To’garak Metodi: savol javob, tushuntirish
To’garak Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar.kitob
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomotni aniqlash, `o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish, aylanma daftarlarni almashtirish.
II. Otgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O`tilgan darsda “Takrorlash ” yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib no`to`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman.
III Yangi mavzu bayoni:
1. Har bir uchburchakdagi burchaklarning turlarini aniqlang. Nima uchun qizil rangli uchburchak o‘tkir burchakli uchburchak, ko‘k rangli uchburchak to‘g‘ri burchakli uchburchak, sariq rangli uchburchak o‘tmas burchakli uchburchak deb ataladi?
Hamma burchaklari o‘tkir burchak bo‘lgan uchburchak o‘tkir burchakli uchburchak deb ataladi.Burchaklaridan biri to‘g‘ri burchak bo‘lgan uchburchak
to‘g‘ri burchakli uchburchak deb ataladi. Burchaklaridan biri o‘tmas burchak bo‘lgan uchburchak o‘tmas burchakli uchburchak deb ataladi.
2. Ixtiyoriy bitta tomoni 1 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchak va ixtiyoriy 1 ta tomoni 3 cm bo‘lgan o‘tmas burchakli uchburchak chizing.
1 sm
3sm
3. Ishchilarga 3 kunda 1 km uzunlikdagi yo‘l chetiga daraxt ko‘chatlari o‘tqazish vazifasi yuklandi.Birinchi kun ular 227 m, ikkinchi kun 318 m uzunlikdagi yo‘l chetiga ko‘chat o‘tqazishdi. Uchinchi kun ko‘chat o‘tqazilgan yo‘lning uzunligi ikkinchi kundagidan 97 m ko‘p edi. Ishchilar vazifani uddalay olishganmi?
JAVOB: 227+318 +318+97= 960m 40 metr joy qolib ketgan
4. 1) Kvadrat tomonining uzunligi 6 dm ga teng.Kvadratning perimetrini toping.
2) Kvadratning perimetri 24 cm ga teng. Kvadrat tomonining uzunligi qanday?
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |