Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Pulpa hujayralari. Ko‘pchilik tadqiqotchilar pulpada hujayralar 3
qavat bo‘lib joylashganligini e’tirof etadilar: chetki (odontoblast qavati),
yuza osti (subodontoblast qavati) va markaziy qavatlar.
Pulpaning chetki qavati bu to‘qima uchun xos hujayralar —
odontoblastlar 2—4 qator bo‘lib joylashganlar. Hujayralar bir-biriga zich
holda joylashib, desmasomga o‘xshash tuzilmalar — o‘zlaridan chiqa-
radigan mayda o‘simtalar orqali o‘zaro bog‘lanadilar. Ular noksimon
shaklda. Bir joyning o‘zida turli ko‘rinishda bo‘lishlari mumkin. Yaxshi,
to‘liq shakllanmagan, yosh va to‘liq etilgan va shakllangan odontoblastlar
bir joyning o‘zida uchrashi mumkin.
Har bir odontoblast hujayrasida tana va ikkita (biri uzun, 1—2 tasi
kalta) o‘simta bor. Uzun, chetki o‘simta predentin va dentinda yotadi —
dentin kanallarning ichi bo‘ylab emal-dentin bog‘lanadigan chegaragacha
boradi. Kichik, markaziy o‘simta faqat pulpada joylashadi. Odontoblast
sitoplazmasining bazal joyida tashqi va ichki membranali parda bilan
chegaralanmagan yadro joylashgan. Yosh hujayralarning sitoplazmasida
yadro ovalsimon shaklda va tekis qirrali bo‘ladi. Yetilgan odontoblast
hujayrasi cho‘zinchoq bo‘lgani uchun, uning yadrosi noto‘g‘ri shaklli
bo‘ladi. Odontoblastlar sitoplazmasi hujayra organoidlarga boy, donador
endoplazmatik tur yaxshi rivojlangan, ribosoma, polisoma va mitoxon-
driyalar ko‘p. Odontoblastlar vazifalaridan biri bo‘lib — asosiy modda
va kollagen fibrillarini hosil qilish xisoblanadi.
Pulpaning subodontoblast qavati ko‘p sonli yulduzsimon pulpo-
sitlardan tuzilgan. Bu hujayralar ko‘p o‘simtalarga ega. Hujayralar o‘zaro
va pastki odontoblastlar bilan desmosomlar orqali bog‘lanadilar. Yadrosi
cho‘zinchoq va hujayraning ancha qismini egallaydi, hamda uning
atrofidagi xromatin zichlashgan. Hujayra tarkibiga kiradigan organoid
va boshqalar hujayra sitoplazmasining markazida joylashadi.
Pulpaning markaziy qavatida fibroblastlar, gistiositlar, plazmatik
hujayralar, limfositlar va monositlar joylashgan.


6 8
Fibroblastlar pulpada juda ko‘p, ularning satxlari (razmer) 9 dan 15
mkm gacha, o‘simtalarning uzunligi bir necha mikrometrdan iborat.
Hujayralarning chetki qismlari sitolemma bilan chegaralangan, yadrolari
ovalsimon va cho‘zinchoq shakllarda bo‘lib, sitoplazmaning ancha joyini
egallab turadi. Sitoplazmada mitoxondriyalar, ribosomalar va fibrillar
ko‘p. Fibroblastlarning asosiy vazifasi — asosiy moddani hosil qilishdir.
Gistiosit (turib qolgan, turg‘un makrofagositlar) lar noto‘g‘ri shaklli
hujayralardir. Ular yaxshi yetishmagan, ularda endoplazmatik turlar va
plastinkali majmualar yaxshi rivojlanmagan. Pulpada modda almashinuv
jarayoni buzilganda, bu hujayralar faollashib, xaqqoniy makrofagositlarga
xos xislatlarga ega bo‘lib, bakteriya va yot moddalarga qarshi kura-
shadigan bo‘ladilar.
Plazmositlar ovalsimon yoki aylanasimon shaklda, sathlari 10 dan
25 mkm gacha. Yadrolarining shakli ham aylana yoki ovalsimon bo‘lib,
ularda juda ko‘p xromatinlar bor. Hujayra sitoplazmasida yaxshi
takomillashgan endoplazmatik to‘r joylashgan. Bu hujayralar globulin
va antitelalarni sintezlash vazifasini bajaradilar.
Ikki qirrali membrana bilan o‘ralgan aylana yoki ovalsimon neytrofilli
va bazofilli granulositlar yadrolari segmentlangan, ularning sitoplazma-
larida neytrofilli yoki bazofillik dona (granula) chalar mavjud. Donacha-
lar tarkibida gidrolitik fermentlar — DNKaza, RNKaza, nordon, fosfa-
taza, peroksidaza va boshqalar borligi aniqlangan. Granulosit sitoplaz-
masida mitoxondriyalar, erkin ribosomalar, Goldji kompleksi va
endoplazmatik to‘r bor. Hujayralar ximoya vazifasini bajaradilar.
Limfositlar ovalsimon shaklda, yadrosi katta va unda turli miqdorda
xromatin to‘plangan. Hujayra sitoplazmasida mitoxondriyalar, ribosoma-
lar, Goldji kompleksi elementlari va endoplazmatik to‘r bo‘lib,
shuningdek lizosomalar va pinositozli pufakchalar ham bor.
Advensial hujayralar tomirlar yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan. Bu
hujayralar gistiosit va fibroblastlarga o‘tishlari mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling