Tadqiqotning maqsadi: ruhiy salomatlik tamoyillarini aniqlash.
ishimizning vazifalari:
1. Psixolog olimlar tomonidan salomatlik psixologiyasi bo’yicha bildirilgan fikrlarni tahlil qilish.
2. Salomatlik psixologiyasi va psixologik salomatlik tushunchalarini mazmun mohiyatini aniqlash.
3. Salomatlik psixologiyasini ijtimoiy -psixologik tahlil
qilish.
Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qonun , farmonlari , Vazirlar Maxkamasi qaror va farmonlari Sog’liqni saqlash vazirligining qarorlari shuningdek O.I. Zaharova, O.B. Nasonova, T.S. Yatsenko I. I. Brexman , I.I.Dubrovina S.S.Korsakov , I.I. Xuxlaeva , I.V. Dubrovinalarning ilmiy tadqiqot izlanishlari ishimizning metodologik asosi bo’lib hizmat qiladi .
Tadqiqot metodikalari:
- “ Sizningcha salomatlik psixologiyasi nima? “so’rovnomasi;
- “Salomatlik darajasini aniqlash” metodikasi;
-
Ilmiy faraz: Agar jamiyatimiz odamlari ayniqsa o’rta yoshli shaxslarda salomatlik psixologiyasini mexanizmlarini shakllantira olinsa, psixologik bilimlarga ega bo’lsa, psixologik salomatlik darajasi yuqori bo’lsa, ular faoliyat ko’rsatayotgan joyda psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar va ishning samaradorligi , umumli bo’lishi albatta ijobiy bo’ladi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Olingan natijalar ijtimoiy psixologiya, oila psixologiyasi, salomatlik psixologiyasi , tibbiyot psixologiyasi va psixodiagnostika fanlarini nazariy jihatdan boyitishga yordam beradi hamda, psixologiyaning maxsus tarmog’i sifatida insonlarning salomatlik psixologiyasini va psixologik salomatligi xavfsizligini ta’minlashda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Olingan ma’lumotlar, xulosa va amaliy tavsiyalardan psixologiya sohalarini o’qitishda rahbar o’qituvchi, tibbiyot xodimlarini tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda psixolog va pedagoglar foydalanishlari, shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi salomatlik psixolopgiyasi va psixologik salomatlik masalalarini ijobiy va salbiy tomonlarini anglashda, salbiy tomonlarini bartaraf etishda , o’zining jamiyat taraqqiyotida o’rin egallashda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |