’ruza: suv va tuproq resurslari va ularning muhofazasi. Reja
Tuproqning tarkibigi gumus va uning ahamiyati, tuproqning moddalar aylanishidagi o`rni
Download 1.82 Mb.
|
6-маъруза (1)
4.Tuproqning tarkibigi gumus va uning ahamiyati, tuproqning moddalar aylanishidagi o`rni.
Yer qobig’ining yuza unumdor qismidan iborat bo’lib, tabiiy tarixiy jismdir. Uning qalinligi o’rtacha 18-20 sm ni tashkil etib, Yer yuzasining turli joylarida bir necha mm dan 1,5-2 metrgacha bo’ladi. Tuproqning hosil bo’lish jarayoni bir necha ming-yillarni o’z ichiga oladi. Bunda tuproq hosil qiluvchi tog’ jinsi bilan, suv, havo, harorat, o’simlik va hayvon organizmlari, ayniqsa mikroorganizmlar o’zaro ta’sirda bo’ladi. Tuproqning eng muhim hossasi, uning unumdorligi hisoblanadi, ya’ni o’simlikni suv havo va ozuqa moddalar bilan ta’minlash hususiyatiga ega. Tuproq barcha elementlarni o’zida saqlab, ularni suv bilan yuvilib ketishidan asraydi. Tuproqning gumusi, uning umumiy unumdorligini belgilab beradi. Tuproq inson omilining ko’pgina ta’sirlariga nihoyatda sezgir. Tuproqning unumdorligi ko’pincha inson faoliyatiga bog’liq. Tuproq barcha moddiy farovonligimiz manbaidir, u oziq-ovqat mahsulotlari, chorva uchun yem-xashak, kiyim-kechak uchun tola, yog’och materiallari va boshqalarni beradi. Tuproq noyob tabiiy resurs hisoblanadi. O’zbekistonda umumiy yer fondining atigi 10%i sug’oriladigan yerlar hisoblanadi. Sug’oriladigan qishloq xo’jalik maydonlari 4,2%ni tashkil etadi. Unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan yer yuzasining ustki g'ovak qatlami tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o'ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq, va gazsimon komponentlardan iborat bo’lib, iqlim, tog' jinslari, o`simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning o'zaro murakkab ta'siri natijasida hosil bo’ladi. 1 gramm tuproqda milliondan ortiq sodda hayvonlar va tuban o" simliklar uchraydi. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko’ra tuproqda 3 asosiy qatlam ajratiladi: A-eng ustki gumus (chirindi)li qatlam; B-yuqori qatlamdan mineral va organik birikmalar to'planadigan qatlam. C-tuproq vujudga keladigan ona jins qatlami. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo’lib, o'zgaruvchan dinamik hosiladir. Ma‘lumki, tuproq tog‘ jinslaridan kelib chiqqan. Ammo yer betiga chiqib qolgan tog` jinslariga hali tirik organizmlar ta‘sir etmagan davrda jinslarda faqatgina nurash jarayoni kechadi. Buning natijasida hosil bo‘ladigan nurash mahsulotlari tarkibidagi o‘simliklar uchun oziq moddalar hisoblangan kul elementlari (Ca, Mg, K, P, S kabilar) atmosfera yog‘inlari ta‘sirida yuviladi va yuza oqimlar hamda sizot suvlari ta‘sirida dengizlar va okeanlarga olib borilib to‘liq yoki qisman yotqiziladi, natijada dengiz cho‘kindilari hosil bo‘ladi. Har yili suv oqimlari bilan jahon, okeanlariga 20-25 mlrd.t. mineral zarrachalar oqizilib ketiladi, uning asosiy qismi tuproq zarrachalaridir. Yer tarixida kechadigan uzoq muddatli geologik jarayonlar tufayli dengizlar quruqlikka aylanib, undagi cho‘kindilar yer betiga chiqib qoladi va u yana qator murakkab nurash jarayonlariga uchraydi. Quruqlik va okeanlar orasida kechadigan moddalarning ana bunday aylanishiga katta geologik aylanish deb aytiladi. O‘zining yo‘nalishi bilan bu aylanishda nurash po‘sti jinslaridagi o‘simliklar uchun zarur kul elementlari unda to‘planmasdan, aksincha kamayib borib, kambag‘allashuvi ro‘y beradi. Tog‘ jinslarining tuproqqa aylanishi bir vaqtning o‘zida kechadigan nurash va tuproq paydo bo‘lish kabi ikki jarayonning birgalikdagi ta‘siri natijasida yuzaga keladi. Tuproq paydo bo‘lish jarayoni faqat tirik organizmlar, jumladan, yuksak o‘simliklar va mikroorganizmlarning o‘zaro ta‘siri tufayli kechadi. Tog‘ jinslari yuzasida o‘sayotgan o‘simlik ildizlari ma‘lum chuqurlikkacha kirib boradi va uning ancha qismini egallaydi. Natijada jinslarda tarqoq holda bo‘lgan kul elementlari tarzidagi oziq moddalar P, S, Ca, Mg, K singarilarni ildizlari orqali o‘zlashtirib oladi va bunda azot ham to‘plana boshlaydi. Jinslarda azotning hosil bo‘lishi va to‘planishi asosan mikroorganizmlarning biokimyoviy faoliyati natijasidir. O‘simliklar havodagi karbonat angidridi, suv, kul elementlari, azot va quyosh nurlari energiyasidan foydalanib organik moddalarni sintezlaydi. Tarkibida kul moddalari bo‘lgan o‘simlik qoldiqlari tog‘ jinslarida va uning yuqori qismlarida to‘plana boshlaydi. Bu moddalar o‘z navbatida mikroorganizmlar uchun oziqa va energiya manbai hisoblanadi. Organik qoldiqlar mikroorganizmlar ta‘sirida parchalanib, uning bir qismi yangi organik modda-gumusga aylanadi. Bu moddalar mikroorganizmlar ta‘sirida sekin parchalanib o‘zgarganligi sababli jinslarning yuqori qismlarida to‘plana boshlaydi, qisman esa minerallashib azot va kul elementlari kabi oziq moddalarga ajraladi. Ana shu moddalar eritmaga o‘tib, tuproqning mineral qismi va gumus moddalari bilan yangi kompleks, kam harakatli birikmalar hosil qiladi va yangi avlod o‘simliklar ildizlari orqali ularni singdirib oladi. Natijada, jinslardagi kul elementlari shuningdek, azot oliy o‘simliklar, mikroorganizmlar ta‘sirida tuproqda yig‘ila boshlaydi va qator biokimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Hosil bo‘lgan yangi, ancha kam harakatchan shakldagi bu moddalar jinslarning yuqori qatlamlarida yig‘iladi. Demak o‘simlik hamda tuproqqa aylanayotgan tog‘ jinslari orasida kul elementlari va azotning aylanishi yuzaga keladiki, bu jarayon uzluksiz ravishda boradigan organik moddalarning sintezi va parchalanish jarayonlari bilan bog‘liqdir. Buning natijasida tuproq unumdorligining muhim omili hisoblangan mineral va azotli oziq moddalarning tog‘ jinslari yuqori qismlarida asta-sekin biologik to‘planishi yuz beradi. Moddalarning tabiatda ana shunday aylanishini V.R.Vilyams moddalarning kichik biologik aylanishi deb atashni tavsiya etadi. Tabiatda moddalarning aylanishi O‘zining mohiyati bilan moddalarning geologik aylanishiga qarama-qarshi bo‘lgan bu jarayon natijasida suvda oson eriydigan nurash mahsulotlari va organik moddalarning minerallashuvidan hosil bo‘ladigan moddalarni o‘simliklar o‘zlashtirib oladi va natijada bu moddalar qisman yoki to‘liq ravishda yuqori qismlarida to‘planib, ushlanib qolinadi. Tuproqqa aylanayotgan jinslarning yuqori qismlarida biologik aktiv yoki o‘simliklar hayoti uchun zarur elementlarning to‘planishi faqatgina o‘simliklarga xos bo‘lgan tanlab singdirish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liq. Yer taraqqiyotining ma‘lum bosqichida yuzaga kelgan moddalarning bu biologik aylanishi, geologik aylanish asosida ro‘y beradi. Demak, bu har ikkala jarayon bir-biri bilan bog‘lik holda boradi. Mineral va organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilmagan oziq moddalarning bir qismi atmosfera yog‘inlari ta‘sirida tuproqdan sizot suvlariga yuvilishi va geologik aylanishga qo‘shilishi mumkin. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling