Risk va minimallashtirish texnologiyalari


-rasm. Riskning asosiy xususiyatlari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1048631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 
3-rasm. Riskning asosiy xususiyatlari.
12
 
 
Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko’rinishdagi qarorlarni tezlik bilan 
tanlashda namoyon bo’ladi. Tanlash lozim bo’lmagan joyda riskli jarayonlar ham 
vujudga kelmaydi va risk bo’lmaydi. 
Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya’ni kutilmagan holatlar bilan bog’liq. Uning 
yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo‘lib qolaveradi.
Albatta, riskning tasnifiy belgilari, turlari va kichik turlari tahlilini davom ettirish 
mumkin, lekin bu asosan turli tadqiqotchilar va mutaxassislarning fikrlarini takror 
sanab o’tishga olib kelib, bu qanday yondashuv, qanday tasnif asosiy hisoblanadi va 
u risk darajasi kamayishiga qay darajada imkon beradi, degan asosiy savolga javob 
bermaydi.
Shu bois, faqatgina riskning mumkin bo’lgan chegarasi mezoniga to’xtalib 
o’tamiz. 
Yo’l qo’yish mumkin bo’lgan risk deganda, riskning o’rtacha darajasi 
chegarasidagi risk darajasi, ya’ni, boshqa faoliyat turlari va boshqa xo’jalik 
yurituvchi subyektlarga nisbatan o’rtacha darajasi tushuniladi.
Agar biz R – orqali iqtisodiyotda o’rtacha risk darajasini va 
𝑅
𝐷
– orqali yo’l 
qo’yish mumkin bo’lgan risk darajasini ifodalaydigan bo’lsak, u holda quyidagi 
tengsizlik o’rinlidir:
𝑅
𝐷
12
Sh.Q.Fozilchayev, N.G’.Xidirov. Moliyaviy risklar nazariyasi. – T.: Iqtisod-moliya, 2019. 
Riskning asosiy xususiyatlar
i
Qarama-qarshilik
Noaniqlik
Alternativlik


14 
Kritik risk 
𝑅
𝑘𝑟
deganda darajasi o‘rtachadan yuqori, lekin mazkur iqtisodiy 
tizimda faoliyatning muayyan turlari uchun riskning 
𝑅
𝑚𝑎𝑥
maksimal mumkin 
bo‘lgan qiymati chegarasida bo‘lgan risk tushuniladi, ya’ni:
𝑅
𝐷
< 𝑅
𝑘𝑟
< 𝑅
𝑚𝑎𝑥
Halokatli risk 
𝑅
ℎ𝑎𝑙
– bu shunday riskki, u mazkur iqtisodiy tizimda yuzaga 
kelgan
𝑅
𝑚𝑎𝑥
maksimal risk chegarasidan ortib ketadi va uning uchun quyidagi shart 
bajariladi:
𝑅
ℎ𝑎𝑙
> 𝑅
𝑚𝑎𝑥
Iqtisodiy risk paydo bo’lishi uchun xarakterli sabab noaniqlik hisoblanadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida risk sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yoki sodir 
bo’lmaydigan hodisani o’zida aks ettiradi. Bunday hodisa sodir bo’lgan holatda, 
uchta iqtisodiy natija ehtimol qilinadi: salbiy (zarar, ziyon, boy berish), nolli, ijobiy 
(foyda, daromad, yutuq).
Riskli vaziyat esa statistik jarayonlar va unga hamrohlik qiluvchi quyidagi 
shartlar bilan bog’liq: noaniqlik mavjudligi, muqobilni tanlash zarurligi va bunda u 
yoki bu variantni amalga oshirish ehtimolini sifat va miqdor jihatdan baholash 
imkoniyati.
Qandaydir iqtisodiy tizim faoliyatini ko’rib chiqar ekanmiz, unga turli sohalarda 
va rivojlanishining turli bosqichlarida har doim noaniqlik hamroh bo’lishini hisobga 
olish zarur.
Iqtisodiy tizimlar faoliyatida noaniqlik mavjudligi risklar yuzaga kelishini 
taqozo etib, ularni hisobga olmasdan iqtisodiyot samarali rivojlanishi mumkin emas. 


15 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling