Risk va minimallashtirish texnologiyalari
Risk vaziyati (riskli vaziyat)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Risk vaziyati (riskli vaziyat) – bu voqealarning yuzaga kelish ehtimoli mavjud
va aniqlanishi mumkin bo’lgan noaniqlik turidir, ya’ni, bu holatda, ishlab chiqarish bo’yicha hamkorlar bilan qo’shma faoliyat, raqobatchilar yoki dushmanlarning qarshi harakatlari, iqtisodiyot rivojlanishiga tabiiy muhit ta’siri, xalq xo’jaligiga ilm- fan yutuqlarini joriy etish va boshqalar natijasida yuzaga keluvchi voqea-hodisalar ehtimolini baholash imkoniyati obyektiv mavjud bo’ladi. Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatida kutilgan foydaning olinmasligi, kutilmagan xarajatlarning kelib chiqishi bilan bog’liq hodisalar yoki ularning yuz berish ehtimolliklari riskni ifodalaydi. Fikrimizcha, risk - bu moliyaviy kategoriya bo’lib, kutilishi mumkin bo’lgan omad yoki xatar, ya’ni ko’zlangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan umid qilish yoki ko’p mablag’larning yo’qotilishi ehtimolliklari bo’lib, u qandaydir holatlar, omillar ta’sirida kutiladigan foydaning pasayishi, ortishi yoki yo’qotilish ehtimolida namoyon bo’ladi. Tadbirkorlik riskining tabiatini tushunish uchun riskning foyda bilan aloqasini o’rganish o’ta muhim ahamiyatga ega. Tadbirkorlik noaniqlik sharoitida risk qilishga tayyorligini ko’rsatadi, chunki yo’qotish riski bilan birga qo’shimcha 11 daromad olish imkoniyati han mavjud. Holbuki, tadbirkor foyda olishi kafolatlanmagani yaqqol ma’lum, u sarflagan vaqti, sa’y-harakati va qobiliyatlar uchun mukofot tariqasida foyda olishi ham, zarar ko’rishi ham mumkin. 1-rasmda foydaning riskka bog’liqligi ko’rsatilgan. Siz risk kamroq ( 𝑟 1 = 0) yechimni tanlashingiz mumkin, lekin bunda olinadigan foyda ( 𝐹 1 ) ham kam bo‘ladi, eng yuqori riskda esa ( 𝐹 1 ) foyda ham 𝐹 3 ga teng eng yuqori qiymatga ega bo‘ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling