Resurslarning cheklanganligi va
Download 321.69 Kb.
|
Variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan-texnika taraqqiyoti
- Iste’mol va jamg’arish funktsiyasi . Tayanch iboralar
- Jamgʻarmalar
Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega boʻlgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, oʻzi roʻyxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining shoʻʼba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish.ni uzluksiz oʻstirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni koʻzlab qoʻshilishi (qoʻshilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo boʻladi. Ixtisoslashuviga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo-sotiq, bank, sugʻurta va boshqa tarmoqdarda faoliyat olib boradi
Fan-texnika taraqqiyoti - fan bilan texnikaning oʻzaro bog'ʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv 16—18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan.Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala boshlagan Iste’mol va jamg’arish funktsiyasi. Tayanch iboralar: iste’mol, avtonom iste’mol, ixtiyoridagi daromad,jamg’arish, qarz hisobiga yashash, daromaddan boshqa omillar. Isteʼmol — iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish jarayonida moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish, takror i.ch. jarayonining oxirgi bosqich Avtonom iste'mol deganda iste'molchilar bir martalik daromadlari bo'lmagan taqdirda ham sarflashlari kerak bo'lgan xarajatlar tushuniladi. Iste'molchi har qanday vaqtda qo'lida qancha daromad yoki pul bo'lishidan qat'i nazar, ma'lum tovarlarni sotib olish kerak. Iste'molchining mablag'lari kam bo'lgan taqdirda, ushbu ehtiyojlar uchun to'lash ularni ilgari tejab turgan pullarini qarz olishga yoki ulardan foydalanishga majbur qilishi mumkin Jamgʻarmalar — 1) harajatlardan, chiqimlardan orttirib, tejab toʻplangan pul; 2) kelgusidagi ehtiyojlar uchun daromadning bir qismini ajratib qoʻyish; 3) doimiy badallar va reinvestitsiya yoʻli bilan kapital qoʻyilmalarni pul koʻrinishida jamlash; 4) pul va moddiy vositalarni maʼlum bir maqsad yoʻlida foydalanish uchun jalb etish (maye, pensiya jamgʻarmasi, investitsiya jamgʻarmasi); 5) maʼlum bir faoliyat turiga, kishilarning muayyan ijtimoiy guruhiga koʻmaklashish maqsadida tuzilgan tashkilot (qarang Ijtimoiy jamgʻarmalar); 6) aksiyalar nazorat paketini qoʻlga kiritish maqsadida, narxiga taʼsir etmagan holda ularni doimiy ravishda sotib olish va boshqalar Download 321.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling