Risk va minimallashtirish texnologiyalari
kam narsa uchun risk qilish kerak emas
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
kam narsa uchun risk qilish kerak emas.
Loyihalarni moliyalashtirishda riskni taqsimlash usullari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: kafolatlar; harid haqidagi forvard kelishuv; ishlab chiqarish to`lovlari; hejirlashtirish, sug`urta va svoplar. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta`sirini yo`qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo`llardan foydalaniladi. 2) riskdan qochish - risk bilan bog`liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi. 3) riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o`z kapitalini riskli tadbirlarga yo`naltirayotganda, risklardan ko`riladigan zararlarni qoplash uchun mablag`i bo`lishi kerak. 4) riskni uzatish (sug`urtalash) – investor risk xavfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug`urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug`urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushirish uchun to`lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko`p hollarda, sug`urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug`urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to`liq erishishiga xizmat qiladilar. Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat: 1) risklarni diversifikatsiyalash; 2) risklarni sug`urtalash; 3) risklarni loyiha qatnashchilari o`rtasida taqsimlash; 4) risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish. 20 5) qo`shimcha ma`lumotlar va axborotlarga ega bo`lish. Risklarni diversifikatsiyalash - bir-biriga bog`liq bo`lmagan turli xil faoliyatlar o`rtasida risklarni taqsimlash hisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o`rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakllantirish). Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi shakllari mavjud: 1) tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo`yicha diversifikatsiyalash; 2) iste`molchilarni diversifikatsiyalash; 3) mol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash; 4) loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash. Risklarni loyiha qatnashchilari o`rtasida taqsimlash moliyaviy reja va shartnoma hujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Risklarni sifat va miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo`lgan u yoki bu risklarni ko`paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko`zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo`ladi. Investitsiya loyihasi riski va u bilan bog`liq yo`qotishlar ehtimolini aniqlashning bir necha usullari mavjud. 1) Ob`ektiv usul, bu loyihada bo`lish ehtimoli bo`lgan yo`qotishlar va ularning davr oralig`ini aniqligidir. Bu oraliqni aniqlash risk darajasini kamaytirishga yordam beradi. Yo`qotishlar oralig`ini quyidagi formula bilan aniqlanadi: Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling