Resurslarning cheklanganligi va


Variant № 8 Bozor muvozanati


Download 321.69 Kb.
bet28/33
Sana19.06.2023
Hajmi321.69 Kb.
#1625573
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Variant

Variant № 8

  1. Bozor muvozanati. Tayanch iboralar: Talab va taklif, Xaridor va sotuvchilar, tovar taqchilligi, mahsulotlarini barchasini xarid qila olmaydi, narx o`sishi, narxda yuqoriga va pastga.

BOZOR MUVOZANATI — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (o’zgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning o’zgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shart-sharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) bo’lishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzoq vaqt bo’lishi mumkin. Ammo juz’iy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo bo’ladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanatini ta’minlashning asosiy yo’llari: Tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni to’ydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, o’tmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar ko’payishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq o’sishi. Bozor muvozanati ma’rifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali ta’minlanadi.

  1. Xalqaro savdo nima? Eksport va import nima? Tayanch iboralar: milliy xo’jaliklar, ayirboshlash, tovarlar, sotish, sotib olish.

Xalqaro savdo bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport (ing., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham E.ga kiradi.
Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar E. tarkibi (koʻrinma E.) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar E. qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar E.ida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar E.ida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi.
Import (ing . import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qogozlar va b. keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnika bilimlari va b. xizmatlar harajatlari ham I. tarkibiga kiradi.
I. bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va b. notarif tarzdagi vositalar b-n tartibga solinadi. I.ning eksportaan ustunligi mamlakatning tash-qi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi.[1]
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli toʻsiq sifatida bojxona bojlarini oshirish va cheklovlar qoʻyilishi tushuniladi.


Download 321.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling