Risk va minimallashtirish texnologiyalari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1048631
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Risklarni saqlash zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday 
ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga 
mo‘ljallangan maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash). 
Riskka ta’sir etishning oxirgi usuli o‘z-o‘zini sug‘urtalash nomini olgan. Risk 
saqlanishi holatida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga yana zararlarni 
kompensatsiyalash va ishlab chiqarishni tiklash uchun kredit va qarzlar olish, davlat 
dotatsiyalarini olish va b. kiradi. 
Risklarni o‘tkazish bo‘yicha choralarga mavjud daraja saqlangan holda u uchun 
javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish tushuniladi. Ularga ma’lum to‘lov 
asosida riskni sug‘urta kompaniyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sug‘urtalash, 
shuningdek turli xildagi moliyaviy kafolatlar, kafilliklar va b. kiradi. Riskni 
o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z javobgarligini 
kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus kelishuvlarni hujjatlar 
(shartnomalar, savdo bitimlari va b.) matniga kiritib qo‘yish bilan ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
Aniq bir risklarga ta’sir qilishning optimal usullari tanlanganidan so‘ng korxonaning 
barcha risklari jamlanmasini boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoni paydo 
bo‘ladi. Bu bosqich qaror qabul qilish hisoblanib, unda talab qilinadigan moliyaviy 
va mehnat resurslari aniqlanadi, menejerlar o‘rtasida vazifalarni aniqlash va 
taqsimlash amalga oshiriladi, tegishli xizmatlar bozori tahlil qilinadi, mutaxassislar 
bilan maslahatlar o‘tkaziladi. 
Risk-menejmentning yakunlovchi bosqichi olingan natijalarni hisobga olgan holda 
va yangi axborotlarning paydo bo‘lishi bilan tanlangan strategiyani amalga oshirish 


36 
natijalarini nazorat va tahrir qilish hisoblanadi. Nazorat menejerlardan ko‘rilgan 
zararlar, uni kamaytirish bo‘yicha qo‘llangan choralar, ularning amaliy samaralari 
haqida axborot olishdan iborat. Olingan natijalar tahlili va ishlovi muntazab 
o‘tkazilib turilishi lozim. 
Riskni boshqarish ko‘plab rahbarlarda, avvalo, odatiy sug‘urtalash bilan bog‘lanadi. 
Haqiqatdan ham, sug‘urta azaldan riskka ta’sir etishning dunyoda keng tarqalgan 
usullaridan hisoblanadi va hozirgi kunda ham shundayligicha qolmoqda. Bugungi 
kunda AQSh, Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan yirik mamlakatlarda yillik 
sug‘urta mukofotlarining to‘lovlari yalpi ichki mahsulotining 7-9%ini tashkil 
qilmoqda. Horijda inson faoliyatining deyarli barcha sohalari sug‘urta bilan qamrab 
olingan: tibbiy sug‘urta, hayot sug‘urtasi, mulkiy sug‘urta, yuklarni sug‘urtalash,
foyda sug‘urtasi, bankrotlik sug‘urtasi, fuqarolik javobgarligining har xil turlari. 
Hech bo‘lmaganda sug‘urtaning bitta turi amal qilmaydigan soha topilmaydi, undan 
tashqari sug‘urtaning ko‘plab turlari turli mamlakatlarda majburiy hisoblanadi. 
Biroq, bozor iqtisodiyotiga yangi o‘tgan mamlakatlarda, shu jumladan 
O‘zbekistonda ham sug‘urta bo‘yicha holat quvonarli emas. Bu shu bilan 
izohlanadiki, hali hanuz iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish orqali 
noqulay holatlar ro‘y berganda korxonalarni qo‘llab- quvvatlash va aholiga yordam 
ko‘rsatish uchun sarflanishga mo‘ljallangan davlat rezervlarini shakllantirilishi 
tushunchasining mavjudligidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qo‘llab-quvvatlashlari hajmi ko‘p martaga 
qisqaradi. Korxonalarning o‘zlari qiyinchilik holatlarida ko‘riladigan zararlarni 
bartaraf etish mexanizmlarini yaratish “g‘amini yeyishlari” kerak. Bu yerda sug‘urta 
eng qulay va bozor nuqtai nazaridan mukammal bo‘lgan mexanizmlardan 
hisoblanadi. 


37 
Xulosa 
Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat 
va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan izchil rivojlanib bormoqda. 
Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning 
kuchayishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi 
daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan 
ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. 
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng 
avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga 
qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada 
ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining 
ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, 
iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil 
taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat 
strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona 
mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona 
maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jamiyatimizning 
doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib 
o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi. 
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti davrida iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solish quroli bo`lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib 
bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli 
risklarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim masalardan hisoblanadi. 
Atrofimizni o’rab turgan olam mavjud ekan, uning tarkibi risklardan mavjud desak 
ham bo’ladi. Misol uchun, tabiatda uchrab turadigan o’zgarishlar, hayotimizda sodir 
bo’ladigan hodisalar bularni bari risklarni keltirib chiqaradi. 


38 
Iqtisodiyotda mavjud risklarni ko’radigan bo’lsak: Korxona riskni iqtisodiyotning 
boshqa ob’yektlariga qisman ko’chirishga haqli, ammo undan to’liq qochib qutula 
olmaydi. Bu aniq ko’rib chiqilgan: risk qilmagan yutmaydi. Boshqacha qilib 
aytganda, foyda olish uchun tadbirkor ongli ravishda tavakkal qilgan qarorni qabul 
qilishi kerak. Ishonch bilan aytish mumkinki, noaniqlik va risk rejalashtirilgan va 
haqiqiy o’rtasidagi ziddiyatni o’z ichiga olgan tadbirkorlik faoliyatida juda muhim 
rol o’ynaydi, ya’ni biznesni rivojlantirish manbai. 
Risklarni tahlil qilishda va baholashda noaniqlik va risk sharoitida qarorlarni qabul 
qilishning matematik vositalari, ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, statistik 
qarorlar nazariyasi, matematik dasturlash usullaridan foydalanish mumkin. 
Riskni oldini olish va kamaytirishning eng keng tarqalgan, keng qo’llaniladigan va 
samarali usullari quyidagilardir: diversifikatsiya qilish, sug’urta qilish, cheklash
mablag’arni zahiralash, tanlov va natijalar to’g’risida qo’shimcha ma’lumot olish. 
Muayyan korxona uchun riskni kamaytirish bo’yicha to’g’ri boshqaruv qarorini 
qabul qilish, albatta, nafaqat korxonaning tashqi, balki ichki muhitini ham malakali 
ravishda amalga oshirilgan tahlil ma’lumotlariga asoslanadi, ya’ni moliyaviy-
xo’jalik faoliyatini tahlil qilish. 
Risklarni sug’urtalash bu yuzaga keladigan zararlarni yoki kelajakda kutilayotgan 
xavflardan o’zini himoya qilish demakdir. Sug’urta to’la qonlicha bu xavflardan 
qutilishga yordam bermasada, ammo, uni kamaytirishga yordam beradi.Shunday 
ekan sug’urta sohasini rivojlantish va uni kengaytirish nafaqat iqtisodiyot uchun 
balki, inson omili uchun ham foydalidir.


39 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling