshkent shahri Yakkasaroy, CHilonzor tumanlarida joylashgan bir qancha umumta’lim maktablari (1-4 sinf o’quvchilari) tarbiyalanuvchilari va o’quvchilarining ota-onalari bilan so’rovnoma o’tkazildi. Unda oila kun tartibida jismoniy tarbiyaning o’rni, bolalar jismoniy tayyorgarligi va harakat faolligini o’rganish maqsadida 50 ta so’rov varaqasi tarqatilgan edi. Ota-onalardan so’rov varaqalari to’ldirilib olindi. So’rov varaqalari orqali ularning jismoniy tarbiyaga bo’lgan munosabatlari, bolalarning oilada rivojlanishi to’g’risida quyidagicha salbiy hamda ijobiy ma’lumotlarni bildirishdilar (2- gistogramma). Savollarimizga olgan javoblarni xavola etamiz: "Farzandingiz o’quv muassasidan so’ng jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadimi?" degan savolga javoban 80 foiz ota-onalar farzandlarining JT va Sport to’garaklarida qo’shimcha shug’ullamasliklarini bildirishgan, 20 foiz ota- onalar farzandlarining har xil sport turlari bilan shug’ullanishlarini ko’rsatishgan. Shundan 3 foizi suzish bilan shug’ullanishlarini ma’lum qilgan. Agarda, bu holat reyting tizimi asosida qaralsa, 20 foizdan past bo’lib, "qoniqarsiz" baholanadi "Farzandingiz ertalabki badan tarbiyani har kuni muntazam bajaradimi?" degan savolga ota-onalarning 60 foizi farzandlari badantarbiya bilan shug’ullanmasliklarini, 12 foizi farzandlarining umuman shug’ullanishni "xohlamasliklarini", 7 foizi "qiziqmasliklarini", 21 foizi "vaqti yo’qligini" bildirganlar. Bu holat ham achinarlidir. "Farzandingizning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishiga nima halaqit beradi?" degan savolga ota-onalarning 38 foizi moddiy tomondan qiynalishini, 30 foizi xohlamasligini, 32 % i vaqti yetishmasligini ko’rsatishgan. "Farzandingiz qaysi sport turi bilan shug’ullanishini istardingiz?" degan savolga 40 foiz ota-onalar suzish, 17 foizi futbol, 28 foizi gimnastika; 10 foizi tennis, 5 foizi kurash turini javob qilib ko’rsatishgan. " Farzandingiz sog’lom bo’lib yetishishi uchun umumta’lim maktablarda qanday pedagogik sharoitlar yaratilishini istardingiz?" degan savolga ota-onalarning 43 foizi alohida sport xonasi va suv havzasining bo’lishini, 57 foizi sport maydonchalari va yetarlicha sport anjomlari bo’lishini istashlarini ma’dum qildilar. (2-gistogramma) Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling