Ro’yxatga olindi №


Download 73.53 Kb.
bet1/4
Sana10.11.2023
Hajmi73.53 Kb.
#1761637
  1   2   3   4
Bog'liq
Sanoat Iqt. 4-kurs sirtqi FD (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


Ro’yxatga olindi
________________
202__ yil “___” _________

TASDIQLAYMAN”
Buxoro davlat universiteti rektori
_________________O.X.Xamidov
202__ yil “___” _________


SANOAT IQTISODIYOTI


FANINING O’QUV DASTURI

Bilim sohasi:

300 000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot

Ta’lim sohasi:

310 000 – Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar

Taʼlim yo’nalishi:

5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) sirtqi

Buxoro-2023

Fan/modul kodi
INDECO6

Oʻquv yili
2023-2024

Semestr
7-8

ECTS – Kreditlar
6

Fan/modul turi
Qo’shimcha

Taʼlim tili
Oʻzbek/Rus

Haftadagi dars soatlari
3

1.


Fan nomi

Auditoriya mashgʻulotlari (soat)

Mustaqil taʼlim (soat)

Jami: (soat)

Sanoat iqtisodiyoti

32

148

180

2.

I. Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad - iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalarga sanoat korxonalari iqtisodiyoti bo‘yicha nazariy bilimlarni shakllantirish, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Fan mazmunini anglab yetish - talabalarning iqtisodiy bilimlarni oshirish, ijodiy hamda sanoat korxonalari faoliyatini samarali boshqarish jarayonlarini o‘rganish kabi jihatlar uchun muhimdir.
Fanning vazifasi - Fan va taʼlim integratsiyasi mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda innovatsiyalarni taʼlim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya tizimidan keng foydalanish.
II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


«Sanoat iqtisodiyoti» fanining predmeti va vazifalari. Sanoat - milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i
«Sanoat iqtisodiyoti” fanining ob’ekti, sanoatning ta’rifi va tavsifi. “Sanoat iqtisodiyoti” fanining predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi. “Sanoat iqtisodiyoti” fanini o‘rganish metodologiyasi va usullari. “Sanoat iqtisodiyoti” fanining vazifalari


Sanoat klasterlari
Klaster tizimi mohiyati va sanoat tarmoqga kirib kelish bosqichlari. Sanoat klasterni rivojlantirishning qonuniy, huquqiy,tashkiliy va ijtimoiy mexanizimning samaradorligi. O’zbekiston hududlarida sanoat klasterlarini rivojlantirish muammolari


Sanoatda zamonaviy boshqaruv tizimi
Boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida. Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari. Sanoat korxonalari tuzilmasini belgilovchi omillar. Sanoatda boshqaruvning zamonaviy shakllari.


Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi
Samara va samaradorlik to`g`risida tushuncha. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati, mezon lari va ko`rsatkidhlari. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlari


Korxonada taktik va strategik rejalashtirish.
Sanoatda benchmarking
Strategik rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Strategik boshqarish uslubiyoti. Strategik marketingni rejalashtirish. Sanoat korxonalari strategiyasini shakllantirish. Innovatsion strategiya turlarining bir biri bilan aloqadorligi hamda tavsifi.



Download 73.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling