Risk va minimallashtirish texnologiyalari


-rasm. Foydaning riskka bog‘liqligi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1048631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 
1-rasm. Foydaning riskka bog‘liqligi.
10
 
 
Ta’kidlash lozimki, tadbirkor riskni qisman iqtisodiyotning boshqa subyektlari 
zimmasiga yuklab qo’yishga haqli, lekin undan to’liq chetlab o’tolmaydi. Kim 
tavakkal qilmasa, o’sha odam g’alaba qozonolmaydi, deb juda o’rinli aytilgan. 
Boshqacha aytganda, iqtisodiy foyda olish uchun tadbirkor ongli ravishda riskli 
qarorlar qabul qilishi kerak bo’ladi.
Tadbirkorlik faoliyatida noaniqlik va risk juda muhim o’rin tutishini ishonch 
bilan ayta olamiz, chunki u rejalashtirilgan va haqiqiy natijalar o’rtasidagi qarama-
qarshilikdan iborat, ya’ni, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish manbaidir.
10
Sh.Q.Fozilchayev, N.G’.Xidirov. Moliyaviy risklar nazariyasi. – T.: Iqtisod-moliya, 2019. 


12 
 
2-rasm. Risk funksiyalari.
11
 
Riskning rag’batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor: 
- birinchi jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni 
hal qilishda asosiy rolini o’ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul 
qilishda ko’inadi;
- ikkinchi jihati esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan 
qarorlar natijasida yuzaga keladi.
Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va 
ijtimoiy-huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo 
kutilmagan noxush voqealardan o’zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. 
Amaliyotda bu sug’urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini 
sug’urtalash kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, 
xo’jalik, mehnat, jinoiy qonun hujjatlari to’plamida risk kategoriyalarini joriy 
qilishda namoyon bo’ladi.
Bulardan tashqari riskning quyidagi xususiyatlari ham mavjud bo’lib, ular 
qarama- qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir (3-rasm). 
Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo’ladilar: risk bir tomonlama 
muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya’ni ijtimoiy, 
texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma’naviy muhitiga ijobiy ta’sir 
qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta’sir qilishi mumkin, ya’ni risk ijtimoiy-
iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishga to’sqinlik qilishi mumkin.
 
11
Sh.Q.Fozilchayev, N.G’.Xidirov. Moliyaviy risklar nazariyasi. – T.: Iqtisod-moliya, 2019. 
Risk funksiyalari
Rag'batlantiruvchi
Himoyalovchi


13 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling