Talab egri chizig’i: narx va talab miqdorining o`zaro bog’liqligi. Tayanch iboralar: xohlagan va sotib olishi mumkin bo`lgan tovarlar, talab miqdori, bozor ishlashini tahlil qilganda, tovarning narxi, talab qonuni, daromad, o`rin bosuvchi tovarlar.
TALAB EGRI CHIZIG’I – tovarga qo’yilgan narx bilan talab miqdori o’rtasidagi bog’liqlikning grafik ifodasi
ТALAB MIQDORI – iste’molchi muayyan vaqtda, muayyan joyda va muayyan narx bo’yicha sotib olishni xohlaydigan va sotib olishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori.
Biz bozorlarni o‘rganishni xaridorlarning o‘zini tutishini o‘rganib chiqishdan boshlaymiz. D iqqatim izni muzqaymoq savdosiga qaratam iz. Talab egri chizig'iga - narx va talab miqdorining o‘zaro bog‘liqligi H ar bir tovarning talab m iqdori — bu xaridorlar xohlagan va sotib olishi m um kin bo‘lgan tovarlar sonidir. Biz ko‘rishimiz mumkinki, talab miqdori ko‘p omillar bilan aniqlanadi, ammo bozor ishlashini tahlil qilganda shuni bilishim iz m um kinki, faqat bitta omil — tovarning narxi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Agar bitta pufakning narxi 2 0 $ gacha ko‘tarilsa, siz kamroq pufakchalarni xarid qilasiz. Agar pufakning narxi 0.20 $ gacha tushib ketsa, siz ko‘proq pufakchalarni xarid qilasiz. Iqtisodiyotda ko‘p tovarlar uchun narx va talab miqdorining o‘zaro munosabati haqiqiydir va u shunchalik katta hajmga egaki, iqtisodchilar buni talab qonuni deb ataydilar: boshqa bir xil sharoitlarda tovarning narxi ko‘tarilsa unga bo'lgan talab miqdori kamayadi, va aksincha tovarning narxi tushganda unga bo‘lgan talab miqdori ko‘payadi.
mahsulot narxi bilan sotib olinayotgan tovar miqdori o`rtasida bo`ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog`liqlikning mavjudligi. Talab qonuni orqali talabni tovarlar va xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Baho bilan talab o`rtasida teskari bog`liqligi talab qonuni diyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |