Risk va minimallashtirish texnologiyalari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1048631
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
  
Bu yerda, Y – yo`qotishlar oralig`i darajasi;
YX – yo`qotishlarga olib keluvchi holatlar soni;
– statistik tahlil qilinayotgan holatning umumiy soni.
1-masala: Faraz qilaylik, investitsiyaga yo`naltirilgan mablag` bo`yicha 200 
holatdan 80 holatda 25 ming so`m foyda olmaslik mavjud. Bunda yo`qotishlar 


21 
oralig`i darajasi (80:200)=0,4 tashkil etadi. Investitsiya loyihasi bo`yicha oraliq 
yo`qotishlar darajasi va u bilan bog`liq risk darajasi juda yuqori chiqishi mumkin, 
ya`ni yo`qotishlar oralig`i darajasi O2) 
Sub`ektiv usul, bunda investitsiya loyihasidagi barcha me`zonlar bo`yicha 
ma`lumotlar tahlil qilinishi lozim. Bu usul riskni tahlil qiluvchi ekspertlarning
moliyaviy maslahatchilarning malaka darajasiga asoslanadi. Bu usulda ko`rilishi 
mumkin bo`lgan zararlar ehtimolini ikkita me`zon yordamida baholashga 
asoslangan:
a) 
kutilayotgan o`rtacha qiymat;
b) 
ehtimol qilingan natijaning o`zgaruvchanligi.
Kutilayotgan o`rtacha qiymat tushunchasi loyiha bo`yicha vaziyatning 
noaniqligi bilan bog`liq bo`lib, erishilishi mumkin bo`lgan barcha natijalarning 
o`rtacha qiymatidan iborat. Investitsiya loyihasi bo`yicha ehtimol qilingan natijalar 
x
1
va x
n
qiymatga ega bo`lsa, ularning har birining ehtimolligi p
1
va p
n
bo`lsa, 
kutilayotgan o`rtacha qiymat:
  
Kutilayotgan o`rtacha qiymat – mavjud qiymatlarga son jihatdan o`rtacha 
ta`rif beradi va biror bir loyihaga qo`yilgan mablag` tomoniga yoki foydasiga 
yondashishga yo`l qo`ymaydi. Shuning uchun investitsiya loyihasi bo`yicha qaror 
qabul qilishdan oldin ehtimol qilingan natijaning o`zgaruvchanlik darajasini aniqlab 
olish lozim.
Olinishi mumkin bo`lgan natijalarning o`zgaruvchanlik darajasi kutilayotgan 
natijaning o`rtacha qiymatidan qay darajada farq qilishini ko`rsatadi.
Buni aniqlash maqsadida ikki xil matematik mezon qo`llaniladi. Bular 
dispersiya va o`rtacha kvadratik farqlanishdir.
Dispersiya – bu haqiqiy erishilgan natijalar o`rtacha tortilganining o`rtacha 
kutilayotgan natijalar farqlanish kvadratining kuzatuvlar soniga nisbati bilan 
ifodalanadi:

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling